HALOL LUQMANING ZIKRI
“Eng avval taomni to`g`ri tanavul qilishni o`rgan, songra ma`rifatdan baxs et”
(Xalq maqoli)
Qadimgi islomiy bitiklarda ham tanavulning birinchi farzi:taomning qayerdan kelgani, uni qanday tayyorlangani va tarkibida nimalar borligini o`rganish bo`lgan. Ikkinchi farzi esa taomga “Bismilloh” siz qo`l urmaslikdir. Luqma mutlaqo halol bo`lishi joiz! Afsus xozir taom tanavuli farzlari ham, halol bo`lishi ham bir qadar unutildi. Ulamolarimizning bir qismi ham bu xaqda unutdi. Bugungi kunda faqat daromadga e`tibor beriladi. Ya`ni daromad xalol bo`lsa yeyilajak taom ham halol deb qabul qilinadi.
Xolbuki nafaqat pul, mol-dunyo balkim unga xarid qilinadgan oziq-ovqat ham halol bo`lishi kerak. Tarkibida ifor va boshqa suniy qo`shimchalar bo`lsa yegulik xarom xisoblanadi, chunki bu qo`shimchalar taom emas. Iste`mol qilinmaydigan qo`shimchalar oziq-ovqatga aralashtirilsa luqma halol bo`lmaydi.
Alloh taolo En`am surasi 121- oyatda halol va xaromni anglatar ekan “Bismilloh” siz tayorlangan emakni yemaslaikni buyurgan. Chunki bu xaromdir. Bu oyat “Allohning ismi aytilmay kesilgan, yeyilmas ” deya tarjima etildi. Xolbuki u yerda na “kesilgan”, na “go`sht” so`zlari bor. Aslida oyatda “ Ustiga Alloh ismi bitilmagani yeyilmas ” deyilmoqda. Avvallari bu oyat “ Ustiga Alloh ismi bitilmagani yeyilmas” deb shunga amal qilinsa, xozir faqat “So`yilgan hayvon go`shti” ga nisbatan tushunilmoqda.
Hazrati Muhammad(sav) deydiki: Kimki og`ziga harom bir luqma olsa duosi 40 kun ijobat bo`lmaydi.
Bir luqma to`rt bosqichli xazm jarayonidan o`tadi.
- xazm: og`iz, oshqozon, ichaklardadir.Birinchi hazm ichaklarda tugaydi. Bu yerda mayda bo`laklarga parchalangan taom ichak devoridagi mayda teshikchalar orqali qonga so`riladi. Songra butun qon ichaklardan to`planib jigarga Jigarda 2- hazm boshlanadi. Bu yerda taom yanayam kichik zarralarga parchalanib gormonlar, prototeyin, enzimlar xosil bo`lib yana qonga so`riladi. Qonda hazmning 3- eng muhim jarayoni kechadi va ozuqa moddalar hujayralarga yetkaziladi. Gormonlar qon tarkibidagi ovqat zarrachalariga yopishadi va uni hujayralarga olib boradi. Hujayra bu zarrachadan proteyin ishlab chiqaradi. Eng muhim energiya yoqilg`isi bo`lgan glyukoza mitohondriyaga keladi va mitohpndriyalarda glyukozadan energiya ishlab chiqariladi.
MITOXONDRIYALARDA XOSIL BO`LADIGAN QUVVAT NIMA?
Har bir jism parchalana parchalana neytrinolarga aylanadi. Neytrinolar sifati farqlidir. Yadro atrofidagi elektronlarning fe`l atvori ham o`zgacha. Bu quvvatga nom berilmasdan va sifatlari yaxshi o`rganilmasdan nima ekanligini tushuna olmaymiz. Biologlar har bir hujayra ichida topilgan mitoxondriyalar 200 turdan dan ortiq quvvat ishlab chiqarishini ta`kidlashadi. Biz ularni elektrostanciyalar bilan qiyoslashimiz mumkin.
Bu quvvat Allohning ismlarini zikr etadi. Ayni zamonda bu Allohning ismlari zikr etilganda paydo bo`lgan quvvvatiga o`xshaydi. Allohning ismi zikr etilganida ovoz chiqarib quvvat paydo bo`ladi. Bu quvvat koinot bilan qorishib, koinotni quvvatlantiradi.
Og`zimizga tushgan har bir luqmadan xosil bo`ladigan quvvat ham Allohning ismi bilan paydo bo`lgan quvvatga o`xshaydi. Chunki halol luqmaning butun atomlari, zarrachalari ham Yaratganni madh ettadi.
Bu juda muhim. Halol va xarom taomning zikri bir -biridan farqlidir. Payg`ambarimiz Muhammad (sav) deydilarki: Yer yuzida Alloh, Alloh deguvchi bor ekan qiyomat ko`pmaz!. Mo`min – butun hujayralari bilan Alloh demakdir. Shu sabab bir dona mo`min qolsada ohir zamon bo`lmaydi, dunyo vayron bo`lmaydi.
Savol: Har bir jismdan (jonli, jonsiz) taraladigan ma`lum bir to`lqinlar bor. Har bir to`lqin saslidir. Zikr balki shu to`lqinlardir?
Javob: Badan va jasad orasida qanchalik farq bo`lsa to`lqin va zikr i ham shu qadar farqlidir. Jasadga ruh puflansa jonli badan bo`ladi. Alloh jonni olsa jasadga aylanadi. Sh sabab jismdan taraladigan oddiy to`lqin va zikrni taqqoslab bo`lmaydi.
TANAVVULI QOIDALARI
Birinchi qoida: xarom aralashmagan halol va pok taom emakdir. Halol luqma yeydiganlar xasta bo`lmaydi. Musulmon nasibasiga diqqatli bo`lsa bundan unga aslo zarar yetmatdi. Halol luqmadan xosil bo`lgam quvvat Allohni zikr etadi. Allohni zikr etgan quvvat zotan tanadagi barcha dardlardan xalos qiladi. Xarom ozuqa esa hamisha kasalliklarga sabab bo`ladi, zikrni buzadi. Zikr buzilgach tanamizdagi barcha tizimlarning axvoli og`irlashadi.
Xarom luqmaning salbiy ta`sir juda ko`p. O`giz bo`shlig`idan tortib taom bosib o`tajak yo`lda bu ta`sir ortsa ortadiki aslo kamaymaydi. Og`iz, me`da, ichak, jigar, qon, hujayralarga qadar xaromning salbiy ta`sirini tanamiz, ruhimiz his etadi. Immun tizimimiz butun imkonyatlarini ishga solib, zo`riqib vujudimizni tozalashga xarakat qiladi.
Alloh Baqara surasi 173- oyatda shunday deydi: Majbur bo`lgandagina, chegaradan oshmay harom taomdan tanavul qilisi mumkin. Ammo yaxshi ko`rib va ishtaha bilan emas, Allohdan hayo qilib, uzr so`rab yeyish lozim. Agar taom pok bo`lmasa eng kam miqdordan ham kami yeyiladi. Bu xolda immunitet tizimi taomni 1-2-3 hazmda imkon qadar tozalaydi.
Payg`ambarimiz Muhammad (sav) davrida bir hakim kelib musulmonlar orasida ikki yil qoladi va shu yillar mobaynida birorta odamning kasal bo`lganini ko`rmaydi. Chunki mo`min kasallikka chalinmaydi. Faqat ruh bir martabadan ikkinchi martabaga yuksalayotganda ozroq xastalanadi. Ammo bu dardlar Payg`ambarlar xastaliklari kabidir.
Masalan Ayyub Alayhi salomning kasalligi ruhiy edi. O`zi bundan xabardor, shuning uchun judayam sabrli edi. Duchor bo`lgan xastaligi bilan ham ulug` marhamatlar qozondi.
Tanavulning 2- qoidasi: Ko`p yemaslikdir. Inson toza taom esada ortiqchasini hazm eta olmaydi. Chunki me`daning ham, jigar, yurakning ham imkoniyatlari chegarasiz emas. Me`da qon guruhlariga ko`ra farqli miqdorda me`da suvi ishlab chiqaradi. Biz me`damiz ajratadigan suv miqdiriga qarab ovqatlanamiz. Imkonidan ortiq yeyilgan taom hazm bo`lmaydi. Taom atala yoki qaymoq xoliga kelmaguncha me`dani tark etmaydi. Ammo qo`shimcha moddalar va sintetik yog`lar bu xolga kela olmaydi. Gidrolizlangan yog`lar va margarin meda xaroratida qo`shimcha moddalar blan qo`shilib plastikka aylanadi va me`dani qiynab, bazo`r tark etadi. Hazm etilmagaan ozuqa butkul sog`lom insonlar va bolalar vujudidan yo`l topib chiqib ketadi. Eng maqbul va qulay usuli ichaklar orqali chiqarish yohud qusib tashlash. Go`daklar qon guruhidan qat`iy nazar ortiqcha emgan sutini qayt qilib tashlaydilar. Me`yoridan ortiq
bir qultum sutni ham qabul qilishmaydi. Ayniqsa chillasi chiqmagan go`daklarda shunday, chunki ular qirq kunga qadar pardalangan bo`ladilar. Ammo buni tushunmagan onalar shifokorlarga murojaaat qilishadi. Doktorlar “ bolangiz reflyuks (me`dadagi taomning qizilo`ngachga qaytib chiqishi) bo`libdi uni konservativ yoki operativ davolash kerak” deb qo`rqitishadi. Keyin ham bu xolat shunday davom etadi.
Agar ortiqcha taom tashlamasa ichketar bo`ladi. Ichketar hazm bo`lmagan ovqatdan qutulishning eng qisqa va eng maqbul yo`lidir. Ilk 40 kundan so`ng bu sezgilar asta kamaya boshlaydi, jararayon 17-20 yil davom etadi. , Qayt qilish, ich ketish to`xtaydi.
Bu vaqtga kelib hazm bo`lmagan taom oshqozonda chiriy boshlaydi. Chirigan taomning sifati xarom luqma kabidir. Chunki taom hazm bo`lsa gaz va hid paydo qilmay kimyoviy parchalanadi. Chirigan taomdan esa ma`lum bir vaqt ko`lansa hid va gaz ajralib turadi. Bu gaz qonni zaharlaydi. Taom chirindilari esa tanamizdagi boshqa moddalar bilan birikmalar xosil qiladi. Bu birikmalar organizm imkoniyatlariga qarab yig`iladi. Bu yig`indilar vujudimizga muaxxaq zararlidir. Buni ko`chalardagi to`lib toshgan ahlat qutilarga, oshxonamizning bir chetida to`kilishi unutilgan chiqindi chelakka qiyoslashimiz mumkin. Endi vujudimizdagi xolatni bir tasavvur qiling. Me`damizdagi chiqindilar ustiga yana ortiqcha taom tushsa u tutab, yonishni boshlaydi va qo`lansa gaz bilan atrofidagi barcha to`qimalarni , boshqa a`zolarni ham zaharlay boshlaydi.
Bir kuni chiqindi tashlash taqiqlangan joyda o`ta sovuq bir yozuvga ko`zim tushdi. Unda “Kim bu yerga axlat to`ksa saratonga chalinsin” degan yozuvga ko`zim tushdi. Avvaliga jaxlim chiqdi, chunki niyat o`ta sovuq edi. Keyin ozim ham fikrlab ko`rdim. Darxaqiqat bu yerga to`kilgan chiqindi yaqin atrofda yashovchi odamlarni zararlaydi. Xatto xavfli shish – saratonni ham keltirib chiqarishi mumkinku! Nima uchun chiqindi tashlab ketgan odam bu xaqda o`ylamaydi. Xov nariroqda o`ynab yurgan bolajonlarning, o`rindiqlarda o`tirgan keksalarimizning sog`ligichi? Axlatdan eng ko`p aziyat chekadigan tabiatning gunohi nima?!
Shundan so`ng o`zim ham har yerga chiqindi tashlaydigan, yashnab turgan daraxtlarni kesadigan odamlarni la`natlaydigan bo`ldim. Bunday xolatlarga befarq bo`lish jinoyatdir!
Turkiyaga ilk kelganimizdayoq farzandlarimga shunday dedim: Agar siz shu tuproqqa nimadir tashlasangiz aslo xaqqimni halol etmayman! Eng avvalo tuproq, suv, havo bulg`anmasligi shart! Chunki biz dunyo uchun nima qilsak, o`zimizga xuddi shu tarzda qaytadi.
ARALASH TAOMLARNING ZARARI
Tanavulning yana bir qoidasi- aralash emaslikdir. Taomlar qanchalik oz aralashtirilsa hazm shunchalik yengil, oson bo`ladi.
Siz ko`z o`ngingizga bir fabrikani keltiring. U yerda bir hil, ammo bozori chaqqon maxsulot ishlab chiqariladi chunki fabrikaga keladigan xom- ashyo sifatli . Ammo tadbirkor shu yerda boshqa narsalar ishlab chiqarrishni ham xoxlab qolsachi. Mebel fabrikasi xududida qandolatpazlik yo`lga qo`yilsa nima bo`ladi? Un, shakar, yog`och, bo`yoqlar hammasi bir darvozadan kiradimi? Tayyor maxsulot sifatichi?
Vujudimizga kirajak aralash taomlar ham xuddi shunday. Hazm bo`lmaydi. Chunki har bir ne`mat uchun alohida enzim va garmonlar kerak. Garmonlar aralashsa kimyoviy tasirlanadi. Bundan farqli qorishmalar paydo bo`ladi va hazmni og`irlashtiradi. Ovqat hazm bo`lmasa cho`kmalar paydo bo`ladi. Bundan chiqqan gaz, chirindi va boshqa moddalar qonni buzadi, to`qimalarni zaxarlaydi va oqibatda turli kasalliklar paydo bo`ladi.
Kasallik bu- hazm buzilishi oqibatida yig`ilgan chirindi moddalardan paydo bo`lgan birikmalarning organizmda yig`ilishidir. Buni yaxshi anglashimiz, bilishimiz kerak. Birikmalar qayerda to`plansa o`sha yerda dard maydonga chiqadi. Masalan birikmalar ichakda bo`lsa u yerda qurtlar va parazitlar paydo bo`ladi. Ichaklar toza bo`lsa qurt va parazitlarnibng yerlashishi va yashab ketishi imkonsizdir. Ichaklarning ichki devorida xuddi kanalizaciya quvuridagi kabi chiqindi birikmalarni tasavvur qiling.
Ichaklardagi chirindi birikmalarini jigarni tozalash amaliyotida ko`rishimiz mumkin.
Ichaklaringiz toza bo`lmasa sog`lom bo`la olmaysiz. Chiqindi birikmalar nafaqat parazitar kasalliklarga balki qabziyatga ham sabab bo`ladi va qonni zaxarlaydi. Agar ular jigarda bo`lsa Gepatitning A,B,C turini yohud aralash gepatitlarni keltirib chiqaradi. Xronik, toksik yoki virusli gepatitlar paydo bo`ladi.
Qon ifloslanaversa u butun vujudimizda u bilan bog`liq muammolardan qochib bo`lmaydi. Chunki qon kerakli moddalarni tana a`zolariga tashuvchi transportdir. Bugun 2 yoshlik bolalarning qon tomirlarida ham tiqinlar xosil bo`lyapti. U bilan bog`liq kasalliklar ham ko`paydi. Nima uchun murgak bolalarda keksa insonlarga xos skleroz kuzatilyapti? Skleroz birikmalardan xosil bo`lgan tiqinlar tufayli qon tomirining torayishidir.
Agar onalar quchog`idai go`daklariga ko`krak suti o`rniga qadoqlangan sut, pechenye va boshqa hazmi og`ir ozuqalar berishni to`xtatishmasa bu katta falokatdir! Ortiq ular bola emas, vujudi chiqindiga to`la, iimun tizimi zaif keksalardir. Agar onalar luqmasiga xarom aralashtirishsa, hazm bo`lmaydigan qo`shimchalari bor taomlarni tanavul qilishsa ularning suti ham buziladi, halol bo`lmaydi.
Eng yomoni ham suniy qo`shimchali taomlardir. Chunki ular aslo hazim bo`lmaydi va yuqorida aytganimizdek vujudni zaxarlaydi. Gidrolizlangan yog`da tayyorlagan ovqatingizni tanavulga yaroqsiz deb xisoblayvering. Bu taomni halol deb ham bo`lmaydi, tabiiyki xaromdir.
Qo`shimcha moddalar taomimizni ta`mi , hidini ham o`zgartirdi.
Bugun Turkiya qandolatxonalarida Alba” yog`ini ishlatishadi. Buni yog`, yoki yog` emasligini kimsa bilmas. Katta kemalarda Yevropadan olib kelishib tort, kurab`e, muzqaymoqlarga qo`shishadi.
Sog`igidan shikoyati bor bir oila menga davolanish uchun murojaat qildi. Eng kichik farzand 5 yoshda ekan. Butun oilada PZL(past zichlikdagi lipoproteid ) va yomon xolesterin juda yuqori edi. PZl faqat kichkintoyda tekshirilmagan ekan. Men ulardan “Siz muzqaymoq eb turasizmi?” deb so`radim. “Xa, har kuni bir porciyadan tanavul qilamiz” degan javob oldim. “U xolda kichkintoyingizda ham PZL tekshiruvini o`tkazing. Chunki katta ehtimol bilan unda ham bu xavf ko`rsatkichi yuqori chiqadi ” dedim.
Aslida bu yoshdagi farzandlarimizda xolesterin yuqori bo`lishi mumkin emas. Ammo kunda muzqaymoq yeydigan bolalar bundan mustasno. Chunki ular xozir haqiqiy muzqaymoq emas, plastik qo`shilgan zararli sovuq shirinlikni iste`mol qilishyapti. Hech randalangan vaa rang berilgan plastikli muzqaymoqni tasavvur qilasizmi? Aqlingizga sig`maydi-a? Ammo foyda ketidan quvayotgan va me`dada plastikka aylanishi muqarrar suniy yog`larni shirinliklar tarkibiga qo`shayotgan tadbirkorlar buni juda yaxshi bilishadi.
Sog`liq uchun eng zararlisi yog`laddir. Jigarni tozalash amaliyotini boshidan kechirgan bemorlar ichlaridan chiqqan plastikli atalani ko`rib qo`rqib ketishgan. U mebelning ichidan chiqqan shimgichga o`xshaydi. Jigarni tozalaganda chiqqan va shimdirgichga o`xshash osha uzun qisqa bo`lakchalar biz eyayotgan margarin, arzon sunyiy qo`shimchali saryog`lardir. Eng qo`rqinchlisi bu yog`lar qon tomirlarda ham bo`lishidir. Margarinli tiqinlar( tromblar) eng qattiq, erishi qiyin tiqinlardir. Ulardan oson qutula olmaysiz. Tibbiy zuluklar ham ularni erita olmaydi, faqat jarroxlik amaliyotigina umid bor.
TANAVULDA TARTIBGA ETIBOR BERING
Taomlanmoq qoidalari xaqida suhbatlashgan edik, tanavulda tartibga e`tibor berish ham juda muhim. Eng avval suv yoki biror salqin ichimlik ichish kerak. Ammo bu yerda nozik bir jihatga e`tibor shart. Oddiy suv tarkibida ozuqa yo`q. Ammo suvning ichiga nimadir solsangiz (kompot, sharbat) uni hazm qilishga vaqt kerak bo`ladi. Suv ichidagi ne`matlar ozgina bo`lsada uni hazm qilmasdan asosiy taomga o`tish xatodir.
Xo`sh, suvni qachon ichishimiz kerak?
Taomning hidi dimog`ingizga urilgunga qadar suv iching!
Taomning hushboyi dimog`ingizga urilgani zamon me`da unga mos me`da shirasi ishlab chiqarishni boshlaydi, hidga mos ferment ajraladi.
Burunda joylashgan kichik bir qurilma hidni tutib uni limbik tizimga (lot. Limbus-hoshiya, visseral miya – bosh miyaning anatomik va funkcional jixatdan yaqin bo`limlari majmuyi) yetkazadi. Limbik tizimda kerakli hid tahlil qilinib, tahlil natijalari esa miyaning kerakli bo`limiga uzatiladi. Qaysi fermentni qancha miqdirda ishlab chiqarish xaqida miyaga darxol ko`rsatma beriladi. Miya ham o`z navbatida asab tolalari orqali me`da bezlariga buyruq beradi.
Taom isini his qildingizmi suv ichishga xaqqingiz yo`q. Chinki suv taom uchun ajratilgan meda shirasini parchalaydi, tarkibini buzadi. Suv fermentlarni suyultirib, ichakka oqizib yuboradi. Taomning hidini sezdingizmi, darxol uni tanavul qilishni boshlang. Ovqatdan so`ng bir necha qultum suv ichishingiz mumkin. Agar juda suvsagan bo`lsangiz emakdan 1.5-2 soat so`ng chanqog`ingizni qondirish uchungina suv iching.
Hazm tugagach (ovqatlangandan 5 soat o`tgach) bemalol, xoxlaganingizcha suv ichishingiz mumkin. Chunki hazm og`iz bo`shlig`idan boshlanib ichaklarda yakunlanguncha besh soat vaqt ketadi. Oz va yengil ovqatlangan bo`lsangiz 4 soatdan so`ng suv, suyuqlik ichishing.
Agar kun davomida meva, sabzavotlar bilan yengil taomlansangiz 4 soatdan so`ng yana ovqatlanishingiz mumkin. Ammo pishgan, hazmi og`ir taom iste`mol qilsangiz 5, eng yaxshisi 6-7 soat o`tgachgina dasturxon yozing.
Savol: Ro`zador bo`lsak ham taom isi dimog`imizga urilishi mumkin. U xolda nima qiliamiz?
Javob: U xolda niyat qilingani uchun me`da ochlikka tayyorlanadi va ishlamaydi. Limbik tizim hidni taxlil qilmaydi, miyaga me`daga ko`rsatma bermaydi, fermentlar ajralmaydi. Bunda niyat muhimdir . Niyat qilmagan inson ochlik bilan davolana olmaydi. Niyatsiz og`iz yopib sahardan kechgacha ro`za tutish ham juda qiyin.
Agar taom hidi dimog`ingizga urilmagan bo`lsa istagan meva va sabzavot sharbatini ichishingiz undan song taom yeyishingiz ham mumkin. Ammo eng yaxshisi yarim soat kutishdir. Ikkinchi taom o`laroq dasturxoningizda shirinlik yoki meva bo`lsa mevani tanlang. Shirinlik va meva baravar yeyilmaydi, chunki bu fermentaciyaga (acchitqiga aylanadi) sabab bo`ladi. Shirinlik yoki mevadan song taom iste`mol qilish mumkin, ammo taomdan song hech narsa yeyilmaydi.
Nonushtada shirinlik bo`lsa eng avval uni yeng. Masalan asal yoki murabbo bo`lsa avval eyilmog`i darkor. Nonushtada taom turi oz bo`lgani ma`qul. Eng yaxshissi bir hil taomdir. Agar buni iloji bo`lmasa bir-biriga to`g`ri keladigan ne`matlarni tanlang. Masalan pishloq va zaytun. Pishloq va zaytunni toza saryog` yoki zaytun yog`i bilan yeyishingiz mumkin. Barra ko`katlarni esa har qanday taom bilan tanavvul qilishingizni tavsiya qilamiz. Pishloq, zaytun, yog`(saryog`, zaytun yog`i) va go’sht bilan barra ko’katlar tanavvul qilinsa hazm osonlashadi, salomatlikka ham koni foydadir. Tuxumni barra ko’katlar, zaytun, saryog` yoki zaytun yog`i bilan yeyish kerak. Tuxum yog’ bilan uyg`un keladi. Taxin shiinisi esa yong`oq bilan yeyilmas, chunki yong`oqning o’zi judayam to’yimli ne`matdir. Tahin shinnisining o’zi ham shu qadar to’yimliki yonida boshqa biror ne`mat xoxlamaydi, zotan u alohida bir taomdir. Tahin shinni uchun non va choy yetarlidir. Dorivor giyohli choy ham bo’lishi mumkin.
Eng maqbuli yong`oqni asal va pishloq bilan tanavul qilishdir. Findiq, xandon pista va Keshyu yong`og`ining ta`riflari turlicha ammo hammasi salomatlik uchun juda foydalidir. Agar allergiyasi bo`lmasa farzandlaringizga findiq (funduk) yong`og`ini bering. Chunki uning mag`zi B1,B2, C va E vitaminlari, akliy, temir, kobalt, fosfor, kalciy va ruh kabi mineral moddalarga boy. Findiq mag`zi ichidagi yog` miyani rivojlantiradi, faoliyatini yaxshilaydi. Zakiy farzandlarni kamolga yetkazishimiz uchun beminnat yordamchidir. Findiqda o`sayotgan organizm uchun har tomonlama foydali omega yog`lariga ham boydir. Xozir ota-onalar turli farmaciya firmalari ishlab chiqarayotgan omega yog`larini sotib olishga va ularni bolalariga dori qutisidagi ko`rsatmaga muvofiq ichirishga xarakat qilishadi. Go`yoki ular qimatbaho bu yog`lar bilan farzandlaring salomatligini mustaxkamlashga urinishadi. Nafaqat bolalar, turli xastaliklarga chalingan o`rta va keksa yoshdagi insonlar ham reklamasi o`ta ishonarli bu maxsulotni imkon qadar sotib olib, iste`mol qilishadi. Xolbuki Omega yog`lari ayricha ichilmaydi. Uchalasi birlikda va balli bir nisbatdaa bo’lmog`i kerak. Eng ideal nisbat zaytun yog`idadir. Yanayam go`zali findiq tarkibidagi yog`da. Ammo findiq yog`ini emas o`zini tanavul qilgan maqbuldir. Xomilador ayollar va bolalarga findiq beravering. Chunki ona qornidagi xomila va bolalarning miyasi yaxshi rivojlansa qancha kasalliklar oldi olinadi va aqli butun zurriyodlar kamolga yetadi.
Barcha quruq mevalar ishlov berilmasdan, xom yeyilishi kerak. Qobig`li (yong`oq, bodom, xandon pista, findiq, yeryong`oq, pista, o’rik mag`zi) quruq mevalar danagidan olingach darxol iste’mol qilingani ma`qul. Sababi bir necha kun avval chaqib olingan mag`izlarda enterotoksin xosil bo’ladi, Bu juda zaharli va xavfli toksindir.Yeyayotganingizdaa mutlaqo sezilmaydigan bu toksin jigarda yig`ilib jigar va oshqozon osti bezi saratonini keltirib chiqadi. Chaqilgan yong`oq , mag`zida o`zgarish bo`lsa (ko`rinishi, ta`mi, hidi buzilgan bo`lsa) emang! Sog`lom yong`oq mag`zi buzilmaydi. Chaqilgan yon`oq har qancha quritilgan va sifati buzilmagan bo`lsada uch kundan so`ng iste`molga yaroqsizdir. Chunki uning shifobahsh xususiyati qolmaydi. O`rta Osiyoda qadimdan yong`oq qoyilgan dasturxonda albatta qayroqtosh, yoki yong`oq maydalagich turardi. Yoki yong`oq dasturxonga qo`yilishidan avval mehmonga qulay bo`lishi uchun bir oz avval chala chaqib qo`yilgan. Umuman olganda qobig`i bor har qanday quruq meva chaqilgandan so`ng darxol yeyilsa o`zidagi barcha shifobahsh xuxusitalari bizga taqdim etadi.
ENG KATTA XASTALIK OCHIQMASDAN OVQATLANISHDIR
Ochiqmasdan yohud avvalgi taom hazm bo’lmasdan ovqatlanmoq zararlidir. To`q qoringa yemak nima uchun xaromdir? Inson qo`q qoringa tanavul qilsa yoki tarkibida taqiqlangan qo`shimchalari bor xarom emakni halol deya qabul qilsa nima bo`ladi? Unday taom hazm bo`lmay chirindiga aylanadi, uning badbo`y hidi hujayralarga tarqaladi va hujayralar Allohni zikr etmay qo`yadi.
Biz Istanbulga 1993- yilda ilk marta kelganimizda Buyuk shaharda judayam chiqindi ko`p edi. Barcha ko`chalar, Fotih maydonidan Kapalicharshigacha, derazalariga qadar axlat edi. U yerlardan o’tmoq mushkul, badbo’y hid, tabni xira qilguvchi manzara ko`ngilni bexuzur etar va qo`rqinchli edi. Men doim “Allohim bu ne ko`rgulik? Istanbul qanday tozalanadi” derdim. Ammo tozalaganlar baraka topsin bir oy ichida ozodalikni ta`minladilar.
Endi siz o`z vujudingizni chiqindi to`la Istanbulga qiyoslab ko`ring. Agar siz ichingizdagi manzarani ko`rmoqchi bo`lsangiz tozalanmagan, tartibsiz ko`chalardan o`tib ko`ring. Yerga tashlangan turli yeguliklar, noozuqa chiqindilar va boshqa axlatlarga nazar tashlang. Shu ko`chaning badbo`y isidan nafas oling. Ariqlar ichida yotgan plastik idishlar va ular tufayli xosil bo`lgan tiqinlarga ham qarang! Bizning qonimiz ham shu ariqlardagi suv kabi ifloslangandir
Eng maqbuli nonushta va kechki taomdir. Agar sahar va oqshom tanavul qilsangiz hech qanday muammosiz, mukammal hazm bo’ladi. Eng go’zal nonushta zamoni 7.00-9.00 orasidir. Eng quvvatli hazm soat 7.00 da bo’ladi. Soat 9.00 ga qadar oz-ozdan hazm quvvati susayadi. Soat 13.00 da hazm takror qulaylashadi. Kechi ovqatni 17.00-19.00 orasida tanavul qiling. Soat 19.00 dan so’ng taom yeyilmaydi. Kechki taom soat 21.00 ga qadar hazm qilinadi. 21.00 da hazm to’xtaydi. Undan song yeyilgan emaklar saharga qadar me’dada chiriydi. Quyoshni yozda erta chiqib kech botishi va qishda kech chiqib, erta botishi orasida ko`p emas 1-1,5 soat farq qiladi. Shuning uchun Ramazon yoz fasliga to`ri kelsa saxarlikda qorin to’ydirilmaydi, faqat iftor qilinadi.
Iftorlik va saharlik orasida juda kam vaqt borligi uchun iftorda yeyilgan taom sahargacha hazm bo`lmaydi. Shuning uchun saharlikda nimadir tanavul qilgandan ko’ra suyuqlik ichish sog`liq uchun yanayam foydalidir. Ammo iftorni suv va xurmo bilan qilsangiz saxarlikda to’yimli taom eyishingiz mumkin. Arabistondagi musulmonlar shunday qiladilar. Ular iftorda juda kam eb, saharlikda palovga oxshash taom tanavul qiladilar. Biroq bunday xolda saharlikdan keyin yotib dam olinmaydi. Agar saxarlikdan so`ng yotsangiz butun kun davomida lohas bo’lasiz,me’dangiz ham buziladi.
Ochiqmasdan taom yemoqqa bir misol keltirilsa,eng ko’p xastalanadigan insonlar- oshpazlardir. Chunki ular o’zlari pishiradigan barcha taomlardan totib ko`radilar. Bunday xastalar oldimga shifo izlab kelganlarida eng avval taomlarni tatib ko`rishni man qilaman. Taomlarni totib ko`raversangiz qanchalik salomat bo`lsangiz ham sog`lig`ingizga putur yetadi.
Chunki bu xolatda hazm doimo buzilgan bo`ladi. Hazm buzuq bo`lsa barcha taomlar chiqindiga, chiqindi qoldiqlari birikib kasallikka aylanadi. Nonushta, tushlik va kechki ovqatda nima yesangiz ham bir qoshiq qoldirib qozon qopg’ini yoping. Saxar uyg`ongach qopqoqni oching. O`sha bir qoshiq ovqat nimaga aylangan bo`lsa me`dangizda ham ayni xolat kuzatiladi.
XOM TAOM QUVVATI
Barcha savollarga javob berish uchun Odam Alayhisalom zamoniga qaytamiz. Odam Alayhisalom dunyoda va jannatda qanday yashadi? Taomni pishirdimi? Yo`q, pishirmadi. Jannatda pishirilgan xolda faqat go`sht bilan siylanadi. Go`shtdan bo`lak pishirilgan hech qanday taom berilmaydi. Qur`oni Karimda faqat go`sht va meva haqida bayon etilgan.
Barcha meva va sabzavotlar fermetlarga juda boydir. Eng muhimi ham shu- taomning quvvatidir. Meva va sabzavotlar mo’l miqdorda quyosh quvvatini to`playdi. Ular o`zlarida yiqqan quyosh quvvatini bizga beminnat hadya etadi. Bu quvvat og`izdan akapunktur nuqtalarga ayriladi. Bu yuzdan og`iz bo`shlig`imizning sog`lom bo`lishi muhimdir. Har bir tishning pastki qismida ikki dona akapunktur nuqta mavjud. Biz meva yoki sabzavotni chaynaganimizda uning quvvati to`g`ri akapunktur nuqtalarimizdan quvvat kanallarimizga quyiladi. Shuning uchun taom genetik mutaciyaga uchramagan bo’lsa xom xolda tanavul qilganimiz ma`quldir .
Suvning sifati sog`ligimizga bevosita ta`sir qiladi
Inson vujudining 62-70% suvdan iboratdir. Tanamizdagi suv sifati qanday bo`lsa salomatligimiz darajadsi ham shunday bo`ladi. Suv sifati sog`ligimizga bog`liq. Xarom luqmadan vujudimizdagi suv qanday aynisa, ichajak sifatsiz suvimizdan ham hujayralarga shunchalik zarar yetar.
Men tahorat olishimdan avval suvni hidlab ko`raman. Agar xlor hidini sezsam, ichimlik suvida tahorat olaman. Agar tahorat uchun olingan suvning ta`mi va hidini sezmasangiz siz aybdor emassiz. Payg`ambarimiz Muhammad (sav) tahorat olgan suvini ichardilar. Ammo xozir bu musluk ssuvi ichilmas va undan tahorat ham olinmas. Shu sabab tahoratni ichishga mo`ljallangan suvda olmog`ingiz, og`izni ham unda chaymog`ingiz maqbuldir.
Og`iz bo`shlig`i dushmanlari: tish pastalari
Tish pastasi ishlatish mumkin emas.
Sababi tish pastasi tahoratni ham, og`iz bo`shligidagi ilk hazmni ham buzadi.
Bu qanday ro`y beradi?
Tish pastasi tarkibida salomatligimiz uchun o`ta zararli, qo`rqinchli qo`shimchalar bor. Bu qoshimchalardan bittasi Titan dioksiddir, So`ngra Aspartam va tish pastasida qadoqlangan ftalatlardir. Bugunning uchta eng qo`rqinchli moddalari tish pastasida mavjuddir. Tish pastasida faqatgina Titan dioksidning bo`lishinig o`zi ham zararlidir.
Og`iz bo`shlig`i ayri bir dunyo, ayri bir hayot bo`lgasidir. Bu hududda turli- tuman mavjudotlar yashaydi va ularning har biri og`iz bo`shlig`i salomatligi uchun muhim vazifalarni bajaradi. Me`yorda ogiz bo’shlig`ida hazmga yordam berguvchi: tishlar salomatligiga mas’ul, og`iz bo`shlig`i shilliq qavati sog`lomligiga javobgar, tupuk bezlarini tozalovchi va bezlar faoliyatiga yordam beruvchi 300 ga yaqin mikrob bor. Balki xali o`rganilmagan va fanga noma`lum mikroblar ham bordir. Tish pastasi barcha foydali mikroblarni o`ldiradi. Foydali mikroblar o`ldirilsa ularning o`rnini begona mikroblar egallaydi va tabiiyki og`iz salomatligiga ziyon yetadi.
Tish va jag` suyaklari chiriydi, shilliq qavati yallig`lanadi, tupuk tarkibi o`zgaradi va hazm og`iz bo`shlig`idan boshlab buziladi.
Og`zimizga solingan luqma chaynalgandan so`ng me`daga yuboriladi. Me’da sog’ligi ham og`iz salomatligi kabi juda muhimdir. Shuning uchun me`daga sintetik qo`shimchalar tushmasligi kerak. Avval aytganimizdek sintetik qo`shimchalar, sintetik yog`lar kabi hazm bo`lmaydi va me`dada ko`p vaqt qolib ketib uning to`qimalariga zarar yetkazadi. U xolda me`daning shilliq qavatiga ham zaxalanib, mushaklar ham zayiflashadi. Me`daning yalig`lanishi, yarasi va saratoni ham shundan kelib chiqadi.
Tozalash va pardoz vositalaridagi xavf
Qon kirlanishi oqibatida qon bilan bog`liq juda ko`p muammolar kelib chiqishi xaqida aytib o`tgan edik. Chunki qon barcha moddalarni organizmda tashuvchi transport vazifasini bajaradi. Masalan ayollar kir yuvish vositalarini ishlatganda uning tarkibidagi kimyoviy moddalar teri orqali qonga aralashadi (hidi burun orqali) butun to`imalarni zararlab ularda salbiy o`zgarishlar sodir etadi va suyak iligiga qadar singadi. Faqat kir yuvisg vositalarigina emas, shampun, soch bo`yog`i va boshqa pardoz vositalarining ham shunday ta`siri bor.
Ayniqsa shampun aynan kir yuvish kukuni kabidir.
Turli- tuman kimyoviy soch bo`yoqlari esa alohida mavzu. Liqildoq va ensa chuquri doimo ochiq, ular hech qachon yopilmaydi. Ensa chuquri va liqildoqni qoplagan to’qimalar orqali ichkariga kirgan kimyoviy moddalar to`g`ri miya tomirlariga boradi. Socch bo`yog`i qo`rqinchli zahar, chunki uning tarkibida eng oz 19 ta kancerogen moda bor.
Turkiyada deyarli barcha ayollar malla soch bo`lishni orzu qilishadi va sariq bo`yoq dan avval sochlarini “Perekis vodorod”i bilan oqartirishadi. Oziga rahmi kelmagan ayollargina bu yo`l bilan go`zal bo`lishi mumkin. Keling oqartiruvchi vositalar miyaga qanday ta`sir etishini kichik bir tajribada ko`raylik. Tiniq suvga bir siqim xlor tashlasangiz tabni xira qilguvchi loyqa xosil bo’ladi. Endi xuddi shu xolatni kalla suyagi ichida tasavvur qilavering. Vodorod peroksid har bir to`qima ichiga kirib boradi.
Imtihon. Bizlar imtihondamiz
Moida surasining 60- oyatida Alloh taollo shunday deydi: Alloh nazdida byndan ham yomonroq jazo to`risida sizlarni xabardor qilaymi? Alloh la`natlagan, uning g`azabini keltirgan, ulardan maymun va to`ng`izlarga aylantirgan hamda shaytonga ibodat qilganlar uchun beriladigan jazodir. Ana o`shalarning makoni yomon va to`g`ri yo`ldan adashgan kimsalardir.
Alloh bu oyatda musulmonlar haqida ham bahs etyapti. Bu oyat biz uchun ham ta`luqli, faqat yahudiy va nasroniylar uchungina emas.
Alloh yahudiylarni la`natladi, chunki ular Allohga hiyonat etdilar. Shuning uchun Iblis va yahudiylar Yratganning g`azabi va la`natiga uchragan maxluqdirlar. “Men massonman va shaytonga sajda qilaman” degan odam shayton yo`lini tanlagandir.
Nasroniyla uchun bugun Allohni tanishga imkonlari bordir. Chunki Qur`oni Karim va Payg`ambarimiz (sav) ning hadislari bordir. Ammo ular “Biz nasroniymiz va Muhammadni qabul etmaymiz” dedilar. Ular Muhammad (sav) ni tan olmadilar va kofir bo`ldilar.
Ammo bu imtihon bizning ham imtihonimizdir. Bizlar “La illaha illalah” deymiz. Har kun 40 marta “Iyyake nabudu va iyyake nastayin” deb takrorlaymiz. Ammo aytganlarimizga amal qilamizmi? Alloh ham yolg`onchi bo`lganlarimizni yol`on ichidan topib to`ng`iz va maymunga aylantiradi.
Bugun bia sog`lom va bahtli bo`lish uchun Alloh va Payg`ambarimiz (sav) yo`llarini o`rganyapmiz . Boshqa bir yo`l yo`q va hech qachon bo`lmagan.
(Oydin Solih xonimning 2012- yil 12 –fevral sanasidagi
ma`ruzadidan yozib olganmiz)
3-DARS
Ovqatlanishni o`zgartirmay hech narssani o`zgartira olmaymiz
Bizning tadovimizda eng muhimi to`gri ovqatlanishdir. Chunki butun xastaliklarning (95-97%) sababi mubolag`asiz notog`ri ovqatlanishimizdandir. O`zingizni juda yaxshi his etasiz , ammo ovqatlanish racioningiz buzilgan zamon darrov kasallaanasiz. Bu, yaratilishimizning eng muhim qonunlaridan biridir va biz buni inkor eta olmaymiz. Yedigimiz har bir luqmadan Allohning zikri xosil bo`ladi.
Xozir “Psoriaz( qipili temiratki) darxol yo`q bo`ladi” degan reklamalar to`lib ketgan. Xolbuki bunday bo`lishinig o`zi imkonsizdir. Birgina muolaja bilan kasallikni butunlay davolab bo`lmaydi.
Bir bemor menga “Ankiloz spondilit” tashhisi bilan kelib dardini bayon etdi. Uni ko`zdan kechirganimda buyraklarida muammo borligini angladim. Keling o`rtamizdagi savol-javobga quloq tuting:
-Siz Ankiloz spondilit (Behtetrev yoki xalq tilida “Bambukli umurtqa” –surunkali autoimmu kasallik bo`lib, umurtqa pog`onasining yalig`lanishi, unga qoshni to`qimalar va periferik bo`g`imlarning zararlanishi bilan kechadi) ga chalinishingizdan avval ko`p terlarmidingiz?
-Xa, ko’p terlardim.
– Qanday chora ko’rdingiz?
– Davolandim, terlamam butunlay tugadi.
-So`ngra ekzema (atopik dermatit, terining qurushqoqligi) paydo bo`ldia?
-Xa. Men ekzemaga darxol kortizonli (gormon)surtma surdim. Ammo keyin psoriaz paydo bo`ldi.
Men undan Psoriazga qanday dorilar qabul qilganini bilgim keldi.
– Psoriaz o`ta qichib rohatimni yo`qotgach kortizonli surtma va maxsus dori ichdim. Ammo pssoriazdan qutulganimdan so`ng ko`rib turganingizdek bu dardga chalindim. Shifokorlar “Ankiloz spondilit” deb tashhis qo`yishdi…
Shunday bo`lishi muqarrar edi. Uning shuncha dard chekishining bittagina sababchisi – notog`ri ovqatlanishi edi.U turli dorilarni pala-partish qo`lladiyu, nimalar yeyayotganiga e`tibor bermagan.
Unda hazm buzilgan, yegan taomlari me’dada chiqindiga aylangan. Sog`lom odamda chirindilar ichaklar va buyraklar orqali tashqariga chiqadi. Ammo unda buyraklar faoliyati buzililgani sabab peshob tarkibida tashqariga chiqmagan . Vujudida yig`ilib birikintilar xosil qilgan, immun tizim imkoniyatlari bittgach teri orqali tashqariga yo`l topgan. Qichima(Ekzema), bod(revmatizm), psoriaz(qipiqli temiratki), vitiligo( pes) kabi kasalliklar ana shunday paydo bo`ladi. Notog`ri ovqatlanish ba`zan o`pka va jigar xastaliklariga ham sabab bo`ladi. Teri kasalliklarining deyarli barchasi istisnosiz ichaklar va buyraklar faoliyatining buzilishidandir. Ammo ko`proq buyraklar bilan bog`liq.
Sintetik kortizon va insulin qaramligi
Sintetik kortizonni qabul qiladigan bemorlar unga jismonan qaram bo`lib qoladi. Chunki vujud tabiiy kortizon (buyrak usti bezi gormoni) ishlab chiqarishni ozaytiradi. Kortizon tanamizda kechuvchi barcha jarayonlarda, moddalar almashinuvida faol ishtirok etishini xisobga olsak xuddi giyohvandlik kabi ruhiy qaramlik ham paydo bo`ladi. Bu qaramlikni to`xtatish juda qiyin.
Men shunday bemorlarga sintetik kortizon qabul qilishni darxol ta`qiqlayman. Ular o`zlarini yomon xis qilishadi, ammo aslida zarar emas foyda topadilar.Chunki xavfli va qo`rqinchli bir allergenni qabul qilishni to`xtatgan bo`lishadi. Shundan so`ng buyrak usti bezi yana tabiiy kortizon ishlab chiqarishni boshlaydi. Dorini darxol to`xtatganda buyrak usti bezlari birdaniga ishga kirishmaydi. Shuning uchun bemor o`zini yomon xis qiladi. Biroq bu tabiiy xoaltdir. Suniy kortizon birdan to`xtatilganda buyrak usti bezlari juda tez ishlashga tushadi. Ammo bu ham foydalidir.
Insulinga qaramlik ham xuddi shundaydir. Agar oshqozon osti bezi ham buyrak usti bezlari kabi yalqovlanmasa, turli kasalliklar tufayli faoliyati buzilmasa tarkibida insulin bor garmon ishlab chiqaradi. Aksi bo`lsa bemorlar suniy insulin qabul qilishni boshlaydilar va unga qaram bo`lib qoladilar. Agar suniy insulin dorisini to`xtatsak oshqozon osti bezi ham o`z faoliyatini tiklay oladi. Faqat tanballar va tadovimizga jiddiy qaramagan bemorlargina bizga ishonmadilar va insulin qabul qilishni to`xtatmadialr. Ammo shunday irodali insonlar ham bo`ldiki 10-12 yil qabul qilgan insulindan voz kechishdi. To`g`ri, bu juda qiyin. Chunki oshqozon osti bezi nozik a`zo. Eng yomoni oshqozon osti bezisiz yashashdir.
Davomi bor



Концептуалист рассом Вячеслав Ахунов Венецияда ўз кўргазмасини очди
Таниқли рассом Исфандиёр Ҳайдар оламдан ўтди
УРУШ — ЧАЛҒИТИШ ВОСИТАСИМИ?
Каримберди Тўрамуроднинг “Триптих”и ҳақида
Вячеслав Ахунов: Ўзлик қандай ўзгартирилмоқда?