O'zbekiston ERK Demokratik Partiyasi

Enver poshoning yagona o‘g‘li uchuvchi yuzboshi Ali Enver

Enver poshoning yagona o‘g‘li uchuvchi yuzboshi Ali Enver
96 views
27 September 2025 - 7:11

Shtab ofitserligi imtihonidan o‘tgan bo‘lsa-da, “Enver poshoning o‘g‘li, balki keyinchalik boshimizga balo bo‘lar” degan bahona bilan unga shtab ofitserligi berilmagan va shu sababdan u yuzboshi (uchuvchi) unvonida armiyadan chiqib ketgan.

Sobiq Havo kuchlari qo‘mondoni Muhsin Batur posho, Ali Enverning dafn marosimida shunday degan edi:
“Biz katta bir xato, hattoki jinoyat qildik. Bu bola Havo kuchlari qo‘mondoni bo‘lishi kerak edi, ammo hozir fojiali tarzda vafot etdi.”

Ali Enver Ikkinchi jahon urushi davrida Angliyada Turkiya armiyasining boshqa uchuvchilari bilan birga RAFda (Qirollik havo kuchlari) tahsil oladi. O‘sha davrda Rauf Orbay Londonda elchi bo‘lgan va Angliya bosh vaziri Uinston Cherchill bilan Ali Enverni uchrashtiradi.

Uinston Cherchill, Chanoqqal’a mag‘lubiyatini nazarda tutib, Ali Enverga shunday deydi:
“Senning otang Enver posho mening siyosiy hayotimni 20 yil orqaga surib yubordi.”

Ali Enver 1971-yilda borgan Avstraliyada daryo bo‘yida yiqilib, boshini toshga urgan va vertolyot bilan kasalxonaga olib ketilayotganida vafot etgan.

КУН ЯНГИЛИКЛАРИ
Gulnor (8-qism)
КУН ЯНГИЛИКЛАРИ
Gulnor (7-qism)
КУН ЯНГИЛИКЛАРИ
Gulnor (6-qism)
КУН ЯНГИЛИКЛАРИ
Gulnor (5-qism)
КУН ЯНГИЛИКЛАРИ
Gulnor (4-qism)
КУН ЯНГИЛИКЛАРИ
Gulnor (3-qism)
КУН ЯНГИЛИКЛАРИ
Gulnor (2-qism)
КУН ЯНГИЛИКЛАРИ
Gulnor (1-qism)