O'zbekiston ERK Demokratik Partiyasi

Muhmmad Solih: “Dunyo yangi sovuq urush ostonasida turibdi”.

Muhmmad Solih: “Dunyo yangi sovuq urush ostonasida turibdi”.
843 views
03 March 2022 - 19:38

“Ukrainaliklar erkinlikka loyiq xalq ekanliklarini dunyoga ko’rsatdilar”
Taniqli o‘zbekistonlik siyosatchi, jamoat arbobi va dissident Muhammad Solih “Armiya.az” axborot-tahliliy portali savollariga javob beradi.
Ukrainada sodir bo’layotgan butun voqealar jahon hamjamiyatining diqqat markazida. Dunyo butunlay falokat yoqasida va “Karib dengizi inqirozi”dan keyin birinchi marta er kürrasi yadro urushi xtahlikasi ostida qoldi. Ukrainadagi hozirgi vaziyatni qanday tavsiflash mumkin va Uchinchi jahon urushining boshlanishi ehtimoli bormi?

-Ukrainaliklar butun dunyoga OZODLİKKA LOYIQ XALQ ekanliklarini ko’rsatdilar. Ular bu ozodlik uchun o‘limga tayyor ekanliklarini isbotladilar. Bu jasur xalqqa shon-sharaflar bo’lsin! Dunyomizning kelajagiga kelsak, hozircha bir narsa aniq: dunyo yadroviy kuchlar o’rtasidagi sovuq urushning yangi bosqichiga yaqinlashdi. Ammo Uchinchi jahon urushi bo’ladimi, yoqmi, hozircha hech kim bashorat qila olmaydi. Ha, Rossiyani boshqarayotgan V.Putin – diktator xarakteriga ega rahbar. Bu nafaqat Yevroosiyo mintaqasi, balki butun dunyo uchun potentsial halokat xavfini keltirib chiqaradi. Agar Putin Ukrainani yutayotib, buğzidan kechayotgan parcjhalardan bo’g’illsa, jahon urushi xavfi albatta kamayadi. Agar bu yuz bermasa, G’arb (AQSh) o’zining “harbiy sohada aralashmaslik” strategijasidan voz kechib, Rossiya Federatsiyasi nomidagi tajovuzkorni jilovlash bo’yicha yangi strategiyani amalga oshirishga majbur bo’ladi. Bu tadbir esa jahon urushidan keyin o’rnatilgan “yangi dunyo tartibi”ning oxiri bo’ladi.

– SSSR parchalanganiga hammamiz guvoh bo‘ldik. Endi yana ko’plab tahlilchilar Rossiya Federatsiyasi qizil imperiyasining taqdirini bashorat qilmoqdalar. Mohiyatan, Rossiya Federatsiyasi SSSRdan nimasi bilan farq qiladi va Putinni o‘z mamlakatini aniq tubsizlikka olib kelgan bunday qadamga nima undadi?

– Ha, Putinning bu agressiv “sarguzashtlari” dunyo nazdida Rossiyaning obro‘siga katta putur yetkazdi. Buni BMT aʼzolarining bu masala boyicha bergan ovozi koʻrsatdi: Putinning oʻzi kabi diktatorlar tomonidan boshqariladigan bir necha davlatni istisno qilganda BMT ning aksariy azolari Rossiyadan yuz oʻgirdi. Bu Rossiya uchun achinarli hol. Bu holat Rossiyada hududiy bo’linishga sabab bo’ladimi, yoqmi, buni vaqt ko’rsatadi. Hokimiyatning faol markazlashuvi va avtonom viloyatlarning ularni Putin hokimiyatga kelishidan oldin erishgan nisbiy iqtisodiy erkinligidan mahrum qilgan Markazga bolgan nafrati yuqorida aytib o‘tilgan Rossiyaning parchlanishi uchun detonator bo‘lishi mumkin.

– Rossiya Qurolli Kuchlari qo’mondonligi kutganidan farqli o’laroq, ukrainaliklar o’z erlarini, shaharlarini va uylarini munosib himoya qiladilar. Qrim va Donbassning bir qismi bosib olingan 2014-yilda Ukraina xalqi bunday birdamlikni namoyish eta olmadi. Xalq yig‘ilib, kurashmoqda. Ukraina qurolli kuchlari partizan urushi usulini qo‘llaydi, rus qo‘shinlari kirib kelgan shaharlarda haqiqiy janglar davom etmoqda. Ukraina shaharlarida yuzlab harbiy texnika va minglab rus askari yo‘q qilindi. Ukraina xalqidan buni hech kim kutmagan edi. Ukrainaning bu urushga tayyorgarligini qanday baholaysiz?

– Birinchidan, dunyoda siyosiy vaziyat o’zgardi. Buyuk davlatlar ortasidagi ziddiyat nihoyatda kuchaydi. “Buyuk kuchlar” kuchaydi. Bu dev davlatlar orasida joylashgan “kichik xalq”ning o‘z ozodligi uchun kurashiga katta turtki berdi.
Ikkinchisi, lidelik omil. Ekstremal tarixiy vaziyatlarda lider omil katta rol o’ynaydi. Dushmanlar uni shunchaki komediant deb masxara qilgan Zelenskiy haqiqiy vatanparvar bo‘lib chiqdi. Bu ikki omil ukrainaliklarning Rossiya harbiy agressiyasiga muvaffaqiyatli qarshilik ko’rsatishinida muhhim rol oynadı.
– Qorabog’dagi urush, Qozog’istondagi so’nggi qonli voqealar, hozir Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarshi total urushi – bu voqealar o’rtasida qandaydir bog’liqlik bormi?
– Bor. Bu bog’ kommunistik illatdir. uni xalqlarimiz haligacha ongu shuuri va hayotlaridan chiqara olmayapti. Internetga bir qarang: nafaqat shovinistik rus targ‘ibotchilari, balki Putinni qo‘llab-quvvatlab, “SSSRning baxtli davriga” qaytishni orzu qilayotgan bizning odamlarimiz ham ancha-muncha.
Qul psixologiyasi bugungi kunda “Katta Og’a” Putinning qilmishlarini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlayotgan Markaziy Osiyoning ayrim davlatlari yetakchilarining genlarida yashayapti. Bizning barcha muammolarimiz shu qul psixologiyasi bilan bog’liq. Biz bu qullikni ongimizdan chiqarib uloqtirmagunimizcha ozod inson bo’la olamiz.

– Turkiyaning zamonaviy geosiyosiy jarayonlardagi o‘rni qanday. NATO aʼzosi sifatida Anqara soʻnggi yillarda Rossiya bilan munosabatlarni eng yuqori darajaga koʻtardi va hozirda Rossiya va NATO urush yoqasida. Sizningcha, u bu vaziyatda nima qiladi?

– Turkiya ham Ukraina, ham Rossiya misolida ittifoqchilarini yo‘qotmoqchi emas. Va bu ikki davlatga nisbatan mutanosib siyosat yuritishga harakat qilayapti. Biroq, bu pozitsiya Turkiyaning Qrimning Rossiya Federatsiyasi tomonidan bosib olinishini tan olmaslikka va Ukrainani o’z mustaqilligi uchun adolatli kurashida qo’llab-quvvatlashga to’sqinlik qilmaydi. Turkiya Yevroosiyo davlatlariga nisbatan pragmatik siyosat yuritmoqda.

Manba: Armiya.az