Kun bo’yi kompyuter oldida kodlarni ko’rib charchagan ko’zlarimni yumayotgan paytim telefonim ekranida paydo bo’lgan elektron xat-xabari diqqatimni tortdi.
Odatda ijtimoiy tarmoq xabarlari va yoki elektron pochta xabarlari kabilarga qaramayman. Bugungi kundagi virtual okeanda har mulla o’zi bilganicha kontent yaratayapdi – men ularning kontentlarini iste’mol qilishga majbur emasman.
Umuman olganda telefon ekraniga kun bo’yi, kunlar bo’yi qaramaydigan vaqtlarim ko’p uchraydi. Telefon ekraniga ko’zim tushib ketgan payt shuni ko’ramanki ekran ijtimoiy tarmoq xabarlariga to’lib ketgan bo’ladi, har safar – men ularni shunchaki barmog’im bilan ekranni chapdan o’nga siypalab telefon ekranidan yo’q qilaman.
Lekin tunda ekranimda paydo bo’lgan bu xabar Erhanbeydan edi.
Men hurmat qiladigan insonlar ro’yhatida eng oldinda turadigan shaxslardan biri.
Mening dasturlash soxasidagi ustozim.
Tizim qurbonlari bo’layotgan zamondoshlarimizning katta ko’pchiligi – kichkina baliqchalar, bu odam baliqlar ichida kattasi.
Keling, sizga Erhanbey haqida aytib berishdan oldin baliqlar haqida gapirib beray:
Kunlarning birida okeanda ikkita kichkina baliq suhbatlashib suzib ketayotsa, ularning oldidan bitta katta baliq chiqib “baliqlar, kuningiz hayrli bo’lsin. Bugun suv qanday endi?” deb so’rasa ikkita kichkina baliq bir-biriga qarab “Suv nima degani edi?” dermush o’zlarining aqli-ojiz potensialiga tayanib.
Bu katta baliqning savoli go’yoki odamlar jamiyatida ob-havoni bir-birimizdan “Bugun H2O qanday endi?” deb so’raganimiz kabi.
Nafsi hatalak otgan bazi katta baliqlarni qarorlari sabab H2O ifloslangan, lekin bu haqida bu matinimda to’xtalmoqchi emasman.
Bu orada, Erhanbey nafsi hakkalak otgan negative quvvatli katta baliqlar ro’yhatidan tashqarida,
Erhanbey ham katta baliq sanaladi, ammo uning ijobiy sinergetik quvvati 1+ cheksizlikdir.
Balkim bugun yoshlar sig’inayotgan Elon Musk (men ham Elon akani shinavandasiman, lekin biotizimdagi eng ojiz kimyo kontineri sanalgan odam degan jonivorga sig’inish menga emas),
Zuckerberg kabi tizimning akademik pop yulduzlari dunyoni lol qoldirishi mumkun, lekin suxbatimiz davomida guvoh bo’lganimga asoslanib shuni aytishim mumkinki, Erhanbeyni lol qoldirish biroz qiyin ish.
Algoritm asoschisi Al-Khorazmiy va okean ortidagi xozirgi Amerikani Kolumbdan oldin hisob-kitobi bilan aniqlab gipoteza qilgan Beruniy o’z zamonini katta baliqlari bo’lib, o’z zamonidan 10 ming yil oldin yashashgan.
Bu ikki Xorazm mutafakkirining aql potensiali shu darajada kattalashgan ediki, ularga zamon va makonni ahamiyati yo’q edi.
Xozir siz termulayotgan ushbu telefoningiz yoki komputeringiz algoritmdir, yani Al-Khorazmiydir.
Sizni ota-onangizdan ham, hatto o’zingizdan ham yaxshi biladigan, taniydigan google miyasi ham algoritmdir, yani Al-Khorazmiydir.
Instagram, tik-tok- barcha-barchasi algoritmdir, yani Al-Khorazmiydir.
Xorazmlik bu katta baliq bo’lmish algoritm, yani Al-Khorazmiy xozir ko’zimiz o’ngidagi va qo’limizdagi ekranda, ertaga miyamizga taqilmoqchi bo’lgan chiplarda…Hamma-hamma joyda – aytmidku katta baliqlarga makon va zamonni ahamiyati yo’q deb.
Erhanbeyni Elon Musk hayratga solaolmasligi mumkun, ammo buni Al-Khorazmiy uddalaydi.
Erhanbeyni ko’rgan paytim, uni eslagan paytim ham bu katta baliqning jinsi, yoshi, millati kabi faktorlar tasavvurim insho qilgan portretda aks qilmaydi, balki katta baliq bo’lmish Erhanbeyni mening tasavurimdagi portretida aks qilgan chizma katta miya ichida ro’y berayotgan cheksiz raqamlardagi sinaptik faollik oqimidir. Ayni damda, Amerikadagi Amazon orollaridan elektron maktub yozgan bu Erhanbeyni jumlasidagi yozilgan har bir so’z meni diqqat sarmoyamni juda katta miqdorini egallaydiki, bu miqdorga ‘ishtiyoq’ deb nom beraman.
Erhanbey- asosiy sohasi matematik. Kasbi dasturlovchi. Shu kungacha ikki yuzdan ortiq o’yinlarni dasturlab axborot texnalogiya bozorida o’z o’rniga va shirkatiga ega bo’lgan odam, ayni paytda ham bir qator texnologiyaga oid loyihalar ustida ishlayapdi. Al-Khorazmiy izdoshi bo’lgan bu katta baliqning elektron maktubiga ko’zim tushganda, albatta uning menga yozgan elektron maktubini ishtiyoq bilan o’qiyman!
Erhanbey – bu shaxsning istemol qiladigan ozuqa tanloviga va hayot tarziga kelsak kichkina baliqlar umur guzaronlik qiladigan ‘standard ramkasi’ deb atalmush odatiylikdan tashqarida: pishirilgan, qovrulgan ovqat aslo va aslo yemaydi. Faqat sabzavot, mevalar, ko’katlarni hom holatida va don-dun mahsulotlarining ivitilgan holatida istemol qiladi. Ichimliklardan faqat suv va yalpiz, moychechak kabi quritilgan o’tlarni istemol qilishi mumkun. Zamonaviy farma sanoatining hiylalariga aldanish ehtimoli nolga teng bo’lgan shunday bir katta baliq. Sog’lom hayot va to’g’ri ovqatlanish kabi qoidalarga muntazam amal qiladigan bu katta baliq bo’lmish Erhanbeydan “Ohirgi paytda qachon hasta bo’lganingizni eslaysizmi?” deb so’rasangiz, eslay olmasligini aytadi.
Ishonavering, bu katta baliqni xotirasi shu darajada kuchliki raqamlar va ular o’rtasida amalga oshiriladigan matematik operatsiyalarni xotirasida saqlash va to’gri yechimlar bilan yondashishda Erhanbey oldiga tushadiganini hali ko’rmaganman. O’yinlarni va animatsiyalarni dasturlashini kuzatar ekanman bazan Erhanbey C tili (xozirgi dasturlash tillarining onasi) bilan yozilgan suniy intellekt modelimi deb o’ylab qolaman. Qisqasi, bu katta baliqning xotirasi super, faqat qachon hasta bo’lganini eslay olmaydi.
Meni ham istemol qiladigan ozuqa tanlovim va hayot tarzim Erhanbeynikiga o’xshab ketadi.
Oziq-ovqat, tibbiyot va farma sanoati kabi kimyo tizimlarini boshqaradigan gigant to’ralarning to’riga tushadigan kichkina baliqchalardan biri bo’lmaslikga harakat qilaman imkon boricha.
Hullas, to’ralar to’riga kattalik qiladigan Erhanbey kabi katta baliq menga Amerikadagi Amazon orollaridan elektron maktub yozar ekan, uning bu maktubini qanday qilib ishtiyoq bilan o’qimaslik mumkun?!
Hullas, tunda telefonim ekranida paydo bo’lgan ushbu katta baliqning elektron maktubi qop-qorong’u kosmosni yorita oladigan fanar kabi uyqusirab ilinayotgan ko’zlarimni lang ochib, uzun tushub yotgan joyimdan turib maktubni o’qishga tushishga undadi.
Erhanbeyni maktubidagi jumlalarni o’qimasdan oldin, elektron maktub pastidagi pdf faylga ko’zim tushdi.
Fayl nomi “Gercek Tip”(“Haqiqiy Tibbiyot”) deb yozilgan edi.
Kitob muallifi Dr. Oydin Solih edi.
Oydin Solihni kitobi meni telefonimda va komputerimda yillardir bor edi, uni ilk bor to’rt yil oldin uch odamni tavsiyasiga ko’ra o’qib chiqib “Agar bu kitob o’qib chiqilib amal qilinsa har bir shaxs hayot sifatini ancha yaxshilashi mumkun. Bugungi kundagi sog’liq muommolari o’z-’zidan hal bo’lishi mumkun. Nega bu kitob odamlar orasida ommabop emas ekan?
Keraksiz kontentlar mashxur, lekin nega bunday foydali malumotlar to’plami emas?” deya ritorik savolni hayolimda insho qilib hulosa qilgan edim – ammo, hulosa bosqichiga sakrab chiqishga hali erta edi.
Hullas, “meni telefonim ichida mavjud bo’lgan Dr. Oydin Solihning ‘Gercek Tip ‘ nomli ushbu pdf kitobi Erhanbey menga yozgan maktubida nima qilayapdi. Telefonimga virus tushgan shekilli, shu sabab telefonim ekrani butun malumotlarni qorishtirib ko’rsataypdi” deya Erhnabey menga yozgan maktubi aks etgan ekrandan telefonning asosiy ekraniga chiqdim va elektron pochtamga yana qaytib kirib Erhanbey Maktubini ochdim. Oydin Solihning “ Gercek Tip ” nomli o’sha pdf materiali Erhanbey maktubini pastida yana ko’zimga tashlanayotgan edi. Telefon viruslariga kufr qilib yana telefonning asosiy ekraniga qayta chiqdim, telefonni o’chirib yoqdim va yana elektron pochtamga qaytib kirib Erhanbey Maktubini ochdim. O’sha pdf materiali yana joyida turardi.
Asosiy ekranga yana qaytmoqchi edim, lekin behosdan Erhanbeyni maktubidagi jumlalarning ‘Oydin Solihning…’ degan ikkita so’zini ko’zim ilg’adi. Bu katta baliq pandemiya paytida meni sog’lig’imdan hovotir olar ekan korona virusi va korona vaksinasi sabab vujudda paydo bo’ladigan salbiy oqibatlarni oldini olib sog’lig’imga diqqatli bo’lish maqsadida Oydin Solihning ushbu “Gercek Tip” kitobini menga tavsiya qilayotgani haqida o’z maktubida yozayotgan edi va ushbu kitobning pdf materialini elektron maktubiga ilova qilgan edi.
Erhanbey bilan odatda ingliz tilida muloqot qilamiz va suxbatimizning asosi hamisha dasturlashga oid ish masalasi haqida bo’ladi. Hayot tarzi va ovqatlanish borasida suxbatlashsak ham obyektiv yondashiladigan akademik analizdan boshqa mavzuga o’tilmaydi hech. Erhanbey bialn suxbatimiz davomida Oydin Solih haqida Erhanbey bilishini va men Oydin Solih haqida bilishim haqida umuman to’xtalmaganmiz.
Lekin, pandemiya paytida COVID-19ni salbiy asoratlari haqida Erhanbey o’z yaqinlaridan hovotir olar ekan o’zi amal qilib ijobiy natijaga erishishga sababchi bo’lgan ushbu “Gercek Tib” kitobini tavsiya etayotgan edi.
Erhanbey menga yozgan o’z maktubida shunday yozadi: “Oydin Solih kitobida yozilganidek qon tomirlaridagi zaharli qondan holos bo’lishning oddiy uchta yo’li mavjud: bular 1) Hacamat, 2) Zuluk 3) Suv Parxezi bo’lib ilk boshdagi ikkita tanlov qondagi salbiy moddalardan holos bo’lish uchun yechimdir va uchunchi tanlov bo’lmish suv parxezi vujudni o’z-o’zini davolash mexaniziming eng samarali yo’lidir, bu suv parxezi yo’li orqali tana keraksiz, notabiy moddalardan holos bo’ladi. Zamonaviy tibbiyotga shubha bilan qaragani sabab o’z kasbini tark etgan Oydin Solih O’zbek millatiga mansub shaxs bilan turmush qurgan. Uning kitobini ushbu elektron maktubga ilova qilayapman”
Erhanbeyni bu maktubini o’qir ekanman shuni tushunib yetdimki Oydin Solihni dong’i taralgan maydonining ko’lami juda katta, ayniqsa bu ko’lamni katta qismi ijobiy sinergetik quvvatli katta baliqlardan tashkil topadi.
Oydin Solihni shifo metodlari haqida gapirishdan oldin keling yana katta va kichik baliqlar haqida gapiray. Tizim harakterini tushuntirish uchun odatda fauna olamining azolari bo’lmish baliqlarni analogiya qilish men uchun qulay.
Bilasizmi bitta katta baliq bo’lmish kit kuniga eng kamida o’n to’nna kichik baliqlarni istemol qiladi. Kitning mavjudligi davom qilishi uchun kichkina baliqlar ko’p bo’lishi shart. Agar bu shart buzilsa kitning mavjudligi davom qilishiga nuqta qo’yilishi muqarrardir. Kit har kuni eng kamida besh tonna kichkina baliq istemol qiladi. Okean tizimi shunday tuzilganki kitning og’ziga o’sha besh tonna kichkina baliqlar o’z qanotlari bilan suzib kelishadi. Farma va oziq ovqat sanoti juda katta sanoat va katta to’ralar tamonidan boshqariladi (bu matinimni statistik malumotlardagi raqamlar bilan to’ldirmay insho qilishni reja qilganman. Statistikaga ko’z yugirtirish vazifasi sizga qoladi.
Ishonavering raqamlar sizga qiziqarli haqiqatlarni so’zlab beradi). Katta to’ralar o’z mavjudligini qanday davom qildiradi sizningcha? – cheklangan va sayqalangan malumot bilan miyasi shakillangan kichik odamchalar evaziga albatta. Bu mitti odamchalar miyasini sayqallash uchun reklamalar kabi propaganda kontentlariga milliradlagan dollarlar sarflanadi. Bunday katta to’ralar xoxishiga ko’ra insho qilingan kontentlarni istemol qiladigan mitti odamchalar tizimning kamida to’qson foizini tashkil qiladi. Ushbu odamchalarning hayot bosqichlari quyidagicha: tug’ilganidan boshlab oziq-ovqat sanoati tamonidan zaharlantiriladi va farma sanoatiga jo’natiladi, farma sanoati tamonidan zaharlangan vujud suniy kimyoviy moddalar bilan yaroqsiz holga keltirilib kasalxona va sug’urta shirkatlariga jo’natilinadi – hullas bu kichkina odamchalar iqtisodiy tizim g’ildirakini aylantirishga bir yoqilg’i.
Qand kasalligi, ortiqcha vazn, qon bosimi oshishi, saratonni malum bir turlari, nevrologik hastaliklari kabi bir qator hastaliklar tabiat inomi emas. Balki, ular insoniyat tamonidan shakillantirilgan suniy bio-tizim disfunksianalligi(istemol qiladigan ozuqalarimiz ichidagi suniy kimyo moddalari va ularni istemol qilishga bo’lgan yuksak moyilligimizni nazarda tutayapman) sabab noto’gri shakillangan tanlovlarga ko’ra orttirilgan hastaliklardir. Agar suniy bio-tizimning ushbu disfunksianalligi bo’lmasa katta to’ralarning yanada kattalashish potensiali va hattoki mavjudligini davom qildirish imkoniyati nolga teng holatga keladi. Ozuqa sanoati va farma sanoati kabi sektorni sohiblari bo’lmish katta to’ralar albatta buni hohlashmaydi balki o’sha disfunksianallikni davomiyligini taminlashga bor kuchini safarbar qilishadi.
Oydin Solihning jurnalistga bergan interviewlaridan birida Oydin honim shunday deydi “Men bir bemorni o’t puffagini olib tashlab o’t hastaligiga yechim topmoqchi bo’lgan bir shifokor jarroh bilan ko’rishdim. Unga o’t pufagini olib tashlamasdan uni davolasangiz bo’lmaydimi, men sizga qanday davolashni o’rgatardim….ahir o’t pufagini olib tashlasangiz bemorda boshqa bir jidiy hastaliklar paydo bo’ladiku? deb so’rasam u jarroh menga qarab ahir o’t pufagini olib tashlamasdan uni davolasak qanday pul ishlaymiz deb javob berdi”.
Shaxsan men ko’pchilik shifokorlarni ichgan Gippokrat qasamini ham tan olmayman – shifokorlarning ko’pchiligi katta to’ralar joniga oro kiruvchi disfunksianallikni taminlab beruvchi tibbiyot-tizimining zombilaridir. O’zingiz statistikani kuzating va o’ylab ko’ring… yosh bolalarda qand kasalligi, qon bosimi oshishi, ortiqcha vazn nima qiladi? Ahir yosh organizmni fizik, biologik potensiali ustunining ijobiy yuksalish ehtimoli juda kattaku?! Bugun beshikda yotgan chaqaloqlardan boshlab o’spirin yoshgacha bo’lgan bolalar ozuqa sanotinining zaxarlash bosqichlarida(hohlagan bir do’koningizga kirib ishlab chiqarilgan mahsulotlardan hohlagan birini qo’lingizga oling. Ushbu qo’lingizda turgan mahsulot suniy kimyoviy moddalar bilan yetishtirilgan va achib qolmaslik uchun suniy kimyoviy moddalar bilan qadoqlangan – ammo bizni tanamiz bugungi holatga kelguncha milion yillar davomida tabiy yo’l bilan, tabiy moddalar evaziga evalyutsion rivojlangan va kimyoviy jarayonlarni o’z ichiga oladigan bir tabiy biologik tizimdir. Bu tabiy biologik tizimni tabiy funksionallikini suniy kimyoviy yo’l bilan buzish orqali DISFUNKSIANALLIKGA olib kelinayapdi) yetishtiriladi va kegingi bekatga, yani farma sanoati bekatiga tayyorlanadi, va ohir oqibat katta to’ralarga bilib-bilmay hizmat qiladigan zombi shifokorlar qo’lida yakun topadi. ‘Katta to’ralar yemishiga aylanish’ kabi hayot algoritimi deb atalmish taqdir kichik baliqchalar peshonasiga tamg’alangan disfunsianallikni taminlovchi algoritmdir. Ha, kichkina baliqchalar katta baliqlarga yem bo’lishi ularning peshonasiga bitilgandir – sababi kichkina baliqchalar tanlovini o’zgartirishni istashmaydi, o’z qanotlari bialn kitning og’ziga suzib borishadi. Kit shuning uchun ham mavjuddir. Men nima demoqchi ekanligimni tushundingiz deb umid qilaman. OydinSolih o’z kitobida men demoqchi bo’lgan haqiqatni ilmiy yo’l bilan, odamlar foydasiga tushuntirishga harakat qilgan va unga optimal yechim bergan: Vujudimizda no’to’g’ri ovqatlanish va harakatlarimizni notog’ri tashkillashtirish oqibatida vujudda yig’iladigan zaharli moddalarni to’g’ri ovqatlanish orqali oldini olish, va agar hastalik bosqichida bo’lgan bemor bo’lsa u qanday tabiy yo’llar bilan bu yig’ilgan zaharlardan holos bo’lishi kabilar sodda va tushunarli jumlalar bilan insho qilingan. Oydin Solihning ushbu “Gercek Tip” kitobida aynan sizni va yaqinlaringizni sog’liq muommolarini hal qiladigan kerakli malumotlar juda ko’p. Oydin Solih kitobida va intervyularida harakat qilib tushuntirmoqchi bo’lgan habarni meni talqinimda baliq analogiyasi bilan sharxlaydigan bo’lsak “Siz katta kitga yem bo’lmasdan va hayotingizni sog’lom shakilda davom qildirish tanlovingiz bor- bu o’z qo’lingizda” demoqchi.
Oydin Solihning ham mutaxxasisligi biolog bo’lgan va kasbi shifokor bo’lgan, ammo zamonaviy tibbiyotning ahloqsiz haqiqatlarini anglab yetkach zamonaviy tibbiyot sohasidagi kasbini tark qiladi va odamlarni tabiy yo’l bilan, samarali davolash haqidagi haqiqiy tibbiyotning haqiqatlari haqida o’z shogirtlariga gapira boshlaydi. Shogirtlari Oydin xonim aytayotgan tibbiyotning haqiqatlarini daftarlariga tushurib, kayd qilib borishadi va ohir oqibat bu tibbiyot haqiqatlari bir katta kitob shakliga keladi. Oydin Solihning ushbu kitobidagi ko’rsatmalarga ko’ra shifo topgan odamlar soniga qarab shuni aytish mumkunki agar Oydin Solihning ushbu kitobiga asoslangan tarzda suniy intellekt modeli dasturlanib bot-shifokor yaratilsa, insoniyat jamiyati uchun xozirgi tib sektoridagi zombi odam shifokorlaridan ancha samarali bo’lar edi.
Khosiyat Sobir
Manba: Facebook.com