Ustozimiz MUHAMMAD SOLIH hayotlariga
atab bitilgan bir kichik matn.
Atrofda
Odam yo’q,
emaklab yurar!.
Dubulg’allar ichra sollanar boshi.
U “shunday olamda”-
“Temir panjallar”…
Ortidan ko’radi,
faqat Quyoshni.
Atrofda odam yoʻq.
Ovozllar bordir!.
Iltijoli boqqan nigohlar ichra.
Intiq “olomonga” ko’ksini yorib…
Temir panjarada haqiqat-
quchgan.
Atrofda odam yo’q:
Qonunlar yashar.
Temir qoliplardan izlashib- ma’ni…
Tizimlar qurboni bo’lgan tosh shahar-
Tuynugidek ko’rar ayni dunyoni.
Atrofda odam yo’q:
Salallar yashar.
Hamyonlar ichida uzilgan boshi.
“Quloq”qa aylangan vujudi
bilan…
Mafkura yo’lida zanjirlar tashir.
Atrofda odam yoʻq.
Savollar bordir!.
Yoqasi yirtilgan.
Yemrilgan tani!.
Bellari bukchaygan.
Yelkasi tushgan-
Qismatning oldida:
javobing qani?.
Atrofda odam yoʻq.
Niqoblar yashar.
Baland devorlardan izlar.Sohibi-
Yumshoq kreslolar.
Uzun zinalar…
Ortidan kashf etar-
“Xalq gunohini”!!!.
Atrofda odam yoʻq.
Maddoh jamiyat-
Bo’yniga osmagan
sirtmoq jilovdor.
Qancha yaqinlashsam
shuncha xatarga-
Atrofda Odam yoʻq…
Men va Xudo bor!!!.
Shaxrina Abdurazzoq



Каримберди Тўрамуроднинг “Триптих”и ҳақида
Вячеслав Ахунов: Ўзлик қандай ўзгартирилмоқда?
Малоҳат Эшонқулова: Ўзбекистон режими танқиди ортидан YouTube’даги каналим ёпилди
Гулнор (аудиокитоб)
“ВОДИЙДА ЎЛИШ ТАКИКЛАНАДИ”