O'zbekiston ERK Demokratik Partiyasi

Imzo

Imzo
226 views
17 October 2021 - 16:44
Tergovchi… tund xona.
O’rtada osmon-
berkilgan.
Ko’ziga tutulgan parda…
Bir Umr qilmagan QILMISHI uchun-
Jazo kutayotgan, mushtipar Banda…
Nahotki noaniq bunda yer hukmi?
Haq deya talpinib chiqqan Ovozlar.
G’ajilgan.Yanchilgan. Tuflab tashlangan-
Aftoda bir holda boqar qog’ozdan!!!
O’rtada sukunat qo’shig’i yangrar.
Kechmishing qayondir?,
ketar qayonga?.
Mo’ltirab qaraysan
o’rtaliq aro …
Senga tosh otib turgan avomga!.
Nahot kishanband kimsadan qo’rqar?!.
Yorug’da ot minib yurganlar o’ktam .
“Madoh Jamiyatning Qornida” uxlar.
Barcha so’roqlarga javob va to’xtam!!!.
Tergovchi… tund xona.
O’rtada JIMLIK.
Go’yoki osmon ustimga qular…
“SO’Z BOR”.
” SO’ZDAN SO’NGGI-
ERKINLIK YO’QDIR”!!!.
Ro’paramda
Muhtaramning surati
kular…
Yaqin kelajakda jalodning qo’li-
Baland kelajakdur o’g’ri ulushi!!!.
Nahotki yozilgan taqderga faqat
Kerak bo’lsa mening imzo qo’yishim???.
Shaxrina ABDURAZZOQ
Manba: Facebook