O'zbekiston ERK Demokratik Partiyasi

Yalovada Turk Dunyosi siyosatchilari uchrashuvi

Yalovada Turk Dunyosi siyosatchilari uchrashuvi
1,077 views
23 July 2022 - 7:13

2022 yilning 21-22-23 iyul kunlari Türkiyaning Yalova shahrida “TURK DUNYOSI SIYOSATCHILARI UCHRASHUVI” xalqora konferensiyasi bo’lib o’tdi.

Konferensiyada ishtirok etgan O’zbekiston ERK Demokratik Partiyasi lideri Muhmmad Solih “Turk Dunyosi integratsiyasi” mavzusida nutq qildi. Muhammad Solih o’z nutqida:

“O’tgan yili Turk dunyosida muhim voqea yuz berdi. “Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi”ning nomi “Turk davlatlari tashkiloti” deb o‘zgartirildi.
Bu holat ba’zilar uchun ahamiyatli bo’lib ko’rinmasligi mumkin, lekin uzoq yillar Turk ittifoqini orzu qilgan hayolparastlar uchun bu muhim voqea bo’ldi.
Sovet mafkurasi biz, Markaziy Osiyo turklariga “turkiy xalqlar” deb laqab qo‘ydi. Tilimiz uchun “turkiy til” iborasini ishlatdilar.
Bu atamalar arab millatini “arabiy”, fors millatini “forsiy” deyish kabi bema’ni edi.
Turk dunyosi integratsiyasi yoʻlidagi ilk qadam 2009-yilda Bokuda qoʻyilgan edi. Bir tashkilot tashkil tuzildi. Biz juda xursand bo’ldik.
Lekin bu tuzilgan tashkilot ham ruslar o’ylab topgan “Turkiy tilli davlatlar kengashi” nomi bilan ataldi.

Nihoyat, 2019 yilda ushbu tashkilot o’z nomini oldi: “Turk davlatlari tashkiloti”.
Bu biz uchun haqiqatan ham muhim voqea bo’ldi.
Chunki bu turk mentalitetidagi katta o’zgarishlarning ramziy in’ikosi edi.
Bu “biz turkiy emasmiz, biz turkmiz” degani edi.
Ha, so‘nggi yillarda turk jamiyatlarida bu o‘zgarishni kuzatmoqdamiz. Bu o’zgarishning tashqi ifodasi sifatida Ikkinchi Ozarbayjon va Armaniston urushini ko’rsatishimiz mumkin. Bu urushda turk xalqlari yagona xalq sifatida qardosh Ozarbayjon tomonida turishdi. Bu yaxshi bir hodisa edi.
Albatta, bizning idealimiz, istagimiz – Qizil olmadir. Ammo bu istakni amalga oshirish uchun hissiy suhbatlardan aniq loyihalarga o’tish vaqti allaqachon kelgan. Turk dunyosi bizdan Buyuk Birlashish jarayonini amalda boshlashimizni kutmoqda” dedi.

Erk xabar bo’limi