Bir insonni shu qadar sog’inasanki…
Sog’inaverasanki…
Har kuni unga o’zing haqingdagi hamma gaplarni aytib beraverasan!
Va undan har lahza “Kel barini unut!
Avvalo ikkimizni yaratgan Robbimiz bor!
Va u meni, aynan sen uchun yaratib qo’ydi!
Bu dunyoda men bor ekanman, sen hech narsani o’ylama” degan sasning sohibini izlab…
Qalbing kabi huvillab yotgan xona devorlariga termulasan…
Jarlikdan osilib turgan kabi kipriklaring ostida muallaq turgan yuragingni barmoqlaring bilan sidirib…
Beixtiyor kaftlaringni barmoqlaringga mahkam bosasan…
Devorlarning bu xonada ular va sendan bo’lak hech kim yo’qligini anglatish uchun hali ham jim turganini hazm qilolmay yig’laysan…
Devorlar ham senga jo’r bo’lib ho’ngragan ovozingning aksini o’zingga qaytarib, birgalikda yig’laydi sen bilan!
Sensizlikda devorlar tilga kirdi…
Faqat sen kelmading, azizim?!
Men sen haqingda o’zim bilan shu qadar ko’p gaplashdimki, seni ko’rganimda so’zsiz qoladigan darajada sarfladim so’zlarimni, Azizim!!!