O'zbekiston ERK Demokratik Partiyasi

Shoir Gözal Begimning tuğilgan kuniga

Shoir Gözal Begimning tuğilgan kuniga
21,473 views
31 January 2024 - 22:46

Bugun bu yerga juda ko’p narsalar yozishim mumkin edi…

Ammo negadir bug’zimga urilgan issiq xavodan ko’zlarimdan qaynoqina yoshlar quyuldi.

G’alati…

Men ko’zyoshlar ham issiq bo’lishi mumkinligini bugun angladim…

Ha hozirgina…

Aslida issiqlikni ilg’amay qo’ygan yuragimning g’alati urushi menga shu qadar yoqayaptiki…

Beixtiyor sen shu yerdamiding degandek nazar solayapman chap ko’ksimga…

U nimadir demoqchidik bo’lib yutunadi-yu…

Har xo’rsinganida qorachiqlarimdan buloqlar otilaveradi…

Nega gapirolmayapsan deyman unga…

Anchadan beri ichimda iliqlik yo’q edi.

Bu insonlarni yomon ko’rganimdan emas…

Bu men hech kimni yaxshi ko’rmay qo’yganimdandir balki…

Balki yaxshi ko’rganlarimdan olgan zarbalarimdandir bilmadim…

Hech onangizga onajon sizni yaxshi ko’raman deb aytolganmisiz?

Bugun men uchun onam kabi bir insoning tavallud kuni…

Men unga tabrik yozishim kerak.

Uyiga bir dasta gul ko’tarib borishga yaramagan bir qiz kabi…

Ona siz uchun jonim sadqadir degan so’zlarni bug’zidan chiqorolmayotgan farzand singari…

YURAKYALANG bu sim to’siqli umr tashvishlarini oshib o’tib tizzalariga bosh qo’yib uvvos tortgisi kelayotgan bir qiz kabi…

Onasining hiddini qumsagan bir bolakay misoli…

Sog’indim sizni deb aytolmasdan…

Tabrik ustida yum-yum yig’layapman.

Anchadan beri hatto tanamdagi eng og’ir og’riqlarnida his qilolmayotgan tosh kabi qotib qolgan yuragim hozir shu issiq ko’z yoshlardan hayajonda…

Men uni shoira bo’lgani uchun sevmayman.

Bitta qalbda noziklikni va shu bilan birga yovvoyi erkinlikni jamlagani uchun ham emas…

Yoki, jusasi kichkinayu g’amlari buyukligi uchun ham emas…

Yoinki, bir so’zli mard jasurligi uchun ham emas…

Hattoki jilmayib qaraganda yuraging chok-chokidan sitilib ketadigan darajada g’amgin ko’zlari uchun ham emas…

Men uni onamni nega yaxshi ko’rishimni bilmaganim kabi yaxshi ko’rishimni bilaman xolos.

Ortiq gapirolmayman …

Judayam sog’indim sizni.

Men uchun ayol va ona ideali shu bilan birga tanho do’st ideali faqat unda mujassam.

Hech kimga aytolmaydigan sirlarimni uning oldida bemalol aytolgan kunlarimdan boshlab quyosh nurlaridek qorachiqlarimga o’rnashib qolgan uning qiyofasi.

Men nima dey bir farzand onasiga qalbidagilarni to’la to’kis aytoladimi yo’qmi bilmadim-u…

Har qanday farzand onasini joni qadar sevishini bilaman.

Jonim opam yana ellik yil hozirgidek xuddi bugungidek bo’ling.

Yer kurasida kimni topdim kimni yo’qotdim bilmayman.

Ammo jonim qo’lida bo’lgan ZOTga qasamki…

Sizni topganimdan behad O’zidan minnatdorman.

Bir umr Ansorbekning, bizning baxtimizni ko’rib yuring.

Har doim Ansorbekning, yaqinlaringizning bizning baxtimizga sog’u salomat bo’ling ilohim.

Bizni esa Robbim sizning

Beg’ubor bolalardek sof kulgularingizdan…

Quyoshdek issiq qalbingizdan taralguvchi taftdan zinhor ayirmasin.

Opa,jonim opam dunyo turguncha turing.

Sizni o’z onamdek yaxshi ko’raman.

Ortiq ham ko’p ham emas!

Xuddi onam kabi.

Dunyo turguncha turing yolg’iz malhamim.

Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin.

Shahina Abdurazzoq