O'zbekiston ERK Demokratik Partiyasi

Jarayon

Jarayon
193 views
25 September 2021 - 22:07

Ushbu maqolani fasebok sahifasida ko’rib qolganim shunday bir ibora sabab yozishga jazm etdim:

“Men Muhammad Solihni muhosabaga chaqiraman, unga yaqinlashgan yoshlar nega qamalevaradi?

Mana, Rahmiddin Abrayev ham Muhammad Solihga yaqin bo’lgani uchun qamalib ketdi“ .

degan tuhmat bir post majbur etdi meni .

“Hech qachon hech kimga loy chaplamang.

Otgan loyingiz unga tegmasa ham qo’lingiz iflosligicha qolaveradi.”

Aslida, Bobomurod Abdullaev degan bir ko’rnamak ham “Muhammad Solih

meni ,Akrom Malikni va yana boshqalarni qamatdi” degan ig’vo bilan chiqgan edi.

Endi bunisi chiqdi.

Kamina javob berishni lozim topdim chunki men, o’sha tuhmatchilar tilga olayotgan Rahmiddin Abrayevning turmush urtog’i Shahina Abdurazzoq bo’laman.

Gapni biroz uzoqdan boshlamoqchiman.

Atrofimda nima bo’lishidan qa’ti nazar ko’rmagan ,ustida bo’lmagan hodisalarim haqida so’zlamoq menga nojoiz .

Hayot strelkasi shiddat bilan javlon urmoqda.

Men uning qayerda, qachon va qanday holatda to’xtashini bilmayman.

Ammo qachondir to’xtashi aniq.

Ushbu aniqlik hodisasi sabab, faqat ko’rgan va bilgan voqeliklarimnigina so’zlashga intilaman.

Inson Xaq taologa yaqinlashgani sari, Xaqga yaqin bo’lgan insonga nisbatan nohaqliklar ham oshib boraveradi.

Bu unga XAQning sinovi .

Fravn deydiki :Ey Muso

“Men xudoman .

Butun mo’jizalar mening qo’limda.

SEN MENGA SIG’IN.

YO’QSA ALBATTA YUTQIZASAN …

Buni eshitgan Muso alayhisalom:

“YUTSAM HAM.

YUTQIZSAM HAM .

MENING TOMONIM ANIQ.” deya javob bergan ekanlar.

Bugun turli bloger,adabiyotshunos va yoki yosh olim niqobida “men hudoman” deganlarning oyoğini yalayotgan munofiqlarga ayni javobni bergim keladi.

“BİZNİNG TOMONİMİZ ANİQ” .

Biz nima bo’lsa bo’lsin,

Haq tarafida va Unga xiyonat etmagan insonlar tarafida turamiz.

Yaratgan bizni bu yo’ldan hech qachon toydirmasin.

Bir insonni tanish uchun va uning tarafida turish uchun bu inson haiqda hamma narsani bilish shart emas.

Bir kichik hodisaning o’zi insonning butun biografiyasidan ko’proq ma’lumot berib qoladi,

bazan u haqda.

Taxminan 2020 -yil .

May oxiri, iyun oylari.

Turmush o’rtog’im Rahmiddin Abrayev qamoqda o’tirgan Akrom Malik bilan aloqa qilib turar va uni juda maqtar edi.

Biz er-xotin uning qamoqdaligiga ichdan achinardik. Va uning qamoqdan chiqishini astoydil istar edik.

2020-Yil qish

Akrom Malik qamoqdan chiqdi. Ho’jayinim juda sevindi va U Ustozimiz

Muhammad Solih Akromni o’zi boshqarayotgan

“ERK” partiyasi safiga olib, keyinroq bu partiyaga rahbarlikka tayorlashini mo’lajallayaptilar,dedilar. Tabbiyki ustozning bu fikrini turmush o’rtog’im ham to’liq qo’llab quvatladilar.

Men u kishidan “Ustoz nega buncha shoshilinch qaror oldilar. Akromning bundan habari bormi, o’zidan so’radingizmi”, deb so’radim. “Akrom Malikning habari bor, hatto uning o’zi ustozdan partiyani so’rayapti”, dedilar.

(Ba’zi yozishmalarini o’zim ko’rganman eng keraklilariga to’xtalaman.)

Shu yo’sinda maqolalar e’lon qilindi. Akrom Malik istagani kabi unga partiyani topshirmoqchi bo’lishdi…

Birdaniga Akrom Malikning otasi bu holatga qarshi

“vedeo murojat “qilib chiqdi.

Akrom Malik esa bu chiqishida go’yoki hech qanday partiyani hech kimdan tilanmagan va o’ziga hech qanday partiya kerak bo’lmagan …

Aslida esa uni go’yo siyosatga MUHAMMAD SOLIH “majburlab “olib kirayotgandek bir ro’l ijro etdi.

O’sha kuni kechqurun soat O’n ikkilardagina Ustoz bilan bog’lana oldilar turmush o’rtog’im.

“Bor yo’g’i ikki og’iz gapirdilar- Tamom” .

Gaplasha oladigan holatda emasliklari bilinib turardi.

Ichimizdan zil ketdi, bir-birimizga termulib qoldik…

Oradan bir daqiqa o’tar o’tmas Akrom telefon qildi. Bundan o’zi ham qattiq og’ringanini aytdi.

O’sha kecha Ustoz bizdan bir , og’ir sirni yashirdilar.

Partiyani menga bering men bunga tayyorman degan, Akrom .

Ustozning ishonchiga kirmoqchi bo’lib,

bazi haqiqatlarni aytgan. Akrom men Oq Mergan taxallusi bilan sizning tarafdorlarga qarşi hususan Malohat Eshonqulovaga qarshi maqolalar yozdim, deb etirof qilgan.

Buni faqat og’zaki emas, Ustozga yozgan xatida ham o’z qoli bilan yozib qo’yibtdi. Bu xat

yoyinlandi ham.

Ustoz Muhmmad Solih bu yosh ko’rnamakni ihota qilib, ayab, bizga uning kerakli tashkilotga imzo berib chiqqaanini va kerakli tashkilotning “Oq Mergan” sahifasida Ustoz tarafdorlariga qarshi yozayotganini aytmaganlar.

Va shu bilan, yosh olimni himoya qilaman deb o’ziga katta zarba oldilar ham Ustoz.

Yana bir haqiqat .

2020 yil iyun oyi EDI.

Oilaviy ahvolimiz sal tangroq bo’lgani Bois.

Biroz qiynalayotgan edik . Kamiga bolalarimiz ham kovidga chalinishgan mahalar edi.

Turmush o’rtog’im shu holatimizda.

Bir insonga biroz yordam qildilar.

Bu insoni men bilar edim. Savob uchun.

Duo qilar dedim.

Oradan ikki Kun o’tib Turmush o’rtog’im Shahina dedilar : “feecbookda bir, “oq mergan” degani paydo bo’lgan.

Aslida Kim ekana u dedilar.Ba’zi bir maqolalarini o’qib berdilar.Topsam o’zim bilardim, dedilar g’azablanib. Ustoz bizdan o’sha oq merganni yashirganlar.

Ya’nikim “oq mergan taxallusida” va boshqa taxalluslarda Muhammad Solih haqida uyum-uyum oqshom ertaklari to’qigan, Akrom bilmadim qaysi yuz bilan…

Ustozdan kechirim so’raydi VA uning ishonchiga qayta kirmoqchi bo’ladi?!.

Muhmmad Solihning “Akrom Malik menga haqiqatni aytdi” deb uning xiyonatini ham kechirib yuboradigan darajadagi inson ekanligini Akrom ham, uning orqasida turganlar ham yaxshi bilishar edi. Ustoz uzoq yillardan beri o’ziga voris tayorlashga uringanini do’stlar davrasida e’tirof etganini turmush o’rtog’im ko’p marta menga aytganlar.

Ammo bu yoshlar paydo b’lavermaganidan keyin tavakkal qilaboshladlar shekilli, kerakli idoralar unga “Akromlar” ni yolladı.

Ustoz yanada bularni kechirdi deb o’ylayman.

Yaratgan Olloh bandalarining ichida kechirimlilarini sevadi.

Akrom siz, ollohning sevgan bir bandasiga fitna tayyorladingiz. Ustoz kechirishi mumkin sizni, ammo yoshlar kechirmaydi, chunki siz yoshlarni tamsil qilib bordingiz u dargohdan. Bu mamlakatning vşijdonli yoshlari sizni aslo kechirmaydi. Buguın xiyonatingiz uchun olgan VA olayotgan mukofotlaringiz mutloq burningizdan chiqadi bir kun.

Sharmandalar taxtasiga nomingiz osiladi

xudo xohlasa.

Akrom, sizning niqobingizni buyuk Robbimning o’zi-o’zingizning qo’laringiz bilan ochdi.

Muhammad Solihning taklifini rad etganinggizdan ikki Kun o’tib o’zingiz watsappdan yozib qoldingiz. “Ustoz adashmadiilar. Erk uchun O’zbekistonda mendan boshqa loyiq xalol odam yo’q.

Ustoz to’g’ri qaror qabul qildilar. ERKNING RAHBARLIGIGA MENDAN ORTIQ LOYIQ NOMZOD YO’Q. O’ZBEKISTONDA ESI BOR HAMMA AKROM MALIKGA ITOAT ETISHI KERAK”.

Bu yozuv hali ham turibdi. Ko’pchilikka yuborildi bu yozuv. Bu sizning haqiqiy yuzingizni ko’rsatadigan hujjat. (Qayta-qayta o’qiyapsizmi?.Men ham o’shanda shunday qayta-qayta o’qigan edim.)

Hammasi mayli, lekin qanday qilib bir dindor odam, kunda besh Bor sajdaga bosh qo’yib ollohni tilga oladigan inson .

Uni Yaratgan Robbi turib …

“ITOAT ETISHI KERAK..”

degan shirk so’zini tilga olishi mumkin???

“Oq mergan”ligini-ku mayli xudoga soldik, deymiz .

Lekin bunisi ziyodasi bilan oshib tushdi. Bularni ko’rib, “Darvinning odami maymundan emas, ilondan tarqagan bolsa kerak” deb o’ylaydı kishi.

Bular Darvinning “odam”lari.

Nuqul shu voqealarni eslasam,

mo’ltirab turgan bolalarim…

”Oqmergan” Kim deya uyning u boshidan bu boshiga g’azab bilan borib kelayotgan Turmush o’rtog’im ko’z oldimga kelaveradi.

Bizku mayli lekin bu Ustozga nechanchi…?

Necha minginchi XIYONAT?.

Yillarcha davom etyotgan “tashviqotlarning”, “tashkilotlarning” nechanchi fitnasi bu.

ENDI “MUHAMMAD SOLIH YOSHLARNI QAMATDI”.degan ayblovga to’xtalaman.

Kimni?…Akromnimi?… Qamoqda shuncha badkirdorliklar qilib yana tashqariga chiqib Ustozning va yaqin birodarlarining ishonchidan foydalanib, SAHNAVIY KO’RINISH UYUSHTIRGAN AKROM-“MUHAMMAD SOLIHNING SHE’RLARIGA MAHLIYO BO’LIB” JAZOLANADIGAN SODDA YIGITMI?.

Agar shu ma’lun SODDA bo’lsa UNING YANGI VERSIYASI DAJJOLMI???…

XO’SH nega endi- bu maqolani e’lon qilayapman. Kasalxonada ichki o’ylar qurshovida shiftga termulib yotarkanman…

Olloh barchalaridan rozi bo’lsin. Ustozimiz qolaversa Turmush o’rtog’imning do’st-u birodarlari hol so’rashgandaTurmush o’rtog’imni so’rab surishtirishganda suhbat tugashidan oldin yordam kerak emasmi deb so’rashganda.Telefoni qo’ygach yig’lar edim . Men ularni doim duo qilaman

. Va ularni haqiqiy Musulmon Turk o’g’lonlari deb bilaman.

Manashunday bir vaziyatda ba’zilar Ustozning yoqasiga yopishishdi. Ya’nikim MUHAMMAD SOLIH sababchi Rahmiddin Abrayevning qamalishiga…degan iddao bilan.

Kechirasizlar sizlarning maqsadingiz Rahmiddin Abrayevning nimaga qamalgani emas, MUHAMMAD SOLIHga yangi bir ayb to’nkash!

Aksi bo’lganda kelib, bizdan hol sorab, Abrayevga nima bo’ldi deb ,buni bizdan surishtirgan bo’lar edingiz…

RAHMIDDIN ABRAYEV MUTLAQO SIYOSIY FAOLIYATI UCHUN QAMOQDA SAQLANAYOTGANI YO’Q.

2020 yilda maishiy janjal tufayli Uch yilga ozodlikdan cheklangan edilar. Muammo hozir oilaviy.

Hech Kim bu hodisani siyosiylashtirmasligini va bundan foydalanib boshqalarning yuziga loy chaplashga urinmasliklarini iltimos qilaman .

Vaholanki, Rahmiddin Abrayev Agar siyosat borasida qalmalganlarida ham “MEN MUHAMMAD SOLIHNING SHE’RLARIGA MAHLIYO BO’LIB JAZOLANDIM “DEYDIGAN ODAM EMAS .

BU BORADA BOSHGA QILICH KELSA “IIX DEMAYDURG’ON ” YIGITLARDAN U KISHI.

MEN BUNGA ISHONAMAN.

MUHAMMAD SOLIHNI maxv etish maqsadida o’ylab topilgan mingllab fitnalar uyushtirilgan omaviy bo’htonlar,

Bu voqealar MUHAMMAD SOLIH shaxsiyatini, Uning insoniylik darajasini yanada chuquroq ochib berdi bizga.

Ustozga bir necha bor bu kimsalarga javob qaytarish niyatim borligi haqida aytganimda, u kishi menga “sizlar o’zlaringizni o’ylanglar .Menga 30-yildan buyon tosh otishadi.

Bitta tosh kam, bitta tosh ko’p farqi nima?” dedilar.

Oxirgi marta esa

“meni Ollohning o’zi asraydi. Sizlar o’zlaringizni ehtiyot qilinglar”, dedilar.

Ollohga shukurki bizni deb xavotirda bo’lgan va zaracha gunohsiz bo’lgani holda bizni deb aybdor etilgan Insonga otilgan toshlarni bemalol kuzatib chetda o’tiradigan darajada “Ma’lun Hujayralar” birikmasidangina iborat emasmiz!

Inson balchiqqa botib borayotganining ilk kuni atrofidan keladigan qo’lansa hidni anglab mushohada eta oladi. Ikkinchi Kun beligacha balchiqga botib borayotgan odamda …

Aslida balchiq unchalik ham yomon emas degan tushuncha paydo bo’ladi. Qarabsizki bug’zigacha balchiqga botganining uchunchi kuni inson Balchiqda ham yashash mumkin ekan degan xullosaga keladi . Biz bu holga tushishdan Robbimizga sig’inamiz!

*

Afrikada bir hil chumoli bo’lar ekan.To’da-to’da bo’lib siljigandan ikki Uch tanob yer qop-qora bo’lib ketarkan. Agar yo’ldaa chuqurlik uchrasa

Oldindagilar o’zini chuqurga tashlayverar ekan. Keyindagilar uning ustiga… Undan keyin yetib kelganlar Yana uning ustiga…

Ishqilib chuqurni o’z gavdalari bilan to’latib ko’prik hosil qilmaguncha bir- birlarining ustiga tashlayverar ekanlar. Bordi-yu bu chuqur emas tubsiz jarlik bo’lsachi…?

Ma’lumki chumolilardan birontasi buni bilmaydi ham O’ylamaydi ham . Ular faqat birin ketin yurish kerakligini, halok bo’lganda ham birin ketin halok bo’lish kerakligini biladi. Milliardlar o’z jasadidan ko’prik yasaydi.

Orqadagi milliardlar shu ko’prikdan hech narsa bo’lmaganday o’tib ketadi.

“Ular faqat birin ketin yurish kerakligini bilishadi”.

Ushbu safga sig’magan…

VA qullik zanjirini qabul etishni istamaganlarga,

uloqtirganlarga esa –

Yuqorida aytib o’tganimiz Kundan- Kun balchiqga botib borayotgan (bir JAMIYATDA)

Balchiq ichida ham yashash mumkin deya xullosa paydo qilganlar .

Loy chaplashmoqdalar.

MEN UCHUN NATEJANING AHAMIYATI YO’Q.

MEN UCHUN JARAYON MUHIM .

CHUNKI NATEJAGA HAR QANDAY YO’L BILAN ERISHISH MUMKIN.

MOHIYAT JARAYONING QANDAY BORGANLIGI BILAN O’LCHANADI!!!.

Shahina Abdurazzoq

Manba: Facebook