Bugun 4-oktabr. Oʻzbek elitasi – oydinlar kundaga solingan kun.
Polyaklar Sovet bosqinidan keyin yuz bergan qatliomni Katin fojeasi deb aytadi. Katin fojeasida qatl etilgan har bir polyakning qanday hibs etilgani, qayerga olib ketilgani, kim soʻroqqa tutgani, kimlar otuvga hukm qilgani, qayerda otilganigagacha axborotlarni tiklay olishgan. Qatagʻonga uchragan va jismonan yoʻq qilingan har bir polyak oydini polyaklar qalbida yashashda davom etishi uchun shunday qilingan. Bunday bosqinlar va zoʻravonliklar qayta takrorlanmasligi uchun shunday qilingan.
Biz Choʻlponlarni kim hibs etgani, kimlar sotgani, kimlar chaqib bergani, kimlar soʻroqqa tutgani, kimlar qiynagani, kimlar sudlagani va kimlar otganini bilamizmi? Yoʻq. Shuning uchun ham million marta gapirganimiz bilan tarixiy xotira shakllanmagan millatda. Shuning uchun ham qiynoqlar, zoʻravonliklar yangi va yangi toʻlqinlar bilan davom etaveradi. Sud deyilgani allaqachon chiqarilgan hukmni, topshiriqni ijro etuvchi bir mashinaligicha qolaveradi. Chunki biz nuqta qoʻya olmadik.
Bundan 2 yil avval 1917-yilgacha boʻlgan davrdagi arxivlar ochildi. Lekin millat bir necha bor qirilgan 1918-yildan 1953-yilgacha boʻlgan davr arxivlari haligacha yopiq va maxfiyligicha qolmoqda.
Nima uchunligi menga tushunarsiz. Axir Choʻlponlarni otganlar, sotganlar, chaqqanlar, sudlaganlarning birontasi hayot emasku. Ularga insoniy sud beradigan jazo endi imkonsiz. Qanday tavqi laʼnat orttirishgan boʻlsa, xudoning jazosi muqarrar albatta.
Qatagʻon hech qachon boshqa takrorlanmasligi uchun nima va qanday boʻlganini hamma va har doim bilmogʻi lozim. Zanjirni uzish vaqti keldi.
Otabek Umar
Manba: facebook.com



Каримберди Тўрамуроднинг “Триптих”и ҳақида
Вячеслав Ахунов: Ўзлик қандай ўзгартирилмоқда?
Малоҳат Эшонқулова: Ўзбекистон режими танқиди ортидан YouTube’даги каналим ёпилди
“ВОДИЙДА ЎЛИШ ТАКИКЛАНАДИ”
Гўзал БЕГИМ: ЭРК МУАЛЛИМИ