Biz mafkurasi chegaralangan AVLOD o’laroq.
ERKINLIK va HURLIKDAN doim yiroq tutildik.
Bizning G’OYALARIMIZ KO’NIKUVCHANLIK holatiga asoslanib qurilmog’i darkor edi.
Biz QURBAQANING QUSHLIKGA qilgan DAVOSINI MAQULLAB …
Uchaaadi degan-
“UCHADIGAN” Fikrlarni o’stirishimiz shart edi faqat.
Bizni uyg’otguvchi millat SHOIRLARI
Millat MA’RIFATPARVARLARI
doim bizdan yiroq tutilgan.
Ammo bu Johiliyat va zulim…
Faqat o’z-o’zini chohga chorladi.
TARIX- BUGUN va KELAJAK uchun Haqning haqiqatini isbotladi.
Barcha ijodkorlarning sovet davridagi Adabiyotlarini varaqlar ekanman.
Ayniqsa ilk kitoblarini faqat bir narsaga guvoh bo’ldim.
Va ixlosim sindi.
Ular Leninga atab yoki zolim Sovet hukumatini olqishlab ko’kga ko’tarib she’rlar yozishgan.
Eng yomoni esa Ular orasida hurmatimga sazovor bo’lganlaridan biri
Hatto Ollohga shak keltirib dinidan ham tongan-
Leninga madoxlik qilib she’r yozish jarayonlaridan birida.
(Hozir ularning nomlarini aytib go’rlariga g’isht qalamoqchi emasman.
Qolaversa Tarixning O’zi Odil Guvohdir.)
Shundan so’ng tinimsiz izlay boshladim…
Joni uchun g’oyasini sotmagan.
Halqumi g’amida Xalq g’amidan voz kechmagan …
Hur kishanlanmagan…
Bir g’oya egasi bormi???.
Kundan-kunga Leninga atalgan she’rlar ko’payar…
Mening esa ichimda daxshatim ortib boradi.
O’layotgan mafkuram Madox shoirlar ichidan…
Tirik jasoratni izlab- Chekinayotgan bir pallada…
Buyuk Ollohning Qudrati bilan Kamina
bor yo’g’i ikki misra she’r o’qib qoldim.
Bu ikki misra Yuqoridagi jamiki Manqurtlikni bosib ,
Yanchib ketgandek edi go’yo mening tasavvurimda .
Unda muallifni mutlaqo tanimasdim.
“SHUNDAY VATANING BO’LA TURIB.
QO’RQASAN O’LIMDAN”.
Bu o’sha “zulimni oqlab”-
“Zolimni olqishlab ” she’rlar yozish avjiga chiqan vaqtdagi …
Xalqimning bir botir bolasining solgan faryodi…edi.
U hozirgacha quloqlarim ostida yangrab turarkan.
MENING ILK TABRIGIM SENGADIR VATAN-
MANA SHUNDAY FARZANDING BORLIGI UCHUN.
TARIX SENGA RAHMAT!!!.
MUHAMMAD SOLIH ISMINING ULKAN YUKINI OCHIQLASH ORQALI KELAJAK UCHUN TABRIKNI O’ZING YO’LADING!!!.
OG’AM SIZGA RAHMAT.
BIZ YANGI AVLOD UCHUN
XALQNING ERKINLIK G’OYASINI O’ZBEKNING BOTIR BOLASINI
O’ZBEK MILLATINING TOZA SHA’NINI HADYA QILGANINGIZ UCHUN!!!.
BUTUN O’ZBEK MILLATI NOMIDAN XALQINING SHA’NI VA ERKINLIGI UCHUN KECHGAN KURASHDA
TO’G’RI HAQ VA ODIL BO’LGAN HOLDA ZABARDAST TURGAN O’ZBEK MARIFATPARVARI VA MILLAT SHOIRI
MUHAMMAD SOLIHNI
MAVLUD AYOMI BILAN CHIN QALBDAN MUBORAKBOD ETAMAN!!!.
(Va ushbu matni barcha O’zbek yosh avlodlari nomidan yo’layman ).
BIZ HAMON QUYOSHNI KUTAYOTGAN XALQ.
Atrof jim.Zabonsiz etilgan Millat-
Hamon ovoz berar o’tmishga Imllab.
Jalodlar ichidan qon kechgan Vatan-
Qayta tug’ulmoqchi bo’lar Qo’rquvdan.
Iltijo etaman.Yurakda og’u
Ko’zlarda chaqmoqdek saqlamoq yoshni.
Buncha og’ir bo’lar jig’ildon aro-
Hazm etilgan Qalb-“Va Ruhan Ochlik!!!.
Atrof jim.Uch nuqta.So’roqlangan tush.
Chaqaloq hayotin etishar talqin…
Hali tug’ulmagan Muhammadlarin-
Ko’ksiga yashirib jon berarXalqim!!!.
Manqurt Miyalarda Maydalashgan Ong-
Jig’ildonlar aro O’sgan Tassavvur.
Hamon Cho’ntaklarga Qamalgan Erkning-
Qurboniga aylangan Xalqqa Osonmi???.
Atrof jim.Zil-zila sadosi yangrar.
Muhitning qulog’i go’yo tom bitgay…
Xalqning Bolalari “Eski Tush” aro
Hamon Uxlamoqda “Yangi Sarqitday”.
Atrof jim.Quyoshning haroratini.
Yomg’irning vaznini… Yer nafasini.
Hisoblar. Javobgar etilgan xalqning-
Sanasa bo’ladi Qovurg’asini…
Iltijo etaman.Tuynukdan qarab-
Olamga chiziqlar tortgan Qavmga…
Daxshatlar ichida tug’ulgan Avlod-
Ramkaga sig’masa- “kesib olingan”.
Fursat fojianing daxshatin sharhlar.
Hamon Haq so’zi deb otilgan Erkning-
Tanho bolasini chorlasak Vatan-
Sening eshiklaring Haqlikga berkdir!!!.
Atrof jim.Zamin qalqir oyoqa…
Tovonidan Osilgan MILLATGA Badal.
Haq deb Xalqidan ayro etilgan-
Bolasini so’rab Hayqirar Vatan.
Iltijo etaman.”Qotil jarayon”.
“Natijada esa Mavhum O’limlar”.
Bu Xalq “O’sayotgan-Qo’shimchalarning
Nahot Qoldiqlari kabi Bo’lingan???.
“Millatning ko’ziga yozilgan Xatday-
Va kirib ulgurgach Yurakga qadar!!!.
O’shal Muhammading “Qora ro’yhatlar”-
Sendan ayirgani rostmidi Vatan???.
ILTIJO ETAMAN.Egma bo’yningni …
“Zulmatga ko’nikmas Yurak-la” zotan-
Men hamon “Quyoshni Kutayotgan Xalq”-
Oddiy Nur So’rovchi Yangi Avlodman!!!!
Iltijo etaman.Cho’kma Zulmatga-
Yetar Kishanlarni Uloqtir Vatan-
Qayta Tug’ulajak Bu Kun Quyoshing.
Elingning Boshida Muhammad bilan!!!.
Shaxrina Abdurazzoq



Каримберди Тўрамуроднинг “Триптих”и ҳақида
Вячеслав Ахунов: Ўзлик қандай ўзгартирилмоқда?
Малоҳат Эшонқулова: Ўзбекистон режими танқиди ортидан YouTube’даги каналим ёпилди
“ВОДИЙДА ЎЛИШ ТАКИКЛАНАДИ”
Гўзал БЕГИМ: ЭРК МУАЛЛИМИ