O'zbekiston ERK Demokratik Partiyasi

Xatar!

Xatar!
205 views
05 November 2021 - 20:38
Buncha turtkilaysan Azizim Xatar.
Shundog’am bir jonim qilning ustida…
Eng so’nggi qurbonning haqeqat bilan-
Tuproqa ag’anab yotar yuztuban.
Ajoyib hilqatlar boshlanar yerdan.
Ikki oyoqlik-u ming tuslik kimsa…
Savlat to’kayotur Xoin dunyoda-
Haqeqat saslarin o’chirmoq istab.
Tamom.Ag’darilar yer kurasida-
Chiziqga sig’magan dunyoqarashlar.
Axir qachongacha bug’zida sirtmoq.
Osilib turadi oyoqsiz boshlar…
Hamon ro’paramda imo-ishora .
So’z degan kimsaning qirqilgan tili.
Qachongacha axir nigohlar bilan –
Yum-yum yig’lagaysan beqadr elim?.
Bunda o’ljalarning ovozi mahkum-
So’nggi asirlarga ibrat sanalgan.
Bunda odamlarning o’y- xayoli ham.
Xuddi cho’ntaklari kabi bo’lingan…
Nahot jig’ildonlar kengligi aro
Qurbon bo’laverar ming- ming faqirlar.
Sen nega jimsan ona tabiat?!.
Nega quloqlaring hamon yopilgan?.
Bunda rost so’zlar,baland qarsaklar
Taraf-taraf tomon qarab sotilgan.
Kechmishing so’roqdir.Kunlaring so’roq.
Hayoting javobsiz-qolgan topilma!.
Bunda jumlallardan qo’rqqar jamiyat.
Oxir oltin mushtlar solinar ishga.
Bunda xatarlidir “ko’rinmas tushlar”-
Kavagida qolar til sirin tishlab.
Bunda chiriyotgan muhitdan najot
O’lgan mafkuradan izlashar ma’ni
Tirik haqeqatlar qabristonida-
Quloqlar boshqarib yurar dunyoni!.
Bunda asotirga sig’mas toqatni-
Kelajak avlodga qilgani tuhfa…
Qo’rqoqlari qarsakga bo’lganday bandi-
Botirlari faqat tobutda uxlar!!!.

Shaxrina Abdurazzoq

Манба: Facebook