Ayni qish kunlarining birida,
Yani qirq to‘qqizning dekabrida
Men qur‘a tashladim dunyoga kelib
Yerga tushgani yo‘q hamon bu qur‘a
Turibman-ku hamon unga tikilib
Yurak taka-puka:
Chikkami pukka,
Chikkami pukka?…
Bugun 20-asr o‘zbek adabiyotining, xususan, she’riyatining hech nisbatsiz vakili, misralarida erk,Vatan,hurlik,ozodlik hislarining saslari baralla eshitilib turgan buyuk shoiri Muhammad Solih ning tug‘ilgan kunlari.
Shoirim, tug‘ilgan kun qutlug‘ bo‘lsin! Yashab o‘tayotganingiz bir go‘zal ,sharafli umringizni Alloh ziyoda qilsin! Shoirim…qirq to‘qqizning dekabrida tashlaganingiz qur‘a hech shaksiz pukka..Yo‘q, pukka ham emas, olchi!!!
Xurshida Ataullohxon



Oʻzbek kitob dizayni imzosi yoʻlidagi 30 yil. Maestro Bahriddin Bozorov bilan suhbat
Нўъмон РАҲИМЖОН: РАУФНИНГ ОХИРГИ КУНИ
ГЎЗАЛ БЕГИМ: РЎМОН ҚУТЛИ БЎЛСИН
Концептуалист рассом Вячеслав Ахунов Венецияда ўз кўргазмасини очди
Таниқли рассом Исфандиёр Ҳайдар оламдан ўтди