O'zbekiston ERK Demokratik Partiyasi

Xazon sayri

Xazon sayri
617 views
24 September 2021 - 21:06

Tonglasi Bog‘i Vafog‘a keldim. Bog‘i Vafoning xo‘blig‘ mahallari edi. Sahnlari tamom sebargazor,anor daraxtlari tamom sap-sarig‘ xushrang xazon bo‘lubdur”

” Dushanba kuni xazon sayrig‘a Istalifg‘a borildi. Namozi digar bo‘la Behzodiyg‘a kelduk. Xazonlar asru xo‘b bo‘lub erdi. Xazon sayri asnosida chog‘irga moyil hariflar chog‘ir angizi qila boshladilar, bovujudi ma‘jun. Chun xazonlar asru xo‘b bo‘lub edi. Xazon bo‘lgan daraxtlarning tubuda o‘lturub,chog‘ir ichildi”

” Farz vaqtida Istalifning ayog‘i Xo‘ja Hasang‘a yettuk. Bir zamon tushub, xazon sayri  qilindi. Xeyli yaxshi xazon edi” (Bunchalik maftun ekanmiz xazonga????!)

Namozi peshin Istarg‘achda bir yaxshi xazonliq bog‘da tushub, suhbat tutuldi.Sabohiy osh yeb otlanib, Istarg‘achning oyog‘idagi podshohiy bog‘ini sayr qilildi. Bir olma niholi yaxshi xazon bo‘lib edi, har qaysi shoxida besh-olti barg siyoqli qolib edi, andoqkim, agar naqqoshlar tortsalar, oncha torta olg‘ay edilar( hazratning nozik didini ko‘ring: bog‘dagi bir tup olma niholining boshqalaridan farqli xazonga evrilgani, har shoxida 5-6 tagina yaproq qolgani, buning shu qadar nafisligini, agar naqqoshlar buni mahorat bilan chizsalar ham, buning o‘xshashini chekolmasliklarini bayon qilyaptilar! Agar telba taqdirning tarozisi teskari aylanmasa edi, ehtimol, hazrat san‘atning boshqa turlari( masalan, musiqada savt bog‘laganlari ) kabi ayni bunda ham tengsiz asarlar yaratarmidilar!!

Hazrat! Siz sevgan, men maftun bo‘lgan Xazon fasli keldi! Armonning, sog‘inchning, suyunchning surati bo‘lib keldi…

Xurshida Ataullohxon

Manba: Facebook.com