18-19 asr oralarida Mirgʻobdan Hindukushgacha (Afgʻon Turkistoni mintaqasida) Oʻzbeklar tarafidan 11 dona mustaqil davlatlar eʼlon qilindi.
- Andxoʻy Xonligi. 1820-1885 yillarda Andxoʻy mintaqasida mavjud boʻlgan Oʻzbek davlati. Davlat tili Oʻzbek tili, davlat dini islom dini boʻlgan. 1885-yili Afgʻoniston davlati tomonidan bosib olingan. Soʻnggi xoni Davlat Xon boʻlgan.
- Aqcha Xonligi. 1860-1870 yillari Aqcha shahri hududida mavjud boʻlgan Oʻzbek Xonligi. Davlat tili Oʻzbek tili, dini islom boʻlgan. 1870-yili Afgʻoniston tarafidan bosib olingan. Soʻnggi xoni Eshon Arvox Xon boʻlgan.
- Badaxshon Xonligi. 1658-1873 yillar oraligʻida mavjud boʻlgan Oʻzbek davlati. 1650-yillari Shayboniy Yorbek Xon Samarqandiy tarafidan eʼlrn qilingan. Davlat tili Oʻzbek tili, davlat dini islom dini boʻlgan. 1873-yili afgʻon bosqinchilari tarafidan bosib olingan.
- Balx Xonligi. Xonlikka 1526-yili Shayboniy Kistin Qora sulton tarafidan asos solingan. Davlat tili Oʻzbek tili boʻlgan. Mustaqil Oʻzbek davlati 1850-yili afgʻon shoxi Doʻst Muhammad tarafidan bosib olingan.
- Qunduz Xonligi. 1785-yili asli Andijondan boʻlgan oʻzbek xoni Quvvat Xon Qunduz mintaqasida mustaqil Qunduz xonligini eʼlon qiladi. Davlat tili Oʻzbek tili boʻlgan. Davlat 1859-yili afgʻon bosqinchilari tarafidan bosib olingan. Soʻnggi xon Ali Berdi Xon.
- Maymana Xonligi. Maymana Xonligi 1747-yili oʻzbek xoni Xoji Xon tarafidan eʼlon qilingan. Davlat tili Oʻzbek tili. 1875-yili afgʻon bosqinchilari tarafidan bosib olingan. Soʻnggi xoni Kamol Xon.
- Saripul Xonligi. 1830-yili Oʻzbek xoni Zulfiqor Xon tarafidan mustaqil oʻzbek davlati eʼlon qilingan. Davlat tili Oʻzbek tili. 1886-yili afgʻon bosqinchilari tasarrufiga oʻtgan. Soʻnggi xoni Mir Muhammad Xon.
- Xulum Xonligi. Xulum mintaqasida tuzilgan Oʻzbek xonligi. Davlat tili Oʻzbek tili. 1853-yili afgʻon bosqinchilari tarafidan bosib olingan.
- Shibirgʻon Xonligi. 18-asr boshlarida asos solingan Oʻzbek xonligi. Davlat tili Oʻzbek tili. 1883-yili afgʻon bosqinchilari tarafidan bosib olingan. Soʻnggi xoni Hakim xon.
- Gurzivon Xonligi. 18-19 asr oraligʻida mavjud boʻlgan Oʻzbek xonligi. 1870-yillari afgʻon bosqinchilari tarafidan bosib olindi.
- Darzob Xonligi. 18-19 asr oraligʻida mavjud boʻlgan Oʻzbek xonligi. 1870-yillari afgʻon bosqinchilari tarafidan bosib olindi.
Bahrom Rahman tayyorladi



Каримберди Тўрамуроднинг “Триптих”и ҳақида
Вячеслав Ахунов: Ўзлик қандай ўзгартирилмоқда?
Малоҳат Эшонқулова: Ўзбекистон режими танқиди ортидан YouTube’даги каналим ёпилди
“ВОДИЙДА ЎЛИШ ТАКИКЛАНАДИ”
Гўзал БЕГИМ: ЭРК МУАЛЛИМИ