Azizlar, vanihoyat bugün ham tarixga aylandi. Erta bilan Adanadagi Turkiston dernagi binosida tadbirni Vatanimizning Turkiyadagi elchisi va o’zbek jamiyati rahbari Shermuhammadbekning nabirasi Usmonbeklar ochib berdilar.
Bu yerda to’plangan muhojirlarimizning avlodlarining xursandchilikdan yuzları juda nurli, kayfiyatlari a’lo edi. So’ng tadbir Adana shahar hokimligi yoniga ko’chdi. Bu yerga sonsiz odam to’plandi. Hokimiyat yonidagi saylgohga Shermuhammadbek nomi berilib, uning haykali ochildi. Hokimiyat vakillari juda otashin va samimiy ma’ruzalar qildilar. Usmonbekning, ayniqsa elchimizning so’zlari tadbir qatnashchilarini juda ta’sirlantirdi.
Meni tadbir boshida milliy madhiyani 7 yoshdan 80 yoshgacha barchaning birday bor ovozda kuylashi, ulardagi intizom va o’zaro hurmat hayratga soldi. Afg’onistonlik o’zbek talaba shoirning millat qahramonlariga bag’ishlangan she’ri ham tadbirga shukuh berdi. Osh tarqatilarkan kim hokim, kim xodim bilib bo’lmaydi. Qizig’i keyin bo’ldi. Peshinni shu yerda o’qib bekning mozori ziyoratiga ketsakchi dedik. Kimdir masjid yaqinda yo’q, hokimlikni binosida o’qib olinglar deb qoldi. Ana tomosha deb hokimlik binosiga yo’l soldim.
Eshikda turgan kishiga maqsadni aytgandik. Quyini ko’rsatib yubordi. Bütün boshli hokimiyatni ichida nomozxona, tahoratxona deb aylanib yuribmanu miyyam aylanib ketdi. Begona mamlakat odamiligimiz tilimizdan, xatti harakatimizdan shunday bilinib turibdi…
Shundan so’ng qabrini ziyorat etdik, avlodlari bilan tanishib suhbatlashdik. Shermuhammadbekning qizi Saodatxonim ayamizning duolarini oldik. Biz qo’rboshilarimizni oqlayotganimizdan xursand bo’layotgan bir vaqtda Shermuhammadbekka bog’ nomi berib haykal tıklagan Turkiya naqadar büyüksan! Bizning milliy qahramonimizning tadbiriga kelgan yüzlab türk qardoshlarimiz naqadar yaxshi odamlar!

Bahrom İrzaev


Каримберди Тўрамуроднинг “Триптих”и ҳақида
Вячеслав Ахунов: Ўзлик қандай ўзгартирилмоқда?
Малоҳат Эшонқулова: Ўзбекистон режими танқиди ортидан YouTube’даги каналим ёпилди
“ВОДИЙДА ЎЛИШ ТАКИКЛАНАДИ”
Гўзал БЕГИМ: ЭРК МУАЛЛИМИ