Surxondaryoga tayinlangan yangi, hokim bir o’qituvchining xayotiga zomin bo’ldi.
Kecha! Tongi vaqit bilan taxminan soati 08-00 lar atrofida Surxondaryo viloyatining Boysun tumani “Padang” qishlog’iga qarashli bo’lgan, 22-sonli maktab o’qituvchisi o’z onasining o’rniga farroshlik qilish maqsadida maktabning chap qirg’og’iga qarashli bo’lgan katta trassani supurayotgan vaqtida, ko’chaning chap tomonidan kelayotgan yengil avtomobil’ mashinasi o’qituvchini urub yuborgan.
Natijada o’qituvchi shu yerning o’zida vafot etgan. Avtomashina egasi esa, mashinaning rolini chap tomonga olgan vaqitida yo’l chekkasida bo’lgan, katta daraxtga borib urilgan.
Haydovchi hozirgi kunda shifoxonada “koma” xolatda yotibdi…
Bizga berilgan ma’lumotga ko’ra, Viloyat hokimi Ulug’bek Qosimov Boysundagi shu qishloq maktabi bilan tanishmoqchi bo’lgan ekan.
Biroq viloyat hokimining kelish munosabati bilan, tumandagi barcha maktablar o’qituvchilar tomonidan tozalash va oqartiruv ishlari olib borilgsan.
Bu ishda maktab direktorlari jonbozlik ko’rsatgan…
Faxriddin Tillaev