O'zbekiston ERK Demokratik Partiyasi

O‘g‘uzhan Atik: Turk davlatlarining maqsadi nima? Janubiy Kiprni nega tan oldilar – 12 milliard dollar uchunmi?

O‘g‘uzhan Atik: Turk davlatlarining maqsadi nima? Janubiy Kiprni nega tan oldilar – 12 milliard dollar uchunmi?
141 views
17 April 2025 - 10:54

Bu hafta kunlar davomida nomi tez-tez tilga olingan muhim bir mavzu haqida gaplashamiz. Turkiy Davlatlar Tashkilotining ayrim muhim a’zolari Janubiy Kiprda elchixonalar ochib, katta bahslarga sabab bo‘lishdi. Bugun aynan shu masala haqida so‘z yuritamiz. Voqealar bu darajaga qanday yetib keldi? Qanday sabablar bilan bu qadamlar tashlandi? Turkiy Davlatlar Tashkiloti parchalanyaptimi? “Qardoshimiz” deb bilgan davlatlar bizni ortimizdan xiyonat qildimi?

Bugun shunday savollarga javob izlaymiz. Eng avvalo e’tibor qaratishimiz kerak bo‘lgan narsa – bu 4-apreldagi Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo sammitidir. Turk respublikalari tomonidan tashlangan bu qadamlar bundan oldin boshlangan bo‘lsa-da, aynan shu sammit bu qadamlarning yakuniy bosqichi deb aytish mumkin.

Eng birinchi bo‘lib bu qarorni Qozog‘iston e’lon qildi. Yanvar oyida ular Janubiy Kipr bilan elchixona ochish qarorini chiqardi. Yanvar oxirida esa tomonlar o‘zaro elchilarni tayinlashdi va elchixona binosi ochilishida kelishib olishdi. Endi Qozog‘iston bilan Janubiy Kipr o‘rtasida kuchli diplomatik aloqalar mavjud.

Shundan bir oy oldin, ya’ni 2024-yil dekabrida O‘zbekiston Italiyadagi elchisini Janubiy Kiprda ham akkreditatsiya qilingan elchi deb e’lon qildi. Aslida O‘zbekiston 1997-yilda Janubiy Kipr bilan diplomatik aloqalarni o‘rnatgan edi, ammo bu qadam shu paytgacha eng jiddiy qadam bo‘ldi.

Turkmaniston esa 31-martda, sammitdan bir kun oldin, Italiyadagi elchisini Janubiy Kiprda ham elchi sifatida tayinladi. Qirg‘iziston ham sammit oldidan shunga o‘xshash harakat qildi. Ya’ni 4 ta turkiy davlat Janubiy Kiprni tan oldi.

Shundan keyin, 3–4 aprel kunlari Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo yetakchilari sammiti bo‘lib o‘tdi. Bu sammit ilk bor o‘tkazildi va tomonlar o‘rtasidagi asosiy hamkorliklar aynan shu sammitda yo‘lga qo‘yildi. Sammit O‘zbekistonning Samarqand shahrida o‘tkazildi. Yevropa Ittifoqi esa yuqori darajada qatnashdi.

Yevropa Ittifoqi 2020-yildan beri turk respublikalari bilan aloqalarni kuchaytirishga urinayotgan edi. Ayniqsa, 2022-yilgi Ukraina bosqinidan keyin bu jarayon tezlashdi. Energiya manbalariga ehtiyojlari bor va shu bois ular Markaziy Osiyoda kuchliroq o‘ringa ega bo‘lishni xohlamoqda. Bu yagona sabab bo‘lmasa-da, eng ko‘rinadigan sabab aynan shu.

Sammitda Yevropa Ittifoqi 12 milliard yevrolik investitsiya paketi va’da qildi. Keyin bu raqam 13 milliard yevroga oshirilgani aytildi. Shu bilan birga, sammitda qolgan turk respublikalari bilan ham hamkorlik bitimlari tuzishga kelishib olishdi.

Bu yerga qadar Janubiy Kiprda elchixona ochish qarori bo‘lmaganida, aslida ajablanadigan narsa yo‘q edi. Qandayki Turkiya Yevropa Ittifoqi bilan aloqada bo‘lsa, turk respublikalari ham shunday aloqa o‘rnatishi tabiiy. Agar u yerdan investitsiya kelsa, albatta bitimlar tuzish mumkin. Bunda muammo yo‘q.

Hatto biz Turkiya sifatida TDTdagi davlatlarning yanada kuchayishini istaymiz. Lekin muammo Kipr masalasida. 4-aprel kungi sammit yakunida qabul qilingan qo‘shma bayonotda 4-bandda shunday deyiladi:

“Tomonlar xalqaro va mintaqaviy maydonlarda barcha davlatlarning hududiy yaxlitligi va suverenitetiga hurmat bilan yondashish, bu tamoyilni buzuvchi harakatlardan tiyilish borasida qat’iy qarorga egadirlar”.

Mana shu yerda muammo boshlanadi. Chunki bu doirada tomonlar BMT Xavfsizlik Kengashining ikki qaroriga bo‘lgan sadoqatlarini tasdiqlashdi: 1983-yildagi 541-sonli qaror va 1984-yildagi 550-sonli qaror. Bu qarorlar aynan Kipr Turk Respublikasi mustaqilligini e’lon qilganidan keyin qabul qilingan edi.

Bu qarorlarga ko‘ra BMT Kiprda alohida turk davlatini tan olmaydi. Eng yomoni, bu qarorlar Turkiyani u yerda ishg‘olchi davlat sifatida ko‘rsatadi. Ya’ni turkiy respublikalarning bu bayonotga imzo qo‘yishi Turkiyani ishg‘olchi deb tan olish bilan barobar. Bu esa, albatta, Isroil, Gretsiya va Janubiy Kiprni xursand qiladigan voqea bo‘ldi.

Bu uchlik Turkiyaning ta’sir doirasining kengayishidan xavotirda edi. Hatto Yevropa Ittifoqiga bu qarorni turkiy respublikalarga qabul qildirish uchun bosimni aynan Isroil qilgani aytilmoqda. Chunki Isroil ayniqsa Suriyadagi ta’sirlar orqali siqib chiqilishi mumkinligidan xavotirda.

Yana bir xavotir – Kuzey Kipr Turk Cumhuriyeti (KKTC)ning xalqaro maydonda tan olinishi edi. U yerdagi davlatni faqat Turkiya tan olgan. Biz esa, bu o‘zgaradi deb o‘ylagan edik. Chunki 2022-yilda KKTC TDTga kuzatuvchi a’zo sifatida chaqirilgan edi. Bu esa turkiy davlatlar tez orada tan oladi degan umid uyg‘otgan edi.

Ammo 2023-yilda Qozog‘istonda o‘tkazilgan sammitga KKTC chaqirilmadi. Ya’ni o‘sha paytdan boshlab bu davlatlar bu masalada Turkiyani yolg‘iz qoldirishi ayon edi.

Yevropa Ittifoqi uchun esa bu katta g‘alaba bo‘ldi. Va bu g‘alabani 13 milliard yevro evaziga turkiy respublikalar taqdim etishdi.

Bu davlatlarning xalqlari, balki, Turkiya bilan do‘stdir, qardoshtir – bu boshqa gap. Lekin bu hukumatlar bor ekan, Turkiy Davlatlar Tashkiloti ham, Turon ham faqat orzu bo‘lib qoladi. Men uchun bu hodisa katta bir umidsizlik bo‘ldi.

Shuning uchun bu mavzuni ikki kun kech e’tiborga oldim. Avvaliga kutdim, balki bilmayotgan bir narsamiz bormi, deb o‘yladim. Ammo o‘ylab ko‘rsam, ayni ko‘ringan narsa – 13 milliard yevroga biz sotildik.

Men sizlarga “davlat aqlı”, “ming yillik reja” kabi ertaklar aytmayman. Ko‘rinib turgan haqiqat bor: turkiy respublikalar bizni ortimizdan urdi.

Nega bu qadar g‘azablanganimni so‘rasangiz – Kipr masalasi men uchun nozik masala. Turkiya bu yerga ko‘p mehnat sarfladi. Sharqiy O‘rta Yer dengizida ko‘p manfaatimiz bor. Shunday nozik strategiyani ortga qaytaradigan har qanday qadam meni g‘azablantiradi. Kimdan kelganining ahamiyati yo‘q.

Agar bu ishni Bosniya qilsaydi – xuddi shunday g‘azablanardim. Sudanda bo‘lsa ham – g‘azablanardim. Lekin bu qarorni biz suyangan davlatlar qabul qildi – ayniqsa og‘ir.

Endi savol: bu qaror Turkiyaning Kipr siyosatiga zarba bo‘ladimi? Javob – Yo‘q.

Turkiya hozirgacha barcha qadamlarni yolg‘iz tashlab keldi. Hech qachon Qozog‘istonga suyanib siyosat yuritmagan. Shu sababli ularning qarorlari bizni orqaga tortmaydi.

Biz – yer yuzidagi yagona mustaqil musulmon davlat sifatida o‘z siyosatimizni mustaqil yuritishda davom etamiz. Faqat bizga qilingan bu muomalani unutmang.

Menimcha, endi bu davlatlarga jiddiy masofa saqlashimiz kerak. Agar shunday qaror qilsangiz, buning badalini to‘lang. “Qardoshimiz” degan iboralarni unuting.

Qardosh – bu xalqlar. Raxbarlar emas. U raxbarlarni almashtirish – o‘sha xalqlarning bo‘ynidagi burch.

Bizga to‘g‘ri keladigani – bizga qilingan xatoga ochiq, qat’iy javob berish. Turkiya – bu davlatlar Yevropa bilan tuzmoqchi bo‘lgan har qanday bitimda asosiy tranzit nuqtasi.

Va menimcha, Janubiy Kiprdagi elchixonalar yopilmaguncha va KKTC rasman tan olinmaguncha, bu yo‘ldan foydalanishlariga yo‘l qo‘yilmasin.

Yana bir gap: Turkiya bu qarorga qanday munosabat bildiradi – bu juda muhim. Chunki bu davlatlar Turkiyaga qarshi chiqishni ko‘zlagan bo‘lsa – bu katta xavf. Ammo balki bu qarorlar Turkiya bilan kelishilgan holda bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin. Bu ehtimolni inkor etib bo‘lmaydi.

Ayni paytda Turkiya bu voqeaga javob bermagan. Demak, hali ko‘p narsa noaniq. Balki bu orqada boshqa rejalar bor. Vaqt o‘tishi bilan bilamiz.

Yaxshisi, bu – Turkiya bilan birgalikda tuzilgan reja bo‘lsin. Chunki, aks holda, nafaqat Turkiya siyosati, balki butun turk dunyosining qardoshlik ruhi zarba yeydi. Buni istamayman.

Allohga omonat bo‘ling.

Manba