O'zbekiston ERK Demokratik Partiyasi

OYDIN SOLIH: «SO`NGI SO`Z» (3)

OYDIN SOLIH: «SO`NGI SO`Z» (3)
544 views
12 February 2022 - 16:19

HALOL LUQMANING ZIKRI

“Eng avval  taomni  to`g`ri tanavul qilishni o`rgan, songra ma`rifatdan baxs et”

(Xalq maqoli)

Qadimgi  islomiy bitiklarda  ham   tanavulning  birinchi farzi:taomning qayerdan kelgani, uni  qanday tayyorlangani  va  tarkibida nimalar  borligini   o`rganish  bo`lgan. Ikkinchi  farzi esa taomga    “Bismilloh”   siz qo`l  urmaslikdir. Luqma  mutlaqo halol  bo`lishi joiz! Afsus xozir  taom tanavuli farzlari ham, halol bo`lishi ham bir qadar unutildi. Ulamolarimizning bir qismi ham bu xaqda unutdi. Bugungi kunda faqat daromadga  e`tibor beriladi. Ya`ni  daromad xalol bo`lsa yeyilajak taom ham halol deb qabul qilinadi.

Xolbuki  nafaqat  pul,  mol-dunyo balkim  unga  xarid qilinadgan  oziq-ovqat  ham halol bo`lishi kerak. Tarkibida   ifor  va boshqa   suniy  qo`shimchalar bo`lsa  yegulik  xarom xisoblanadi, chunki bu qo`shimchalar  taom emas.  Iste`mol   qilinmaydigan qo`shimchalar  oziq-ovqatga  aralashtirilsa luqma halol  bo`lmaydi.

Alloh taolo  En`am surasi  121- oyatda  halol va xaromni anglatar ekan  “Bismilloh”  siz tayorlangan  emakni yemaslaikni buyurgan. Chunki bu xaromdir. Bu  oyat  “Allohning ismi aytilmay kesilgan, yeyilmas ”  deya tarjima etildi.  Xolbuki u yerda  na “kesilgan”,  na  “go`sht”      so`zlari  bor. Aslida  oyatda  “ Ustiga  Alloh ismi  bitilmagani    yeyilmas ”      deyilmoqda.  Avvallari  bu oyat  “ Ustiga  Alloh ismi  bitilmagani  yeyilmas” deb  shunga amal qilinsa,  xozir  faqat “So`yilgan  hayvon go`shti” ga  nisbatan tushunilmoqda.

Hazrati Muhammad(sav) deydiki: Kimki og`ziga harom bir luqma olsa  duosi 40   kun ijobat bo`lmaydi.

Bir luqma  to`rt  bosqichli   xazm jarayonidan   o`tadi.

  • xazm:  og`iz, oshqozon, ichaklardadir.Birinchi  hazm  ichaklarda tugaydi.  Bu yerda  mayda bo`laklarga parchalangan  taom  ichak devoridagi  mayda  teshikchalar orqali   qonga   so`riladi.   Songra  butun qon  ichaklardan  to`planib jigarga    Jigarda  2-  hazm  boshlanadi.  Bu yerda  taom  yanayam kichik  zarralarga parchalanib  gormonlar, prototeyin, enzimlar xosil bo`lib yana qonga   so`riladi. Qonda hazmning   3- eng  muhim jarayoni   kechadi  va   ozuqa moddalar hujayralarga yetkaziladi.  Gormonlar  qon tarkibidagi    ovqat  zarrachalariga   yopishadi va   uni   hujayralarga olib boradi. Hujayra bu zarrachadan proteyin ishlab chiqaradi.  Eng muhim   energiya  yoqilg`isi  bo`lgan glyukoza mitohondriyaga  keladi va mitohpndriyalarda glyukozadan energiya  ishlab chiqariladi.

MITOXONDRIYALARDA  XOSIL  BO`LADIGAN  QUVVAT  NIMA?

Har bir jism parchalana parchalana neytrinolarga aylanadi. Neytrinolar sifati farqlidir. Yadro  atrofidagi elektronlarning  fe`l atvori  ham o`zgacha. Bu   quvvatga  nom berilmasdan va  sifatlari  yaxshi  o`rganilmasdan nima ekanligini tushuna olmaymiz.   Biologlar har bir hujayra ichida topilgan  mitoxondriyalar     200  turdan  dan ortiq  quvvat ishlab chiqarishini  ta`kidlashadi. Biz ularni elektrostanciyalar bilan qiyoslashimiz mumkin.

Bu quvvat  Allohning ismlarini zikr etadi.  Ayni zamonda  bu  Allohning  ismlari  zikr etilganda   paydo bo`lgan quvvvatiga o`xshaydi. Allohning ismi  zikr etilganida ovoz chiqarib quvvat paydo bo`ladi.  Bu  quvvat  koinot bilan  qorishib, koinotni quvvatlantiradi.

Og`zimizga tushgan har bir luqmadan xosil bo`ladigan quvvat ham  Allohning ismi  bilan paydo bo`lgan quvvatga  o`xshaydi. Chunki halol luqmaning butun atomlari, zarrachalari  ham  Yaratganni  madh ettadi.

Bu juda muhim.  Halol va xarom taomning  zikri bir -biridan  farqlidir.  Payg`ambarimiz Muhammad  (sav) deydilarki: Yer yuzida  Alloh, Alloh  deguvchi bor  ekan  qiyomat  ko`pmaz!.  Mo`min  – butun hujayralari bilan Alloh demakdir. Shu sabab    bir dona    mo`min  qolsada   ohir zamon  bo`lmaydi,  dunyo  vayron  bo`lmaydi.

Savol: Har bir  jismdan (jonli, jonsiz) taraladigan ma`lum  bir   to`lqinlar  bor. Har bir to`lqin   saslidir. Zikr   balki shu  to`lqinlardir?

Javob: Badan va jasad orasida qanchalik farq bo`lsa  to`lqin va  zikr i ham shu qadar  farqlidir. Jasadga ruh  puflansa  jonli   badan  bo`ladi. Alloh  jonni olsa jasadga aylanadi.  Sh  sabab jismdan taraladigan  oddiy to`lqin va  zikrni taqqoslab bo`lmaydi.

 TANAVVULI   QOIDALARI 

Birinchi  qoida:  xarom aralashmagan halol va pok taom  emakdir. Halol luqma yeydiganlar  xasta bo`lmaydi. Musulmon     nasibasiga  diqqatli bo`lsa   bundan unga aslo zarar yetmatdi.     Halol  luqmadan xosil bo`lgam quvvat  Allohni  zikr etadi.  Allohni zikr etgan quvvat zotan tanadagi barcha dardlardan xalos qiladi. Xarom ozuqa esa hamisha  kasalliklarga sabab bo`ladi, zikrni   buzadi.    Zikr buzilgach  tanamizdagi barcha tizimlarning     axvoli  og`irlashadi.

Xarom luqmaning  salbiy ta`sir  juda ko`p.  O`giz bo`shlig`idan tortib taom bosib o`tajak  yo`lda  bu ta`sir  ortsa ortadiki aslo kamaymaydi. Og`iz,  me`da, ichak, jigar, qon, hujayralarga qadar  xaromning  salbiy  ta`sirini tanamiz, ruhimiz   his etadi. Immun tizimimiz  butun imkonyatlarini  ishga solib, zo`riqib    vujudimizni    tozalashga  xarakat  qiladi.

Alloh Baqara surasi 173- oyatda  shunday deydi:  Majbur bo`lgandagina,  chegaradan   oshmay  harom  taomdan  tanavul qilisi  mumkin.   Ammo  yaxshi ko`rib  va ishtaha bilan emas, Allohdan hayo qilib,  uzr  so`rab  yeyish lozim. Agar taom pok bo`lmasa eng kam miqdordan ham kami yeyiladi. Bu xolda immunitet tizimi  taomni 1-2-3  hazmda imkon qadar  tozalaydi.

Payg`ambarimiz Muhammad (sav)  davrida  bir hakim  kelib musulmonlar orasida ikki yil qoladi  va  shu yillar mobaynida birorta odamning kasal bo`lganini ko`rmaydi. Chunki mo`min kasallikka chalinmaydi.  Faqat ruh bir martabadan ikkinchi martabaga  yuksalayotganda  ozroq  xastalanadi. Ammo  bu  dardlar  Payg`ambarlar  xastaliklari kabidir.

Masalan Ayyub Alayhi salomning  kasalligi  ruhiy  edi. O`zi  bundan xabardor, shuning uchun judayam sabrli edi. Duchor bo`lgan  xastaligi  bilan  ham  ulug`  marhamatlar  qozondi.

Tanavulning  2- qoidasi: Ko`p yemaslikdir. Inson toza taom esada  ortiqchasini hazm eta olmaydi.  Chunki me`daning ham, jigar,  yurakning ham imkoniyatlari chegarasiz emas.  Me`da   qon guruhlariga ko`ra  farqli miqdorda  me`da suvi  ishlab chiqaradi. Biz me`damiz ajratadigan suv miqdiriga qarab  ovqatlanamiz. Imkonidan ortiq  yeyilgan taom hazm  bo`lmaydi. Taom atala yoki  qaymoq   xoliga  kelmaguncha  me`dani tark etmaydi.  Ammo   qo`shimcha moddalar  va  sintetik yog`lar   bu xolga kela olmaydi. Gidrolizlangan yog`lar  va margarin  meda xaroratida  qo`shimcha moddalar blan  qo`shilib plastikka  aylanadi va me`dani qiynab,   bazo`r tark etadi.  Hazm etilmagaan  ozuqa butkul  sog`lom insonlar va bolalar  vujudidan  yo`l topib    chiqib ketadi.  Eng maqbul   va qulay usuli ichaklar orqali chiqarish    yohud qusib   tashlash.  Go`daklar  qon guruhidan qat`iy   nazar ortiqcha emgan sutini qayt qilib  tashlaydilar. Me`yoridan ortiq
bir qultum sutni  ham  qabul qilishmaydi. Ayniqsa  chillasi chiqmagan go`daklarda  shunday,  chunki ular qirq kunga qadar pardalangan  bo`ladilar. Ammo buni tushunmagan onalar  shifokorlarga murojaaat qilishadi. Doktorlar    “ bolangiz   reflyuks (me`dadagi taomning qizilo`ngachga  qaytib chiqishi)  bo`libdi  uni  konservativ yoki operativ davolash  kerak”  deb qo`rqitishadi. Keyin ham bu xolat shunday davom etadi.

Agar  ortiqcha  taom  tashlamasa     ichketar  bo`ladi. Ichketar hazm bo`lmagan  ovqatdan  qutulishning eng qisqa va  eng maqbul yo`lidir.   Ilk  40  kundan so`ng bu sezgilar  asta kamaya boshlaydi,   jararayon 17-20  yil  davom etadi.  , Qayt  qilish, ich ketish  to`xtaydi.

Bu vaqtga kelib  hazm  bo`lmagan taom  oshqozonda chiriy boshlaydi.   Chirigan taomning sifati xarom luqma kabidir. Chunki  taom hazm bo`lsa gaz va   hid paydo  qilmay kimyoviy   parchalanadi.  Chirigan taomdan  esa  ma`lum bir vaqt   ko`lansa hid va  gaz  ajralib turadi. Bu gaz qonni  zaharlaydi. Taom chirindilari esa  tanamizdagi boshqa moddalar bilan birikmalar xosil qiladi.  Bu  birikmalar  organizm imkoniyatlariga qarab yig`iladi.  Bu yig`indilar vujudimizga muaxxaq  zararlidir. Buni ko`chalardagi  to`lib  toshgan  ahlat  qutilarga,  oshxonamizning bir chetida  to`kilishi  unutilgan   chiqindi  chelakka   qiyoslashimiz mumkin. Endi vujudimizdagi xolatni bir tasavvur qiling.   Me`damizdagi    chiqindilar  ustiga  yana  ortiqcha taom tushsa u  tutab,  yonishni boshlaydi  va  qo`lansa gaz  bilan  atrofidagi  barcha  to`qimalarni ,  boshqa a`zolarni ham zaharlay boshlaydi.

Bir kuni  chiqindi tashlash taqiqlangan joyda o`ta  sovuq bir  yozuvga  ko`zim tushdi. Unda “Kim bu yerga axlat to`ksa  saratonga  chalinsin”  degan yozuvga ko`zim tushdi. Avvaliga jaxlim chiqdi, chunki niyat  o`ta  sovuq  edi.   Keyin  ozim ham  fikrlab ko`rdim.  Darxaqiqat  bu yerga to`kilgan  chiqindi yaqin atrofda yashovchi odamlarni  zararlaydi. Xatto xavfli shish – saratonni ham  keltirib chiqarishi  mumkinku!  Nima uchun  chiqindi tashlab ketgan  odam bu xaqda o`ylamaydi.   Xov nariroqda o`ynab yurgan bolajonlarning, o`rindiqlarda o`tirgan keksalarimizning sog`ligichi?  Axlatdan  eng ko`p aziyat chekadigan tabiatning gunohi nima?!

Shundan so`ng o`zim ham  har yerga chiqindi tashlaydigan, yashnab turgan daraxtlarni  kesadigan    odamlarni la`natlaydigan  bo`ldim.  Bunday    xolatlarga  befarq bo`lish jinoyatdir!

Turkiyaga ilk kelganimizdayoq  farzandlarimga  shunday dedim:  Agar  siz shu tuproqqa nimadir  tashlasangiz aslo xaqqimni halol etmayman!  Eng avvalo  tuproq, suv, havo   bulg`anmasligi  shart!    Chunki biz dunyo uchun nima qilsak, o`zimizga xuddi shu tarzda qaytadi.

ARALASH TAOMLARNING ZARARI

Tanavulning yana bir qoidasi- aralash emaslikdir. Taomlar  qanchalik oz  aralashtirilsa  hazm shunchalik yengil, oson bo`ladi.

Siz ko`z o`ngingizga    bir   fabrikani keltiring. U yerda bir hil, ammo  bozori chaqqon   maxsulot ishlab chiqariladi chunki   fabrikaga keladigan  xom- ashyo sifatli  . Ammo  tadbirkor    shu  yerda   boshqa   narsalar    ishlab chiqarrishni  ham    xoxlab qolsachi. Mebel  fabrikasi xududida qandolatpazlik   yo`lga  qo`yilsa nima bo`ladi?   Un, shakar, yog`och, bo`yoqlar  hammasi bir darvozadan kiradimi? Tayyor maxsulot  sifatichi?

Vujudimizga  kirajak aralash taomlar ham  xuddi shunday.  Hazm bo`lmaydi. Chunki har bir  ne`mat uchun alohida  enzim va garmonlar  kerak. Garmonlar aralashsa  kimyoviy  tasirlanadi. Bundan  farqli  qorishmalar paydo bo`ladi va hazmni  og`irlashtiradi. Ovqat hazm bo`lmasa    cho`kmalar  paydo   bo`ladi.    Bundan  chiqqan  gaz, chirindi va  boshqa    moddalar   qonni buzadi,  to`qimalarni  zaxarlaydi   va   oqibatda  turli kasalliklar  paydo bo`ladi.

Kasallik bu-  hazm  buzilishi oqibatida yig`ilgan chirindi moddalardan paydo bo`lgan    birikmalarning  organizmda yig`ilishidir.   Buni yaxshi  anglashimiz,  bilishimiz  kerak.  Birikmalar  qayerda  to`plansa  o`sha yerda  dard maydonga  chiqadi. Masalan  birikmalar  ichakda bo`lsa  u yerda  qurtlar va parazitlar paydo bo`ladi. Ichaklar toza bo`lsa  qurt va parazitlarnibng yerlashishi va   yashab ketishi  imkonsizdir. Ichaklarning  ichki devorida xuddi  kanalizaciya quvuridagi kabi   chiqindi birikmalarni tasavvur qiling.

Ichaklardagi  chirindi birikmalarini  jigarni tozalash amaliyotida  ko`rishimiz mumkin.

Ichaklaringiz toza bo`lmasa   sog`lom bo`la olmaysiz.  Chiqindi birikmalar nafaqat  parazitar kasalliklarga balki qabziyatga ham sabab bo`ladi va qonni zaxarlaydi.  Agar  ular  jigarda bo`lsa  Gepatitning A,B,C turini    yohud  aralash gepatitlarni keltirib chiqaradi.   Xronik, toksik yoki virusli gepatitlar paydo bo`ladi.

Qon   ifloslanaversa  u  butun vujudimizda  u bilan  bog`liq   muammolardan qochib bo`lmaydi. Chunki  qon       kerakli moddalarni  tana a`zolariga  tashuvchi transportdir.  Bugun 2  yoshlik bolalarning  qon tomirlarida ham   tiqinlar  xosil  bo`lyapti. U  bilan bog`liq kasalliklar ham  ko`paydi.  Nima uchun  murgak  bolalarda   keksa insonlarga  xos  skleroz kuzatilyapti? Skleroz    birikmalardan xosil bo`lgan  tiqinlar  tufayli qon tomirining  torayishidir.

Agar  onalar quchog`idai   go`daklariga  ko`krak  suti o`rniga   qadoqlangan sut, pechenye va boshqa  hazmi  og`ir  ozuqalar  berishni to`xtatishmasa bu katta falokatdir!   Ortiq  ular  bola emas, vujudi  chiqindiga to`la, iimun tizimi zaif keksalardir. Agar onalar luqmasiga  xarom aralashtirishsa, hazm bo`lmaydigan  qo`shimchalari bor  taomlarni tanavul qilishsa  ularning  suti ham buziladi, halol bo`lmaydi.

Eng yomoni ham  suniy  qo`shimchali taomlardir. Chunki  ular  aslo hazim bo`lmaydi va yuqorida aytganimizdek  vujudni zaxarlaydi. Gidrolizlangan yog`da tayyorlagan  ovqatingizni tanavulga yaroqsiz deb xisoblayvering. Bu taomni   halol  deb ham bo`lmaydi, tabiiyki xaromdir.

Qo`shimcha moddalar  taomimizni  ta`mi , hidini ham  o`zgartirdi.

Bugun Turkiya   qandolatxonalarida  Alba” yog`ini  ishlatishadi. Buni  yog`, yoki yog` emasligini kimsa bilmas. Katta kemalarda  Yevropadan olib kelishib  tort, kurab`e,  muzqaymoqlarga  qo`shishadi.

Sog`igidan shikoyati  bor  bir oila  menga  davolanish uchun   murojaat  qildi.  Eng  kichik  farzand  5  yoshda  ekan.  Butun oilada  PZL(past  zichlikdagi lipoproteid  ) va yomon   xolesterin  juda  yuqori  edi.    PZl  faqat kichkintoyda   tekshirilmagan ekan. Men    ulardan  “Siz muzqaymoq eb turasizmi?”     deb so`radim.   “Xa, har kuni bir  porciyadan tanavul qilamiz” degan javob oldim.  “U xolda  kichkintoyingizda   ham PZL tekshiruvini o`tkazing.  Chunki katta ehtimol bilan unda ham bu xavf  ko`rsatkichi  yuqori chiqadi  ” dedim.

Aslida bu yoshdagi  farzandlarimizda  xolesterin yuqori bo`lishi mumkin emas.  Ammo    kunda  muzqaymoq yeydigan  bolalar  bundan mustasno. Chunki ular  xozir haqiqiy muzqaymoq emas,   plastik qo`shilgan   zararli  sovuq  shirinlikni iste`mol qilishyapti. Hech randalangan vaa  rang berilgan  plastikli muzqaymoqni tasavvur qilasizmi? Aqlingizga  sig`maydi-a?  Ammo  foyda ketidan  quvayotgan va me`dada  plastikka  aylanishi muqarrar  suniy yog`larni  shirinliklar tarkibiga  qo`shayotgan  tadbirkorlar  buni juda yaxshi  bilishadi.

Sog`liq uchun eng zararlisi   yog`laddir. Jigarni tozalash amaliyotini boshidan kechirgan  bemorlar  ichlaridan chiqqan plastikli atalani ko`rib qo`rqib ketishgan. U  mebelning ichidan chiqqan shimgichga  o`xshaydi. Jigarni tozalaganda chiqqan va  shimdirgichga o`xshash  osha uzun qisqa  bo`lakchalar  biz eyayotgan margarin, arzon  sunyiy qo`shimchali  saryog`lardir. Eng qo`rqinchlisi  bu yog`lar  qon tomirlarda ham  bo`lishidir.   Margarinli tiqinlar( tromblar) eng qattiq, erishi qiyin  tiqinlardir. Ulardan oson qutula olmaysiz.  Tibbiy  zuluklar  ham ularni erita olmaydi, faqat  jarroxlik amaliyotigina umid  bor.

TANAVULDA  TARTIBGA ETIBOR  BERING

Taomlanmoq qoidalari  xaqida  suhbatlashgan edik,  tanavulda tartibga e`tibor berish ham juda muhim. Eng avval  suv yoki  biror salqin  ichimlik ichish  kerak. Ammo bu  yerda nozik bir jihatga e`tibor  shart.  Oddiy  suv tarkibida  ozuqa  yo`q. Ammo suvning ichiga nimadir solsangiz (kompot, sharbat) uni hazm qilishga  vaqt kerak bo`ladi.  Suv ichidagi  ne`matlar  ozgina bo`lsada  uni hazm qilmasdan asosiy taomga o`tish xatodir.

Xo`sh, suvni qachon ichishimiz   kerak?

Taomning  hidi dimog`ingizga urilgunga qadar  suv iching!

Taomning hushboyi  dimog`ingizga urilgani zamon  me`da unga mos  me`da  shirasi   ishlab chiqarishni boshlaydi,  hidga mos  ferment  ajraladi.

Burunda joylashgan kichik bir qurilma   hidni tutib uni limbik tizimga (lot. Limbus-hoshiya, visseral miya – bosh miyaning  anatomik va funkcional jixatdan yaqin bo`limlari majmuyi)  yetkazadi. Limbik  tizimda kerakli  hid   tahlil qilinib, tahlil natijalari  esa miyaning kerakli bo`limiga  uzatiladi.    Qaysi fermentni  qancha miqdirda  ishlab chiqarish xaqida   miyaga darxol ko`rsatma beriladi. Miya  ham  o`z navbatida  asab tolalari orqali   me`da  bezlariga   buyruq beradi.

Taom  isini his qildingizmi  suv ichishga xaqqingiz yo`q.  Chinki  suv  taom uchun ajratilgan meda  shirasini  parchalaydi, tarkibini buzadi. Suv fermentlarni suyultirib, ichakka oqizib yuboradi.   Taomning   hidini sezdingizmi,  darxol  uni   tanavul qilishni boshlang.  Ovqatdan so`ng bir necha qultum suv ichishingiz mumkin. Agar juda  suvsagan bo`lsangiz emakdan 1.5-2  soat  so`ng chanqog`ingizni qondirish uchungina suv iching.

Hazm tugagach (ovqatlangandan 5 soat  o`tgach) bemalol, xoxlaganingizcha   suv ichishingiz  mumkin. Chunki  hazm og`iz bo`shlig`idan boshlanib ichaklarda yakunlanguncha  besh soat vaqt  ketadi.  Oz  va yengil ovqatlangan bo`lsangiz 4 soatdan so`ng   suv, suyuqlik ichishing.

Agar kun davomida  meva, sabzavotlar  bilan yengil taomlansangiz  4 soatdan so`ng yana ovqatlanishingiz    mumkin. Ammo pishgan, hazmi og`ir taom iste`mol qilsangiz  5, eng yaxshisi  6-7  soat  o`tgachgina  dasturxon yozing.

Savol: Ro`zador  bo`lsak  ham  taom isi dimog`imizga  urilishi mumkin.  U xolda  nima qiliamiz?

Javob: U xolda  niyat qilingani  uchun  me`da  ochlikka tayyorlanadi  va  ishlamaydi. Limbik tizim  hidni taxlil qilmaydi,  miyaga  me`daga   ko`rsatma bermaydi,   fermentlar    ajralmaydi. Bunda  niyat  muhimdir .  Niyat qilmagan inson  ochlik bilan davolana olmaydi.  Niyatsiz  og`iz yopib sahardan  kechgacha  ro`za tutish  ham juda qiyin.

Agar taom  hidi  dimog`ingizga urilmagan bo`lsa istagan meva va sabzavot sharbatini  ichishingiz  undan song  taom yeyishingiz   ham mumkin.  Ammo eng yaxshisi  yarim soat  kutishdir. Ikkinchi taom o`laroq  dasturxoningizda  shirinlik yoki meva  bo`lsa  mevani tanlang.  Shirinlik va meva  baravar yeyilmaydi, chunki  bu fermentaciyaga (acchitqiga aylanadi)  sabab bo`ladi.  Shirinlik yoki  mevadan song  taom iste`mol qilish    mumkin, ammo  taomdan song  hech narsa yeyilmaydi.

Nonushtada  shirinlik bo`lsa eng avval uni yeng.  Masalan asal yoki murabbo bo`lsa  avval eyilmog`i darkor. Nonushtada   taom turi  oz bo`lgani ma`qul. Eng yaxshissi  bir hil  taomdir. Agar buni iloji bo`lmasa  bir-biriga to`g`ri keladigan ne`matlarni  tanlang. Masalan  pishloq va zaytun.  Pishloq va zaytunni   toza saryog` yoki  zaytun yog`i bilan yeyishingiz mumkin. Barra ko`katlarni  esa har qanday taom bilan  tanavvul qilishingizni tavsiya qilamiz.    Pishloq, zaytun, yog`(saryog`, zaytun yog`i) va go’sht bilan     barra ko’katlar  tanavvul  qilinsa  hazm osonlashadi, salomatlikka ham koni foydadir. Tuxumni  barra  ko’katlar, zaytun, saryog` yoki  zaytun yog`i bilan  yeyish kerak.  Tuxum yog’ bilan uyg`un keladi.  Taxin   shiinisi  esa    yong`oq  bilan  yeyilmas, chunki yong`oqning   o’zi judayam to’yimli  ne`matdir.  Tahin shinnisining o’zi ham   shu qadar to’yimliki  yonida boshqa  biror  ne`mat   xoxlamaydi, zotan u alohida bir taomdir. Tahin shinni uchun non va choy yetarlidir.  Dorivor  giyohli choy ham bo’lishi mumkin.

Eng maqbuli  yong`oqni   asal va pishloq bilan  tanavul qilishdir.   Findiq, xandon pista va Keshyu  yong`og`ining  ta`riflari turlicha ammo  hammasi  salomatlik uchun juda foydalidir.  Agar allergiyasi  bo`lmasa  farzandlaringizga  findiq (funduk) yong`og`ini  bering. Chunki uning mag`zi B1,B2, C va  E vitaminlari, akliy, temir,  kobalt, fosfor, kalciy va  ruh kabi mineral moddalarga  boy.      Findiq mag`zi ichidagi  yog`  miyani rivojlantiradi,  faoliyatini  yaxshilaydi. Zakiy  farzandlarni kamolga yetkazishimiz uchun   beminnat  yordamchidir.  Findiqda o`sayotgan organizm uchun har tomonlama  foydali   omega  yog`lariga ham boydir.  Xozir  ota-onalar  turli  farmaciya firmalari  ishlab chiqarayotgan   omega   yog`larini  sotib olishga va ularni bolalariga  dori qutisidagi ko`rsatmaga muvofiq ichirishga xarakat qilishadi. Go`yoki ular  qimatbaho  bu yog`lar  bilan   farzandlaring salomatligini mustaxkamlashga urinishadi. Nafaqat  bolalar, turli  xastaliklarga  chalingan o`rta va keksa yoshdagi insonlar ham reklamasi  o`ta ishonarli bu maxsulotni  imkon qadar sotib olib, iste`mol qilishadi.  Xolbuki  Omega yog`lari  ayricha ichilmaydi. Uchalasi birlikda va balli bir nisbatdaa bo’lmog`i  kerak.  Eng  ideal nisbat zaytun yog`idadir. Yanayam  go`zali  findiq tarkibidagi  yog`da. Ammo findiq yog`ini  emas o`zini tanavul  qilgan maqbuldir.  Xomilador  ayollar va  bolalarga findiq beravering. Chunki  ona qornidagi xomila  va  bolalarning    miyasi yaxshi   rivojlansa  qancha kasalliklar  oldi olinadi va aqli butun zurriyodlar  kamolga yetadi.

Barcha  quruq mevalar  ishlov berilmasdan, xom yeyilishi  kerak. Qobig`li (yong`oq, bodom, xandon  pista, findiq, yeryong`oq, pista,  o’rik mag`zi)  quruq mevalar  danagidan  olingach darxol iste’mol qilingani ma`qul.   Sababi bir necha kun avval chaqib olingan mag`izlarda enterotoksin xosil bo’ladi, Bu juda zaharli va xavfli toksindir.Yeyayotganingizdaa mutlaqo sezilmaydigan bu toksin  jigarda yig`ilib jigar va  oshqozon osti bezi saratonini  keltirib chiqadi.  Chaqilgan yong`oq      , mag`zida  o`zgarish bo`lsa (ko`rinishi, ta`mi, hidi buzilgan bo`lsa)   emang! Sog`lom yong`oq mag`zi buzilmaydi. Chaqilgan yon`oq har qancha  quritilgan va  sifati  buzilmagan bo`lsada  uch kundan so`ng  iste`molga yaroqsizdir.  Chunki uning  shifobahsh xususiyati  qolmaydi.  O`rta Osiyoda qadimdan  yong`oq qoyilgan dasturxonda  albatta qayroqtosh, yoki  yong`oq maydalagich turardi. Yoki yong`oq dasturxonga qo`yilishidan avval  mehmonga  qulay  bo`lishi uchun  bir oz avval  chala chaqib  qo`yilgan. Umuman olganda qobig`i bor  har qanday  quruq meva chaqilgandan so`ng  darxol  yeyilsa  o`zidagi barcha  shifobahsh  xuxusitalari  bizga   taqdim etadi.

ENG KATTA XASTALIK OCHIQMASDAN OVQATLANISHDIR

Ochiqmasdan yohud avvalgi taom  hazm bo’lmasdan  ovqatlanmoq  zararlidir. To`q qoringa yemak nima uchun xaromdir? Inson qo`q qoringa tanavul qilsa yoki  tarkibida taqiqlangan   qo`shimchalari  bor xarom  emakni  halol deya  qabul qilsa nima bo`ladi? Unday  taom hazm bo`lmay chirindiga aylanadi, uning  badbo`y hidi hujayralarga tarqaladi  va hujayralar Allohni  zikr  etmay qo`yadi.

Biz Istanbulga   1993- yilda  ilk marta  kelganimizda  Buyuk shaharda  judayam chiqindi  ko`p edi. Barcha ko`chalar,   Fotih maydonidan Kapalicharshigacha,  derazalariga qadar  axlat edi.  U yerlardan o’tmoq  mushkul,  badbo’y  hid, tabni   xira qilguvchi manzara ko`ngilni    bexuzur  etar va qo`rqinchli edi. Men doim  “Allohim bu ne  ko`rgulik?  Istanbul qanday tozalanadi” derdim. Ammo  tozalaganlar baraka topsin bir oy ichida  ozodalikni ta`minladilar.

Endi siz o`z vujudingizni  chiqindi to`la Istanbulga qiyoslab ko`ring. Agar  siz  ichingizdagi manzarani ko`rmoqchi bo`lsangiz  tozalanmagan, tartibsiz   ko`chalardan o`tib ko`ring. Yerga tashlangan  turli  yeguliklar, noozuqa chiqindilar va  boshqa  axlatlarga  nazar tashlang.  Shu ko`chaning  badbo`y  isidan  nafas oling.    Ariqlar ichida  yotgan plastik idishlar  va  ular tufayli xosil bo`lgan  tiqinlarga ham qarang!  Bizning qonimiz ham shu  ariqlardagi suv kabi  ifloslangandir

Eng  maqbuli  nonushta va kechki taomdir. Agar  sahar va  oqshom tanavul qilsangiz hech qanday muammosiz, mukammal  hazm bo’ladi.   Eng  go’zal nonushta  zamoni  7.00-9.00 orasidir. Eng quvvatli hazm soat 7.00 da bo’ladi. Soat 9.00 ga qadar  oz-ozdan hazm quvvati susayadi. Soat 13.00 da hazm takror qulaylashadi. Kechi ovqatni  17.00-19.00 orasida tanavul qiling. Soat  19.00 dan so’ng  taom yeyilmaydi. Kechki taom  soat  21.00 ga qadar  hazm qilinadi. 21.00 da hazm to’xtaydi.   Undan song  yeyilgan  emaklar  saharga qadar me’dada  chiriydi. Quyoshni  yozda erta  chiqib kech  botishi va  qishda  kech  chiqib, erta botishi orasida ko`p emas 1-1,5  soat  farq qiladi.  Shuning uchun Ramazon  yoz fasliga to`ri kelsa  saxarlikda qorin to’ydirilmaydi, faqat iftor qilinadi.

Iftorlik va saharlik orasida juda kam vaqt borligi uchun  iftorda yeyilgan taom sahargacha   hazm bo`lmaydi.  Shuning uchun saharlikda  nimadir tanavul qilgandan ko’ra  suyuqlik ichish sog`liq uchun yanayam  foydalidir. Ammo iftorni  suv va xurmo bilan  qilsangiz saxarlikda  to’yimli   taom eyishingiz mumkin. Arabistondagi musulmonlar  shunday qiladilar. Ular  iftorda  juda kam eb, saharlikda    palovga  oxshash taom       tanavul qiladilar. Biroq  bunday xolda  saharlikdan  keyin  yotib dam olinmaydi. Agar saxarlikdan so`ng yotsangiz butun kun davomida  lohas bo’lasiz,me’dangiz ham buziladi.

Ochiqmasdan taom yemoqqa bir  misol keltirilsa,eng  ko’p xastalanadigan insonlar- oshpazlardir.  Chunki ular o’zlari pishiradigan barcha taomlardan totib ko`radilar. Bunday xastalar oldimga shifo izlab kelganlarida eng avval taomlarni tatib ko`rishni  man qilaman. Taomlarni totib ko`raversangiz qanchalik salomat bo`lsangiz ham  sog`lig`ingizga putur yetadi.

Chunki bu xolatda hazm doimo buzilgan bo`ladi. Hazm buzuq bo`lsa barcha  taomlar chiqindiga, chiqindi qoldiqlari birikib kasallikka aylanadi.  Nonushta, tushlik va kechki ovqatda nima yesangiz ham bir qoshiq  qoldirib qozon qopg’ini yoping.  Saxar uyg`ongach  qopqoqni oching.  O`sha bir qoshiq  ovqat nimaga aylangan bo`lsa me`dangizda ham ayni xolat kuzatiladi.

XOM TAOM QUVVATI

Barcha savollarga javob berish uchun Odam Alayhisalom zamoniga qaytamiz.  Odam  Alayhisalom dunyoda va jannatda qanday yashadi? Taomni  pishirdimi? Yo`q, pishirmadi. Jannatda pishirilgan xolda faqat  go`sht  bilan siylanadi. Go`shtdan bo`lak  pishirilgan hech qanday  taom berilmaydi. Qur`oni Karimda  faqat go`sht va  meva haqida  bayon etilgan.

Barcha meva va sabzavotlar  fermetlarga juda boydir. Eng muhimi ham shu- taomning quvvatidir. Meva va sabzavotlar  mo’l miqdorda quyosh quvvatini  to`playdi.  Ular o`zlarida  yiqqan quyosh quvvatini bizga beminnat hadya etadi.   Bu quvvat og`izdan akapunktur nuqtalarga ayriladi.    Bu yuzdan  og`iz bo`shlig`imizning sog`lom bo`lishi  muhimdir. Har bir tishning pastki qismida ikki dona akapunktur  nuqta  mavjud. Biz meva yoki sabzavotni chaynaganimizda uning quvvati  to`g`ri  akapunktur nuqtalarimizdan quvvat kanallarimizga quyiladi. Shuning uchun  taom  genetik mutaciyaga uchramagan bo’lsa xom xolda  tanavul qilganimiz  ma`quldir .

Suvning sifati sog`ligimizga bevosita  ta`sir qiladi

Inson vujudining  62-70% suvdan iboratdir. Tanamizdagi suv sifati  qanday bo`lsa  salomatligimiz  darajadsi  ham shunday bo`ladi. Suv sifati sog`ligimizga bog`liq.  Xarom luqmadan vujudimizdagi suv qanday  aynisa, ichajak  sifatsiz  suvimizdan ham     hujayralarga shunchalik zarar yetar.

Men tahorat olishimdan avval  suvni  hidlab ko`raman.  Agar xlor hidini  sezsam,  ichimlik  suvida  tahorat  olaman.  Agar  tahorat  uchun olingan suvning  ta`mi va  hidini sezmasangiz siz aybdor emassiz.  Payg`ambarimiz Muhammad  (sav) tahorat olgan suvini  ichardilar. Ammo xozir bu musluk ssuvi ichilmas va undan   tahorat  ham olinmas.  Shu sabab  tahoratni ichishga mo`ljallangan suvda olmog`ingiz, og`izni ham unda  chaymog`ingiz  maqbuldir.

Og`iz bo`shlig`i dushmanlari:  tish pastalari

Tish pastasi  ishlatish mumkin emas.

Sababi  tish pastasi  tahoratni ham, og`iz bo`shligidagi ilk hazmni ham buzadi.

Bu qanday  ro`y beradi?

Tish pastasi tarkibida salomatligimiz uchun o`ta zararli, qo`rqinchli  qo`shimchalar  bor. Bu qoshimchalardan bittasi Titan dioksiddir, So`ngra  Aspartam va  tish pastasida qadoqlangan  ftalatlardir.   Bugunning uchta eng qo`rqinchli moddalari  tish pastasida mavjuddir.  Tish pastasida  faqatgina  Titan dioksidning  bo`lishinig  o`zi ham zararlidir.

Og`iz  bo`shlig`i ayri bir dunyo, ayri bir  hayot bo`lgasidir. Bu  hududda  turli- tuman  mavjudotlar yashaydi va ularning har biri  og`iz  bo`shlig`i salomatligi  uchun  muhim vazifalarni  bajaradi. Me`yorda ogiz bo’shlig`ida   hazmga yordam berguvchi:  tishlar salomatligiga mas’ul, og`iz bo`shlig`i  shilliq qavati  sog`lomligiga javobgar, tupuk bezlarini  tozalovchi va  bezlar faoliyatiga yordam  beruvchi  300 ga yaqin  mikrob  bor. Balki xali  o`rganilmagan va fanga noma`lum    mikroblar ham  bordir.  Tish pastasi  barcha foydali  mikroblarni  o`ldiradi.  Foydali  mikroblar  o`ldirilsa ularning o`rnini     begona  mikroblar  egallaydi va tabiiyki og`iz salomatligiga ziyon yetadi.

Tish va jag`  suyaklari chiriydi, shilliq qavati yallig`lanadi,  tupuk tarkibi o`zgaradi va hazm og`iz bo`shlig`idan boshlab buziladi.

Og`zimizga  solingan luqma chaynalgandan so`ng me`daga yuboriladi. Me’da sog’ligi ham og`iz salomatligi kabi  juda  muhimdir. Shuning uchun me`daga sintetik qo`shimchalar  tushmasligi kerak.  Avval aytganimizdek sintetik qo`shimchalar, sintetik yog`lar kabi  hazm bo`lmaydi va  me`dada  ko`p vaqt  qolib ketib  uning   to`qimalariga zarar yetkazadi.  U xolda me`daning shilliq qavatiga  ham   zaxalanib,   mushaklar ham  zayiflashadi. Me`daning yalig`lanishi, yarasi va saratoni  ham shundan kelib chiqadi.

Tozalash  va pardoz vositalaridagi  xavf

Qon  kirlanishi oqibatida qon bilan bog`liq juda ko`p muammolar  kelib chiqishi xaqida aytib o`tgan edik.  Chunki    qon  barcha moddalarni  organizmda   tashuvchi  transport    vazifasini  bajaradi.   Masalan ayollar kir yuvish vositalarini  ishlatganda  uning tarkibidagi kimyoviy  moddalar  teri orqali qonga aralashadi (hidi  burun orqali)  butun  to`imalarni zararlab  ularda salbiy  o`zgarishlar  sodir etadi va  suyak iligiga qadar  singadi.  Faqat  kir yuvisg  vositalarigina emas, shampun, soch bo`yog`i va boshqa pardoz vositalarining     ham shunday   ta`siri bor.

Ayniqsa  shampun aynan  kir yuvish kukuni kabidir.

Turli- tuman  kimyoviy  soch bo`yoqlari  esa alohida mavzu. Liqildoq va ensa chuquri  doimo ochiq, ular hech qachon  yopilmaydi.  Ensa chuquri va liqildoqni qoplagan  to’qimalar   orqali ichkariga  kirgan kimyoviy moddalar   to`g`ri miya  tomirlariga boradi. Socch  bo`yog`i qo`rqinchli  zahar, chunki  uning tarkibida eng oz  19 ta kancerogen moda bor.

Turkiyada  deyarli barcha ayollar   malla soch bo`lishni  orzu qilishadi va  sariq bo`yoq dan avval  sochlarini  “Perekis vodorod”i bilan oqartirishadi.  Oziga rahmi kelmagan ayollargina  bu yo`l bilan go`zal bo`lishi mumkin.   Keling  oqartiruvchi vositalar miyaga qanday ta`sir etishini kichik bir  tajribada  ko`raylik. Tiniq suvga bir siqim  xlor  tashlasangiz  tabni xira  qilguvchi  loyqa xosil bo’ladi. Endi xuddi  shu xolatni  kalla suyagi ichida tasavvur qilavering.  Vodorod peroksid  har bir to`qima  ichiga kirib boradi.

Imtihon. Bizlar    imtihondamiz

Moida surasining 60- oyatida Alloh taollo  shunday deydi: Alloh nazdida byndan ham   yomonroq jazo to`risida  sizlarni xabardor qilaymi? Alloh la`natlagan, uning g`azabini keltirgan, ulardan   maymun   va to`ng`izlarga  aylantirgan  hamda shaytonga  ibodat qilganlar uchun  beriladigan jazodir.  Ana o`shalarning makoni yomon va to`g`ri yo`ldan adashgan kimsalardir.

Alloh bu oyatda  musulmonlar haqida  ham  bahs etyapti. Bu oyat  biz uchun ham ta`luqli,  faqat yahudiy va nasroniylar uchungina emas.

Alloh yahudiylarni la`natladi, chunki  ular Allohga  hiyonat etdilar. Shuning uchun Iblis va yahudiylar  Yratganning g`azabi  va la`natiga uchragan  maxluqdirlar. “Men massonman va shaytonga sajda qilaman” degan  odam  shayton  yo`lini tanlagandir.

Nasroniyla uchun bugun Allohni tanishga imkonlari bordir. Chunki Qur`oni Karim va Payg`ambarimiz (sav) ning  hadislari bordir. Ammo ular   “Biz   nasroniymiz va Muhammadni  qabul etmaymiz” dedilar.  Ular Muhammad  (sav) ni tan olmadilar va kofir bo`ldilar.

Ammo bu imtihon bizning ham imtihonimizdir. Bizlar “La illaha illalah”   deymiz. Har kun 40  marta “Iyyake nabudu va iyyake nastayin”   deb takrorlaymiz.  Ammo aytganlarimizga amal qilamizmi?  Alloh ham yolg`onchi  bo`lganlarimizni  yol`on  ichidan topib  to`ng`iz va maymunga aylantiradi.

Bugun bia sog`lom va bahtli bo`lish uchun  Alloh va Payg`ambarimiz (sav) yo`llarini   o`rganyapmiz . Boshqa bir yo`l yo`q va hech qachon bo`lmagan.

(Oydin Solih xonimning 2012- yil 12 –fevral sanasidagi

 ma`ruzadidan yozib olganmiz) 

3-DARS

Ovqatlanishni o`zgartirmay hech narssani  o`zgartira  olmaymiz 

Bizning tadovimizda  eng muhimi  to`gri  ovqatlanishdir.  Chunki butun xastaliklarning (95-97%) sababi  mubolag`asiz  notog`ri ovqatlanishimizdandir.  O`zingizni  juda yaxshi his etasiz , ammo  ovqatlanish racioningiz buzilgan zamon  darrov  kasallaanasiz. Bu, yaratilishimizning eng  muhim qonunlaridan biridir va biz buni  inkor eta olmaymiz.  Yedigimiz har bir luqmadan  Allohning zikri  xosil bo`ladi.

Xozir  “Psoriaz( qipili temiratki) darxol  yo`q bo`ladi”  degan reklamalar     to`lib ketgan.  Xolbuki  bunday   bo`lishinig o`zi imkonsizdir.     Birgina  muolaja bilan kasallikni butunlay  davolab bo`lmaydi.

Bir bemor menga   “Ankiloz spondilit”  tashhisi bilan kelib dardini bayon etdi. Uni ko`zdan kechirganimda  buyraklarida muammo borligini  angladim. Keling  o`rtamizdagi savol-javobga quloq tuting:

-Siz Ankiloz spondilit (Behtetrev  yoki  xalq tilida  “Bambukli umurtqa” –surunkali  autoimmu kasallik bo`lib,  umurtqa pog`onasining yalig`lanishi,  unga qoshni  to`qimalar  va periferik bo`g`imlarning zararlanishi bilan kechadi) ga chalinishingizdan avval  ko`p  terlarmidingiz?

-Xa, ko’p terlardim.

– Qanday  chora ko’rdingiz?

– Davolandim, terlamam butunlay   tugadi.

-So`ngra  ekzema (atopik dermatit, terining qurushqoqligi)   paydo bo`ldia?

-Xa. Men  ekzemaga  darxol kortizonli (gormon)surtma   surdim. Ammo keyin   psoriaz paydo  bo`ldi.

Men undan Psoriazga  qanday  dorilar qabul qilganini bilgim keldi.

–  Psoriaz o`ta qichib  rohatimni yo`qotgach     kortizonli surtma va  maxsus  dori ichdim.  Ammo pssoriazdan qutulganimdan so`ng ko`rib turganingizdek  bu dardga chalindim. Shifokorlar  “Ankiloz spondilit”  deb tashhis qo`yishdi…

Shunday bo`lishi muqarrar edi.       Uning shuncha  dard chekishining bittagina sababchisi  – notog`ri  ovqatlanishi  edi.U  turli  dorilarni pala-partish qo`lladiyu, nimalar yeyayotganiga  e`tibor  bermagan.

Unda hazm buzilgan,  yegan taomlari   me’dada  chiqindiga   aylangan.  Sog`lom odamda chirindilar   ichaklar va buyraklar orqali tashqariga chiqadi.  Ammo  unda    buyraklar faoliyati buzililgani sabab    peshob tarkibida    tashqariga chiqmagan .     Vujudida yig`ilib birikintilar  xosil qilgan, immun tizim imkoniyatlari  bittgach teri orqali tashqariga   yo`l  topgan. Qichima(Ekzema), bod(revmatizm), psoriaz(qipiqli temiratki),  vitiligo(  pes) kabi kasalliklar    ana shunday  paydo  bo`ladi.  Notog`ri  ovqatlanish  ba`zan  o`pka va jigar  xastaliklariga ham sabab bo`ladi. Teri  kasalliklarining deyarli  barchasi  istisnosiz  ichaklar va buyraklar faoliyatining buzilishidandir. Ammo ko`proq  buyraklar  bilan   bog`liq.

Sintetik kortizon va insulin qaramligi

Sintetik kortizonni  qabul qiladigan bemorlar unga jismonan qaram bo`lib qoladi. Chunki   vujud tabiiy kortizon (buyrak usti bezi  gormoni) ishlab chiqarishni ozaytiradi.   Kortizon tanamizda kechuvchi barcha jarayonlarda, moddalar almashinuvida faol  ishtirok  etishini xisobga olsak xuddi  giyohvandlik kabi  ruhiy   qaramlik  ham paydo  bo`ladi.    Bu qaramlikni  to`xtatish juda qiyin.

Men shunday bemorlarga  sintetik kortizon qabul qilishni  darxol  ta`qiqlayman. Ular o`zlarini yomon xis qilishadi, ammo aslida zarar emas    foyda topadilar.Chunki   xavfli va qo`rqinchli bir allergenni  qabul qilishni to`xtatgan bo`lishadi. Shundan so`ng buyrak usti bezi  yana tabiiy  kortizon ishlab chiqarishni boshlaydi.    Dorini  darxol   to`xtatganda  buyrak usti bezlari birdaniga  ishga kirishmaydi. Shuning uchun  bemor  o`zini yomon xis qiladi.  Biroq bu tabiiy xoaltdir. Suniy kortizon birdan to`xtatilganda  buyrak usti bezlari  juda tez  ishlashga tushadi. Ammo bu ham  foydalidir.

Insulinga  qaramlik ham xuddi shundaydir. Agar  oshqozon osti bezi ham  buyrak usti bezlari kabi  yalqovlanmasa, turli kasalliklar tufayli faoliyati buzilmasa  tarkibida insulin bor  garmon ishlab chiqaradi.  Aksi  bo`lsa  bemorlar suniy insulin qabul qilishni boshlaydilar va unga qaram bo`lib qoladilar.  Agar suniy insulin dorisini to`xtatsak  oshqozon osti bezi ham  o`z faoliyatini tiklay oladi. Faqat tanballar va  tadovimizga jiddiy qaramagan bemorlargina bizga ishonmadilar va  insulin  qabul qilishni  to`xtatmadialr.   Ammo  shunday  irodali insonlar ham bo`ldiki 10-12 yil qabul qilgan insulindan voz kechishdi. To`g`ri, bu  juda qiyin. Chunki  oshqozon osti bezi nozik a`zo. Eng  yomoni  oshqozon osti bezisiz yashashdir.

Davomi bor