O'zbekiston ERK Demokratik Partiyasi

Oliy sud raisi 150 ming dollarlik mashina minishga loyiqmi?

Oliy sud raisi 150 ming dollarlik mashina minishga loyiqmi?
480 views
27 November 2021 - 14:49
Shvetsiya Bosh vaziri o‘z mamlakatida xizmat mashinasiga ega yagona siyosatchi. Qolgan mulozimlar ishga o‘z moshini¸ valasapit ëki tramvayda boradi. Xalqi qashshoq bo‘o‘gan mamlakatlar mulozimlari qimmat moshinlarda yuradi masalan O‘zbekiston Oliy sud raisi uchun kamida 6 mashina xizmat qialdi. Ulardan birining narxi 150 ming dollar. Ammo Shvetsiya mulozimlari o‘ta kamtar romka ichiga qamalgan. Masalan butun bir shved parlamentida bittagina odamda xizmat mashinasi bor. Premer-ministr Stefan Lyovenga xizmat maqsadida mashina biriktirilgan. Mabodo bu mashina bosh vazirni xotinini sartaroshxonaga oborsa qiyomat qo‘padi. Eng kamida Bosh vazir istefoga ketadi. Shvetsiya Bosh vaziri Volva S80 minar ekan. Bugun reyestrdan tekshirib ko‘rsam bu moshinayam yilt yangi emas. 4 yil minilgan moshin ekan. Atayin 4 yil minilgan Volva S80 necha pul turarkan deb qarasam Germaniyada 18 ming yevroda Shvetsiyada esa undan ham arzonga e’lon ko‘rdim. Ya’ni Shvetsiyadagi asosiy birinchi rahbar 18 ming yevrolik eski miniligan moshinda yurarkan. O‘zbekiston Oliy sud raisi esa 150 ming dollarlik yap yangi Mersda.
Shartta parlamentga (shved parlamenti matbuot xizmatiga) telefon qilib «jaa yerga urvoripsizlaru hukumat mulozimlarini. Meni Stokgolmdagi dokumenti yo‘q chilangar do‘stim Bentli minadi¸ deya e’tiroz bildirdim o‘zimcha.
Bunga javoban parlamentdagi xushmuoamala xotin «Shved parlamenti va hukumati taksipark emas. Mulozimlar velosipedda kelsa sog‘ligiga yaxshi» dedi. Bu xotinni aytishiga ko‘ra¸ Shved parlamenti a’zolariga jamoat transportida yurish uchun tekin oylik chipta proyezdnoy berilarkan.
Shved matbuotida bu imtiyozni ham bekor qilish chaqiriqlari yangrab turadi.
Matbuotga ko‘ra mulozimlar xizmatkordir. Xizmatkorni erkalatsang sendan oldin to‘rga chiqarkan.
Manba: Rassom Tuz