Ilyos SAFAROV
Osmon jismlari quyoshning gravitatsion taʼsir maydoni ichida harakatlangani kabi, zamonaviy o’zbek she’riyatining barcha vakillari Cho’lpon, Muhammad Solih va Rauf Parfi ijodiy maydoni atrofida shunday aylanishadi.
Ey siz, to‘yganlar,
Ey Siz, bashang olomon,
Yuzingizga sepaman so‘zlarimni…
Ha, hech narsa yo‘q menda, hech narsa.
Xotin — yo‘q,
Farzand — yo‘q,
Do‘st — yo‘q
Vatan — yo‘q.
Yo‘qotganlarimning alami-zahri,
Ko‘ksimdagi sanchiq olami,
She’riyatdan boshqa,
Hech narsa, hech narsa, hech narsa.
Rauf Parfi