O'zbekiston ERK Demokratik Partiyasi

Aleksandr Sotnik: Rossiya Turkiyada diversiya faoliyatini kuchaytirmoqda

Aleksandr Sotnik: Rossiya Turkiyada diversiya faoliyatini kuchaytirmoqda
317 views
16 April 2025 - 19:25

Men bilan Rossiya Mudofaa vazirligi bilan bogʻliq manba aloqaga chiqdi va Rossiyaning Turkiyada diversiya (sabotaj) faoliyatini kuchaytirayotganini maʼlum qildi. Maqsad — mintaqaviy mojaroni qoʻzgʻatish va Turkiyaning NATO ichida Yevropada birlashtiruvchi kuchga aylanishiga yoʻl qoʻymaslik.

Turkiyaga Rossiya Mudofaa vazirligiga qarashli yaxshi tayyorlangan “harbiy maxsus kuchlar”dan tashkil topgan bir nechta sabotaj guruhlari yuborilgan — bular professional qotillar va terrorchilardir. Jami 100 ga yaqin zobit yuborilgan. Ulardan 30 nafari Kurdistonga, yana 30 nafardan iborat 2 guruh esa Anqara va Istanbulga yoʻnaltirilgan.

Ikki kishining ismi ma’lum. Kurdistonga polkovnik Koçetkov yuborilgan. Istanbulga esa polkovnik Aleksandr V. Ivanov oʻz guruhi bilan yoʻl olgan. Bu guruh tarkibida turk millatiga mansub 3 dan 5 gacha Germaniya fuqarolari ham bor. Ushbu guruhlar Istanbulda tartibsizliklar uyushtirishi va aholini qoʻzgʻatishi kerak. Boshqa maqsadlar qatorida Prezident Erdog‘anga suiqasd uyushtirish ham mavjud.

Ushbu ma’lumot menga bugun, 14-aprel kuni, Markaziy Yevropa vaqti bilan soat 12:00 da ma’lum bo‘ldi. Sizga yetkazishni oʻz burchim deb bilaman va bu xabarni inglizcha hamda turkcha tillarda iloji boricha keng tarqatishingizni soʻrayman.

Manba