O'zbekiston ERK Demokratik Partiyasi

“Men oʻlsam”

“Men oʻlsam”
22,134 views
10 January 2023 - 16:19

Men oʻlsam isyoning ruhi bosilar.

Qirq yillik qirgʻinlar berib hosilla..

(Ammo )

“Oʻlsa” jim yotadi, goʻrida faqat

“Qora roʻyhatdagi”,”oq liboslilar”

 

Men oʻlsam… Olamning istagi qonar.

Ortiqcha Erk soʻrab qilmas har-hasha,

Men oʻlsam, toqatning kuylagin kiyib-

Tugʻilgan bir avlod, kishanband yashar.

 

Men oʻlsam… zaminning qonar koʻzlari

Men oʻlsam… samoning bitar xonishi.

Men oʻlsam… jahonning bor daxshatlari,

Siqim tuproq bilan ketar qorishib.

 

Men oʻlsam ruhimni ezar xavotir-

Erkga soya solar…yasama butlar,

Men oʻlsam koʻksimda qotgan xavomi-

Qorachigʻlarimdan yorilib ketgan…?

 

Men oʻlsam ufqdagi haqiqatlarim-

Zulmatga oʻrganib,ketsa oʻzgarib.

Eng ogʻir, daxshat bu tik qarolmasa-

Nahotki, quyoshga zamin koʻzlarii…?

 

Men oʻlsam jangchining hikoyasidan-

“Muhtaram” soʻz izlab, izlab hashamat.

Toki sukunatga boʻlganda asr…

Eng katta jinoyat oʻlmay yashamoq.

 

Men oʻlsam quroldosh doʻstim oʻksima…

Sen uchun atalgan soʻnggi oʻq bilan!!

Nahotki jon berar hur ovozlilar-

Erk soʻzi “mahkum” boʻlgan nuqtadan…

 

Men oʻlsam o’lkamni bosgan soyalar…

Zulmatiga koʻnikib qolar saltanat.

Men oʻlsam suyagi singan gʻoyalar

Bir botir oʻligin ketar orqalab.

 

Men oʻlsam isyonkor ruhdek osilib…

“Mahkumning kuyi”dan titrar tosh-qal’a

“Qirq yillik qirgʻinlar berar hosilin…

MEN OʻLSAM…ORTIMDAN KELAR BOSHQALAR”!!

(“Oq liboslilar-kafan”).

Shaxrina Abdurazzoq