O'zbekiston ERK Demokratik Partiyasi

OYDIN SOLIH: «SO`NGI SO`Z» (2)

OYDIN SOLIH: «SO`NGI SO`Z» (2)
717 views
09 February 2022 - 13:21

“АIRES”  jamg`armasi va ilovalari

Amerakada  dunyoning eng boy  odamlari  mablag` bilan  qo`llab quvatlaydigan   “Ayres” nomli jamg`arma mavjud bo`lib,  u juda  serg`ayrat  faoliyat  olib boradi.  Bu  jamg`arma suv kristallari va klasterlari borasida samarali tadqiqotlar olib  bordi. Natijada  ular tirik va jonsiz mavjudotlarga suv qanday ta`sir qilishini  o`rganishdi.   Klasterlar suvdagi ma`lumotni kompyuter kabi saqlaydi va uni hujayradan hujayraga, to`qimadan to`qimaga  zanjir usulida  uzatadilar. Ushbu zanjirda   magnit to`lqinlari va lazer  judayam samaralidir.

Bugungi kunda kibernetik tibbbiyot uchta  unsurdan foydalanadi. Elektromagnit to`lqinlar, lazer va infraqizil nurlar.

Bizning hujayralarimiz elektromagnit  to`lqinlar  xosil qiladi. Tashqaridan keladigan eloktromagnit to`lqinlar   tanamizdagi elektromagnit to`lqinlarni  o`ziga o`xshatishi va   va  o`ziga xos rezonansni  xosil qilishi mumkin.     Infraqizil nurlar  magnit to`lqinlar  va lazer nurlariga yol  ochib, tanaga yanayam chuqurroq singdira olishini inobatga olib Kibernetik tibda keng qollaniladi.

“Ayres”  jamg`armasi  aplikatorlardan ( yopishqoq tasma)  foydalanadi va  xastaliklarni davolash uchun quyudagilarni amalga oshiradi:

Nanotexnologiya yordamida  nanoplastinkalardagi ma`lumotlarni  xuddi kompyuter singari yupqa plastik yoki  sintetik materialga  kodlaydilar.  Va nano kristallarga kodlangan ma`lumotni  yopishqoq  tasmalarga  joylashtiradilar. Bu ma`lumot  elektromagnit  to`lqinlar bilan uyg`un.

Meni oldimga  ba`zan  boshiga   g`aroyib   tasma  taqqan ayollar kelib turishadi.  Qiziqish bilan  ularga   savol bersam,   “ Bu magnitli    tasma,  u  bosh  og`rig`idan xalos bo`lish uchun yordam beradi”  deb javob qaytarishadi.

Ayrimlarda    “Ayres” bilakuzuklari  bor. Yana   ma`lumotlar   kodlangan poyafzal (  tag charmiga yerlashtiriladi) , uzuk, tumor, sirg`alar ham mavjud.

“Ayres”  jamg`armasi  taqdim qilayotgan  taqinchoqdagi  toshlar ham juda  muhim. Bugungi kunda  deyarli barcha toshlar  nanotexnologiyalar  asosida   suniy yaratilyapti. Ushbu toshlarga  kodlangan ma`lumotlar asosida elektromagnit to`lqinlar paydo bo`ladi. “Ayres” ning aqlli taqinchoqlari    akopunktur  nuqtalarga yaqin  taqiladi.

Bu jamg`armaning mahsulotlari  inson salomatligi uchun judayam foydali.  Masalan bel kamarlari bel og`rig`i va  jinsiy a`zolardagi hastaliklarda qo`llaniladi.  Bosh tasmasi bosh og`rig`ida samarali va hamma bundan mamnun. Sirg`alar naqafat  quloq og`rig`i balki   buqoq xastaligini davolashda ham samaralidir. Chunki  sirg`a quloqdagi akapunktur nuqtalardan elektromagnit to`lqinlarini olib barcha to`qimalarning hujayralariga yetkazadi.  Buning  uchun  quloqdagi eng   faol nuqtalar tanlanadi.

Quloq gipofizga o`xshaydi.  Shuningdek quloqlar  “Buyruq markazidir.  Chunki  barcha  tana a`zolarimizning  akopunktur markazlari  quloqdadir.

Oyoq  tovonida   ham barcha tana a`zolarimiz bilan bog`liq  akapunktur nuqtalar bor.   Ba`zi  poyafzal ishlab chiqaruvchilar  akapunktur  nuqtalarning inson salomatligidagi o`rnini o`rganib,  bundan  ishlab chiqarishda  keng foydalana boshlashdi.  Xozir yorlig`ida   “5 ball” deya yozilgan  poyafzallani bemalol harid qilishingiz mumkin.

Kristallar  yorliqlarda ham ishlatila boshlandi. Shuning uchun  yorliqlar ham juda xatarli  bo`lib qoldi. Kristallar  yangi kiyimning metal ilgichlari tarkibida ham bor. Shuning uchun biz eski poyafzal va eski kiyim kiyiganimiz ma`qul.

Kibernetik tib yohud kvant tibbiyoiti    bevosita  quvvat  bilan  ishlaydigan tibdir.   U yerda shifokorlarga o`rin yoq. Kibernetik tibbiyotda biolog, fizik va kimyogarlar ishlaydi.Ular  boqiylik zaqida gap ketganida shunday fikrlarni  aytishadi: Entopiya, ya`ni quvvatni doimiy ravishda  yo`q bo`lishini  to`xtatish mumkin. Agar tanadagi  suv kristallari  doimiy ravishda  tashqi quvvat ta`sirida bo`lsa biz quvvatimizni to`g`ri  taqsimlashni o`rganamiz  va istagancha abadiy yashay olamiz.

Darxaqiqat,  elektromagnit to`lqinlar, infraqizil nurlar,  lazer yordamidaa  suv kristallarini yaratish, ularni o`zgartirish va  tarqatish mumkin. Kvant terapiyasida  eng  muhimi  uzuliksizlik va niyatdir. Agar uzilish bo`lsa ba`rini qaytadan boshlash kerak. Keyin bu  ma`lumotlarga ega bo`lishni xoxlash va buni o`ziga   dohil etib   niyat  qilish muhimdir.

Ravshan  tushlar va  talqinlar kibernetik tibning  bir bo`lagidir. Misol uchun  ravshan  tushlarni ko`rish: Amerikada    yashovchi bir odam  insonlar duo qilib, istihora  qilib  uxlashalrini aytadi va ularning tushigakira oladi.  O`sha tushlar  duo qilgan odamning o`ziga ham ko`rinadi  va insonlar uni mahdiy  o`laroq ko`rishadi.

Aslida ravshan   tushlar,  I-  fayllar,  “Ayres”jamg`armasi va   “MIL” terapiyasi  xaqida  ko`proq  ma`lumotlar   to`plash kerak.

“МIL” davolash  vositalari

Bugungi kunda  “MIL”  davolash  vositalari  ostida  yangi  tibbiy  uskunalar   tibbiyotda keng qollanila boshladi.    MIL  – Elektromagnit,  infraqizil va lazer ya`ni   uch nur    uyg`unlangan terapiyadir.      Ushbu uskunalar     kasallik muammolarini bartaraf etish  uchun tana quvvati asosida ishlaydi. Bu  uskunalar  “Ayres” jamg`armasi va  Rossiya olimlari hamkorligida   uyda  va xastaxonalarda  qo`llanish uchun ishlab   ishlab chiqarilyapti.  Xozir insonlar bu uskunalardan  foydalanish uchun shaytonga ruhini sotishyapti.    Buni boshqa  kalima bilan ifoda eta olmayman.

Xataliklaringiz  gunohlaringizdandir. Tavba tazarru  orqali kasallikdan xalos bo`ling.

Kasallik  va shifo bilan bog`liq xadislar bor. Hastaliklar bizning xatolarimiz bo`lib, sunnatga muvoqiq yo`l tutsak  ulardan  xalos bo`lamiz. Agar bundan   boshqa bir yo`l bo`lsa bilingki bu jaxannam yo`lidir.  Har kimga qulay ammo sunnatga to`gri kelmaydigan   boshqa bir  shifodan baxs etilsa undan shubxalanish joiz.  Sababi do`zax yo`li keng, jannatga olib boruvchi   so`qmoq tordir.

Moskvada bo`lganimda oldimga bir tadbirkor  kelib, savol berdi:  Oydin xonim  siz doim Allohdan  baxs etasiz. Men ham  faqat  Allohga ishonardim. Ammo u so`ragan  narsalarimni bermadi. Shundan so`ng men shaytondan so`ray boshladim. U barcha istagimni  bajo keltirdi. Sog`ligim tiklandi, ishlarim yurishdi. Xozir Moskvadagi eng boy insonlardan biriman.

Xo`sh, nima uchun bunday  bo`ldi?

Chunki    kasal a odamning   to`g`ri   yo`l  tanlay olishi qiyin .  U  davomiy  Alloh va shayton  orasida  arosatda  bo`lgan.

Xolbuki   Alloh yo`lini tanlagan  banda   xaqiqiy   xasta  bo`maydi,   surunkali kasalliklardan qiynalmaydi.     Bunday   inson  martabadan  martaba ko`tarilganda, yohud bir  xolatdan boshqa xolatga o`tganda    olov kabi yonib o`chadigan  dardga chalinishi mumkin.  Xazrati  Muhammad (S.A.V) va  bosshqa buyuklarimiz ham bunday   dardlarga chalingan va ularni yengisjgan. Shayton yo`lini ihtiyor etganlar  uchun ham bu  xolat  tanish, ammo  ular    tezroq va oson sog`yishni  istaydilar.  Alloh marhamatidan umidvor  banda uchungina      sinov so`ngi lahzagacha  davom etadi.

Oxir zamonda Qur`oni  Karimni  o`qish   juda  muhimdir.    Kvant tadovisi  mutahasislarining  ta`kidlashicha     baland  emas, aksincha  sokin  sasda  tilovat   samaralidir.   Unutmaylik, Alloh  nomozni  yanayam  pastroq  ovozda   o`qishimizni amr etgan.

Namozda   ovoz chiqarilmaydi,  Qur`oni  esa  ovozsiz   o`qimang. Ovozingiz    o`zingiz echitadigan darajadadan  past    bo`lmasin. Shuningdek   mikrofon bilan  ham o`qish mumkin.    Ma`nosini  tushunmay o`qishgina  zararlidir.

Nega biz Qur`oni  Karimni  baqirmay, sokin  ovozda  o`qiymiz? Keling hayotiy  bir misol bilan  anglatay.

Biz   24 qavat qavatli  binoning   18-  qavatida bir muddat  yashadik. O`shanda  tovushlar qanday paydo bo`lishini  angladim. Pastda  yurgan   kichkina  mushukchaning miyovlashi  18-  qavatda  ham  yaxshi  eshitildi.    Tovush  pastdan   yuqoriga ko`tarilar ekan  barcha  tovushlarni yig`ib olganday tuyuldi.  Balandlik  qanchalik yuksalsa  tovush  ham kuchayar  ekan.  1- qavatda  yo`ldan o`tib ketayotgam mashina   shovqini   18- qavatda  balandroq eshitiladi.  Chunki  yuqorilagan sari  tovush    yanayam kuchayadi.

Shayton  nag`malari.  “I- DOSER” lar

Alloh taollo  Isra surasining  64- oyatida bandalarini nazarda  tutib  shaytonga  murojat  qiladi: Ularni  kuching  etganini  ovozing  bilan    aldab, yomonliklar qilishga unda.

Xo`sh , bu  nimani  anglatadi va    shayton ovozi nima?

Bunga  ko`p misollar  bor.  “I- doser”lar   bulardan   biridir.

“I- DOSER”lar  nima? U qanday  ishlaydi?

Ushu texnologiyalar   biz eshita  olmaydigan past  chastotadagi tovush to`lqqinlarini  miyamizga   quloqchinlar  orqali  yetkazib,  ba`zi tuyg`ularni uyg`ota oladi. Ya`ni   kompyuterda tuzilgan  maxsus     dastur  me`yoriy  chastotaga qadar muvofiqlashtiriladi va  istalgan bir musiqa bilan uyg`unlashtiriladi.   Bejiz bu texnologiyalar  “Audioog`ular” deb ta`riflanmaydi. Sababi  ular   gipotalamusdagi   alfa, betta, teta to`lqinlarini qo`zg`ati. Bizning barcha hissiyotlarimiz shu to`lqinlar bilan bog`liq.

Miyamizda        18000 olamga  bog`liq    mujdalar bor. Ayni vaqtda  jannat va jaxannam bilan bog`liklikni ham  anglaymiz.

Jannatiy xis- tuygularini  alfa va tetta to`lqinlardir uyg`otadi.    Ushbu  tuyg`ularimiz ustun ekan  o`zimizni xotirjam  va yaxshi  his qilamiz. Jahannam bilan bog`liq to`lqinlar ta`sirida  do`zahni his qilamiz. Bu  shayton  nag`masidir. U juda aqilli va  bizni qanday aldashni   biladi.

Shayton sasi  musiqa bir  bog`lansa  sizga  u  eshitilmaganday tuyuladi. Ammo   biz  uni ilg`aymiz,  shayton  nag`masi  yo`grilgan musiqani   beihtiyor takrorlay boshlaymiz,  ohang vujudimizdagi  har bir  jhujayraga ta`sir etadi  va biz unga  mos xarakatlar qila boshlaymiz.  Xatto musulmon, sof  ibodatli inson ham  vujidiga singgan o`sha ohangga    ta`sirifga tushishi mumkin.  Bunday musiqa  shu sabab  taxlikalidir. Bu xolatda  darrov  “Auvzibillahimminashshaytonurajim ” demak va  Mo`minun surasidagi: “Rabbi euzu bike min hemezetişşeya- tin ve euzu bike Rabbi en yehdurun” oyatini  o`qimak  o`rinlidir (Mu`minun 97-98).

Ilohiylar (nashida) ham musiqali bo`lmas.Yanayam muhimi  uning muallifi, ijrochisi va musiqa asboblarining cholg`uvchisi   kimligidir.  Ijrochi  qanday insonligi va nafasi  tozaligi  ham muhimdir.

Men bu xaqda bir xotiramda  qolgan  bir voqeani   baham  ko`rmoqchiman. Bir kuni  buyuklarimiz qabrini ziyorat etish uchun avtobusda yo`lga chiqdik.  Men  o`tirgan avtobusda   musiqali  ilohiy  yangray  boshladi.  Shu  on  avtobusda o` tirganlar  to`sattan   g`alati xarakatlar qila boshlashdi. Aslida ular zikr qilishmoqchi edi, ammo  ularning  zikri  raqsga  aylanib  ketdi.  Bir vaqt ular shu qadar  avjiga chiqishdiki  ahiyri kindiklarini  changallab  ingray   qolishdi. Men yordam bera olmadim.  Bir ozdan song  “raqqoslar”ning  barchasi  ichketar  bo`ldi. Boshqa avtobusdagilar  va   Ilohiy tinglamaganlar   bu xolatga tushmadi.  Aslida  ilohiyni  avtobusdagilarni  o`zi kuylasa  uning ta`siri mutlaqo boshqacha bo`lar edi.

Savol:  Musiqaning hech foydasi yo`qmi?  Yoki farqli musiqalar bormi?

 Jevab:  Mavlono Jaloliddin Rumiy      musiqani ruhni  ko`tarish uchun  qo`llagan. Ammo Mavlonodan so`ng  bunday  bo`lmadi. Xozir sozandalar   nima chalayotganini tushunmaymiz va  bu  juda tahlikalidir.

Payg`ambarimiz (sav) nayni  ta`qiqlardi. Sababi  nay  chalinish  uchun   nafas muhim    Inson   nafasi esa  Islomiyat uchun  xizmat qilmog`i kerak.

Savol: Masnaviyning ilk baytida  nay  xaqida  zikr etilgan.    Nay mavzusida u   Hazrati Odam  Alayhi salomdan qolgani   va uning bo`g`imlari  inson  tanasiga o`xshashi bayon etilgan.     Agar  Payg`ambarimiz  (sav) nay  chalishni  ta`qiqlasa nima sababdan  Mavlono  Jaloliddin Rumiy         naydan  foydalandi?

Javob: Mavlono  hazratlarining   bu buzuqlikka aloqasi bor, yoki yo`qligini   bilmaymiz.   Allox bilguchidir.  Extimol istisnolar mavjuddir.  Ammo  ishonchim komilki Mavono hasratlaridan so`ng  hamma narsa  buzildi.    Hz .  Muhammad  (sav)  va Amira-al Mo`mindan so`ng  ham  ko`p  buzilishlar  bo`lyapti. Bular xaqida   zotan allaqachon   yozilgan, yozilyapti.  Ochig`ini aytsam men bugun o`z xolatimni boshqaga qiyoslashni  istamayman. Men o`zimga  ustoz izladim,  afsus topa olamdim. Turkiyada ko`p mashhur   ustozlarlarni ko`rdim, biroq ularning talabasi bo`lishni  va eng muhimi ularga o`xshashni   xoxlamadim.   Shu yuzdan    naydan  qochaman.  Nay chalganga  ishonmaganm uchun uni  o`zimga  zararli deb bilaman. Chunki  muhimi nay emas, uni  chalayotgan sozandadir.

Fikrlashni    hech narsa  bilan   qiyoslab bo`lmaydi.

Bir  oz avval biz    materiyaning eng kichik bo`lagi enf faol,  eng samarali o`tkazuvchi  ekanini ta`kidlab o`tdik.  Fikrning o`tkazuvchanligi, uning quvvatini esa hech narsa bilan qiyoslab bo`lmaydi.   Payg`ambarimiz(sav)  donishmandlar, zakiy insonlar   davrasida  ko`proq bo`lishimizni  buyurgan. Chunki  oqillardan  taraladigan  bioquvvat  bizning zaif  bioquvvatimizni  davolaydi.  Donishlar bilan birga  o`tirish, hamsuhbat  bo`lish har jihatdan foydalidir.

Bemorga nusbatan    mehr- muhabbatli bo`lish  ham davolashda  yaxshi samara beradi.  Bu  tuygu  insonning o`zidan  kelib chiqmaydi, uni Allox beradi. Agar Alloh  bemorga nisbatan   qalbimizda  mehr     uyg`otmasa uni hech  qachon  tushuna olmaymiz.   Har bir kalima so`zimiz  zararli, zaharli     bo`ladi.

Davolashning eng muhim  omillaridan biri-  tafakkurdir.   Chunki tafakkur  vujudni   barcha darddan xalos etguvchi kuchdir.   Tafakkur insoniyatga ham, o`n sakkiz ming olamga  ham  katta  ta`sir  ko`rsatgan.  Shuning uchun Payg`ambarimiz (sav)  ”Bir soatlik mulohaza ba`zan   bir yillik ibodatdan  yaxshiroqdir” deganlar.  Darxaqiqat  inson  nomoz paytida  charchashi, och bo`lsa hayoli oshxonada bo`lishi  ham mumkin. Bu xolda  o`qilgan  nomozdan hech foyda yo`q, xatto zarar bo`lishi  mumkin. Alloh yo`lini  tafakkur qilgan inson esa  uning muhabbatini ham qozona oladi.

Agar  farzandlaringizga  tarbiya maqsadida   qo`l ko`tarsangiz buni Alloh rizoligi uchun  qiling. Agar ularni noxaq, aniqrog`i   nafs, jaxolat  sabab ursangiz bu o`ta  qo`rqinchli, daxshatli  bir xolatdir.  Bunday   “tarbiya”ngiz bilan  farzand emas, dushmanni  voyaga yetkizasiz.   Aslida  hamma narsa bir biriga bog`liq. Makro va mikro olam  orasida ham  chambarchas bog`liqlik bordir.

Nima uchun o`n kunlik ochlik,  piyoz va sarimsoq piyoz  tavsiya qilamiz.

Irsiyatni  o`zgartirish  mumkin, lekin bu  o`zgarish shayton  emas  Alloh  yo`lida  bo`lishi kerak.  Xozir Turkiyadaa istagan odam  bir seansda  DNK  zanjirini    2 dan  12  qatlamgacha  o`zgartirishi mumkin.

Sarimsoq  piyoz  va  piyoz  genetik mutaciyalarni  to`xtatadi.    Xolbuki  Payg`ambarimiz (sav)  va  boshqa ulug`larimiz    piyoz va sarimsoqni  istem`mol qilishni    tavsiya etishmas, chunki  u vaqtlar  irsiyatdagi   o`zgartirishlarga ilohiy darajada qaralardi.  Ammo  chin  musulmonlar va Allohni tanigan  insonlar bu o`zgarishlarga  duch kelmaydilar.  Buning uchun  sarimsoq  va piyozni  irsiyatga ta`sir etishini  bilgan   xolda      iste`mol qilinmayotgani  kifoya.     Bu              xolda   12 qatlamli  DNK 12  emas, 3-5  qatlamga  ham tusha olmaydi.   Hammasi niyatga bog`liq.

Mening nevrolog shifikor do`stim bor edi.   Bir kuni u menga  hujayra  tuzilishini ko`rmoq istagi borligini aytdi.  Men unga: Nima uchun parda ichidagi  narsani  ko`rishni xoxlaysiz?  dedim.   U : “Men  odamlarga  achnaman va    xaqiqatdan davolashni xoxlayman,    Insonlarni  yaxshi ko`raman,  yordam berishni  xoxlayman” dedi. U istaganini ko`rgach:  “Oz buyragimni  ko`rdim.    Qon, limfa  aylanishidagi    hujayra tanachalarini  ham  ko`rdim”  deb, ko`rganlarini barchasini   anglatdi.   Ammo bu ayol katta tuzog`ga tushdi, bunisi boshqa  mavzu.

Alloh  taolo bandasiga   xoxlagan narsasini berishini aytadi. Istamoq  yaxshi,  biroq  gap  istak emas, nimani ihtiyoq  qilishidadir.  Hamisha  Xaq  yo`lini tanlash kerak. Boshqa hech narsa so`ramang. Masalan yuksak quvvat,  yohud   xayvonlarga amr beradigan qudrat   so`ramang.  Alloh iastaganingizni  muaxaq  berar.

SAVOL:  O`n kunlik ro`za tuttishning  klassik tasavvuf va  mazhablardagi  riyozatga aloqasi bormi?

JAVOB:   O`n  kunlik ro`zani men hammaga  emas, haqiqiy, toza musulmonlarga  tavsiya qilaman.  O`n kunlik ochlik  tasavufda  ham bor. Aslida  o`n kun  uzoq muddat  emas, sababi 21, 40, 60  kunlik va undan uzoqroq  davom etadigan   ro`zalar  ham   bor.  Maslan  Iso (sav) 60  kun ro`za tutardi. Ammo oddiy insonlar  va ulug`larimiz  40  kun  tutishadi.

Ilgari  O`rta Osiyioda din juda  kuchli edi.  Men u yerda  eng  pok musulmonlarni ko`rdim. Yaqin yaqingacha  buyuk olimlar  O`rta Osiyodan chiqqan.  Ular ham  eng  kami  40 kunlik  ro`za tutishardi.  Xozir  O`zbekistonliklar shunday hikoya qilishadi:  Ilgari bu yerlarda  Amudaryoni  kechib o`tadigan  insonlar yashashgan.  Bir qirgoqdagi  qishloqdan daryoning  ikkinchi qirg`og`idagi  qishloqqa  suv ustidan  yurib o`tishgan.  Tog`larda yashab hech qachon  pasta tushmagan odamlar  daraxt shohida  ilingan choynakda  choy  qaynatib musofirlarni mehmon qilishgan .   Chunki o`sha paytlar  ularning ma`naviyati  judayam yuksak   bo`lib,   ochlik bilan poklanishning   samarasini  yaxshi bilishardi.

Oydin Solihning 4.02.2012  yildagi  “Xaqiqiy tib” darslaridan yozib olingan

2-DARS

KIBERNETIK TIB

ALLOH  MUKAMMAL YARATUVCHIDIR

(Muminun surasi 14- oyat)

Bugunga kelib zamonaviy tibbiyot    taraqqiy etdi, uning imkonlari  oshdi, ammo    kasallaiklar ham ayni shaklda   ko`paydi va   keng  tarqaldi.  Bu xolat yanayam  chuqurlashmoqda.  Hech bir dardning  asl sababini bilmagan zamonaviy  tibbiyot bir qator xastalik alomatlariga  nom berish, tashish  qoyish orqali   xato usullar bilan   davolashga  xarakat qiladi.   Ushbu  usullar tabiiyki  samarasiz bo`lib qolmoqda. Chunki  sababi noma`lum kasallikni  to`g`ri  davolash mumkin emas.

Zamonaviy tibbiyot   anaviy  tibbiyot degan noto`g`ri tushuncha mavjud.  Aslida an`anaviy tibbiyot: Paygambarlar tibbiyoti, yunon, xristianlar  titidir.

“Barcha xastaliklar  virus va mikrob tabiatlidir.  Virus va mikroblarni o`ldirsak  kasalliklar ham yo`q bo`ladi” degan yanglish  g`oyani ilgari surguvchi, soxta poydevorli   zamonaviy  tibbiyot  aslida ortodoksal  tibbiyotdir.     Ortidoksal tibbiyot  kasallikni  mana shunday  yolg`on asosga  qurgan  tizim bilan davolashga urindi,  shu sabab  barcha  kasalliklarni   davolashga xarakat qiladigan antibiotiklarni ishlab chiqardi.  Antibiotiklar yordamida barcha   nikroblarni o`ldirish mumkin lekin bu kasalliklarni tugatishning  to`g`ri  usuli  emas. Darxaqiqat  xastaliklar kamayish o`rniga  aksincha  ko`paydi.   Zamonaviy tibning katta xatosi u  inson ruhiyatini xisobga  olmadi, faqat  tanagagina yo`naltirildi.  To`g`ri  davolanish     tan va  ruh birligidagina  amalga oshishi mumkin.

Kibernetik tib  tanani emas, eng avvalo ruhiyat tadovisini  birinchi o`ringa  qo`yadi.   Avval  badanga  faqat materiya sifatida   qaralgani qanchalik xato bo`lsa,  ruhiyatga ham  faqat   quvvat   sifatida   qarash  katta  xatodir.   Anglaganingizdek  kinbernetik tib xatto ruhni  nimaligini tushuna  olmadi. Kibirnetik tib tana darajasida davolay olmay  ruh darajasida davolashga xarakat qilyapti. Shuning uchun biz  Kibernetik tibni  eng  oxirgi va eng katta xato deb  aytishimiz mumkin.

Jonli, jonsiz har qanday  tan molekulalardan, molekulalar atomlardan tashkil topgan. Atom normal  xolatda  bo`linmaydigan eng kichik  modda parchasidir. Atom  yadro  va elektronlardan iborat.

Elektronlarning energiya yoki  oddiy  zarraligi xaqida shu kunga qadar aniq to`xtamga kelinmagan.  Ba`zan zarra, ba`zan  mazzzan, ba`zan  quvvatdir.

Yadro proton va neytronlardan tashkil topgaan.  Proton va neytronlarga ilgari parchalanmaydigan zarrachalar  sifatida qaralgan bo`lsa  xozir  ular ham parchalanishi ma`lum bo`lgan. Proton va neytronlar kvantlarga bo`linadigan kichik  zarralar deya  qabul  qilindi.    So`ngra  kvantlarning ham elektronlar kabi bo`linishi kasshf etildi.  Elektron va kvantlardan  ham kichik zarrachalar   “Neytrino”   deb ataldi. Neytrinoga xali aniq  tashbeh berilmagan. Ammo butun koinotning  bo`shliq  bo`lmay   zichligi va    quvvat   bilan  to`ldirilgani aniqdir.

Agar  biz  ortga  tasnif etsak  neytrinolardan kvantlar va elektronlar, kvantlardan proton va neytronlar, elektron, proton va neytronlardan esa atom, atomlardan molekula, molekuladan  jismlar xosil bo`lishini ko`ramiz. Agar  biz  turgan   xonamizni    mikroskop  bilan tomosha qila olganimizda  bormi, farqli yorug`likdagi   neytrinolar to`lqinini ham ko`ra  olar edik.

Bir- birimizni  neytrino  o`laroq ko`ra olmasligimizga sabab   ko`rish, eshitish, teginish   kabi sezgilarimizdir. Agar  bu sezgilarimiz bo`lmasa  bir-birimizni  maxsus zichlikka  ega neytrino  o`laroq  ko`rardik.

Buni anglaganimiz zamon  ko`rish , etitish va    teginish   kabi sezgilar  bu dunyoda yashasimizning  sababini anglatadi.  Agar bu sezgilar bo`lmaganida biz jismlarni bor yoki yo`qligini  bila olmasdik.

Xozir   “yaratilish”  kalimasi ko`p qollaniladi.  Bir necha yil avval “Kelinglar  yaratuvchilikka yo`l beraylik, yaratuvchi   insonlarga  eshiklarni ochaylik, farzandlarimiz yaratuvchi  bo`lsin” kabi jumlalar ko`p takrorlanar edi.     Ishlab chiqarish va barpo qilish  kabi  so`z birikmalari o`rniga  “Yaratish” kalimasi  qo`llanilmoqda.  Kibernetik tib  sizni nimaga tayyorlayapti?  Bundan  “Faqat  Alloh emas, siz ham yarata olasiz ”  degan  fikrni  anglay olmayapsizmi?  Shunday davom etsa  “Ikkinchi  bir yaratuvchi” tushunchasi    maydonga kelmaydimi?  Siz u yaratuvchiga ishona boshlaysiz.

Yaratmoq faqat  Allohning   sifatidir, boshqa hech kimsaning emas! Yaratuvchi kalimasiga diqqatliroq bo`ling.  Kitaobda yozilgan bo`lsa  darxol o`zgartiring, u shaklda o`qimang!

Bugun kibernetik fiziklar  “Ortiq  xolat shu qadar ochiqki, biz barcha jonli va jonsiz mavjudotlarni aslida     neytronlardan iborat bulut ekanimizni bilamiz. U xolda biz ruhmizmi yoki tana? Xozir  tana kabi ko`rinyapmiz, ammo ruh ham bo`la olishimiz mumkin ” deyishyapti.

Keyin  bir   bo`shliq  moddiylashib     “Men sizning  rabbingizman”    deydi. Kibernetik tib buni     har tomonlama  insonlarga    idrok ettirishga xarakat  qilyapti.   Xolbuki ruhni   Alloh  o`z ruhidan puflab yaratadi. Allohning ruhi  ayri bir  hilqat, u moddiylik bilan qorishtirilmas.   Biz neytrinolarning nimaligini bilmaymiz.  Balki ular     Allohning ruhiga o`xshar,  ammo uning bu safari  qanday kechishini  tushunmaymiz.

Genetiklar  “Yaratish”   so`zini ko`p  qo`llaydi va oz`lari   yaratishishga  xarakat qilishadai.  Irsiy o`zgarish,  DNK rekombinaciyalari  bilan amalga oshirgan  tadqiqotlarida xosil qilgan yangi  formalarni  “yaratdik” deya jar solishadi. “Bu yaratuvchalik” dan   g`ururlanishadi.  Aslida   Yaratganga  nisbatan  bjiz   “Yaratuvchilarnin  eng  go`zali  Allohdir”(Mo`minun surasi, 14-oyat)deb  ta`rif  berilmagan. Biz  turli usullar  bilan xosil qilingan narsalarga nisbatan  “yaratilgan” kalimasini  ishlatishdan qochaylik.  Allohga shirk keltirmaylik!

Shayton bilan tillashgan  ba`zi   olimlar xozir  “Biz ortiq Xudoga  muhtoj emasmiz.  Chunki  moddani neytrinolarga qadar parchalaab istagan narsamizni yarata olishimiz mumkin” deb intervyular berishyapti.  Alloh ham  “Shundaymi, qani bir  ko`raylik qanday yaratsiz” dedi. Ular  “Avval bir siqim tuproq va suv olamiz” deb bilag`onlik qilishdi.

Ammo  tuproq va suv  kimning mulki?

Davomi bor