O'zbekiston ERK Demokratik Partiyasi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi nega kirilldan voz kechmayapti?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi nega kirilldan voz kechmayapti?
23,960 views
02 January 2023 - 17:55

O’zbekiston maktablarida ta’lim 1996-yildan boshlab to’liq lotin yozuvida olib borilmoqda.

Bugun hukumat tarkibidagi deyarli barcha vazirlik va idoralarning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari ham lotin yozuvida yuritiladi.

Ammo mana shu islohotning boshida turishi, qolganlarga o’rnak ko’rsatishi kerak bo’lgan Xalq ta’limi vazirligi (endilikda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi) negadir, kirill yozuvidan voz kecholmayapti (https://t.me/uzedu/20120). Uning tarmoqlardagi sahifalari hamon eskicha yozuvda yuritilib kelinmoqda.

Vazirlik kirill yozuviga shunchalik sodiqki, hatto hukumat o’tgan yili qabul qilgan qaror (https://kun.uz/uz/news/2021/02/11/ish-yuritishda-lotin-yozuviga-asoslangan-ozbek-alifbosiga-toliq-otiladi-hukumat-yol-xaritasi-tasdiqlandi) talablarini ham bir tiyinga olgani yo’q.

Umid qilamanki, yangi vazir Hilola Umarova tizim uchun sharmandali bo’lgan va o’zidan avvalgi bir necha vazirlar tugatolmagan bu mantiqsizlikka tezda chek qo’yadi.

Qiziqda, ta’lim lotin yozuvida bo’lsa, o’quvchilar lotincha o’qisa, o’qituvchi lotincha o’qitsa, vazirlik sahifalari kim uchun kirillda yuritib kelinmoqda?

Yo vazirlikda boshlangan islohotlarning ortga qaytib qolishiga ishonadiganlar ishlamoqdami?

@haqiqatdaIlyos